O'qildi: 47
23.03.2026
/ 4 Shavvol 1447
Fatvo mavzusi: Nafl roʻzalar
Savol
Ramazondan keyin Shavvol oyidan olti kun ro‘za tutish haqida nima deysiz? «Muvatto Molik» asarida kelishicha, Imom Molik ibn Anas Ramazondan keyingi olti kunlik ro‘za haqida shunday degan ekanlar: «Ahli ilm va fiqhdan birortasining bu kunlarda ro‘za tutganini ko‘rmadim va salaflardan birortasidan bu haqda menga xabar yetmagan. Ahli ilm buni makruh sanashadi va uning bid’atga aylanib, Ramazonga undan bo‘lmagan narsaning qo‘shilib qolishidan qo‘rqishadi». Bu gap «Muvatto» asarining birinchi juzida, 228-raqam ostida kelgan.
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Abu Ayyub Ansoriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Ramazon ro‘zasini tutib bo‘lib, ketidan shavvolda olti kun ro‘za tutsa, yil bo‘yi ro‘za tutgandek bo‘ladi», dedilar» (Sahihi Muslim, 1164).
Bu sahih hadis bo‘lib, Shavvol oyida olti kun ro‘za tutish sunnat ekaniga dalolat qiladi. Imom Shofe’iy, Imom Ahmad va ummatning imomi boʻlgan bir jamoa ulamolar bu hadisga amal qilganlar. Bu hadisga ba’zi ulamolarning uning ro‘zasini makruh sanashlariga sabab qilib keltirgan, johil kishi uni Ramazondan deb e’tiqod qilishidan xavfsirash, yoki bu oyda roʻza tutish farz deya gumon qilinishidan qoʻrqish yoki oʻzidan oldin yashab oʻtgan biror olimdan bu haqda eshitmagani kabi sabablar bilan qarshi chiqish to‘g‘ri emas. Chunki bular gumonlar va ular sahih sunnatga qarshi tura olmaydi. Ya’ni, bilgan kishi bilmagan kishiga qarshi hujjatdir.
Tavfiq Allohdandir.
Alloh bilguvchiroqdir.
Manba: Ilmiy Tadqiqotlar va Fatvolar bo‘yicha Doimiy Qo‘mita (10/389).
Bu javob foydali bo’ldimi?