O'qildi: 48
24.03.2026
/ 5 Shavvol 1447
Fatvo mavzusi: Nafl roʻzalar
Savol
Agar kishi shavvolning olti kunlik ro‘zasini zulqa’da oyida tutsa, hadisda zikr qilingan xos ajrga erishadimi?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
«Agar uning kasallik, hayz, nifos yoki shu kabi qazo ro‘zasini yoki olti kunlik ro‘zani kechiktirishiga sabab bo‘lgan uzrlari bo‘lsa, u holda xos ajrga erishishida shak-shubha yo‘q. Ulamolar buni ochiq-oydin bayon qilganlar.
Ammo uning hech qanday uzri bo‘lmay, balki shavvolning ro‘zasini zulqa’daga yoki boshqa oyga kechiktirgan bo‘lsa, dalillarning zohiri shuni ko‘rsatadiki, u xos fazilatga erishmaydi va bu vaqti o‘tib ketgan sunnat boʻlib qoladi. Xuddi zulhijjaning o‘n kunlik ro‘zasini yoki boshqa ro‘zalarni vaqtidan o‘tkazib yuborish kabi. O‘sha xos ajr koʻtarilib, mutlaq nafl ro‘zaning ajri qoladi» («Al-Fatava as-Sa’diya», 230-bet).
Alloh bilguvchiroqdir.
Bu javob foydali bo’ldimi?