Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Roʻza masalalari » Nafl roʻzalar » Shavvolning olti kunlik ro‘zasini tutib, ro‘zani yana davom ettirish
Fatvo: 174705

O'qildi: 78

24.03.2026

/ 5 Shavvol 1447

Fatvo mavzusi:

Shavvolning olti kunlik ro‘zasini tutib, ro‘zani yana davom ettirish

Savol

Shavvolning olti kunlik ro‘zasini tugatib, ro‘zani davom ettirishning hukmini bilmoqchiman. Zimmamdagi ro‘zaning qazosini tutdim, so‘ngra Shavvolning olti kunlik ro‘zasini tutdim. Keyin turmush oʻrtogʻim nafl sifatida ro‘zani davom ettirishimizni taklif qildi. Buning shariatdagi hukmi qanday?

Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Birinchidan:

Insonning nafl ro‘zani qazo yoki Shavvolning olti kunlik ro‘zasiga ulab tutishining zarari yo‘q. Chunki nafl ro‘zaga targ‘ib qiluvchi umumiy dalillar nafl va qazo o‘rtasini ajratishni talab qilmaydi.

Ikkinchidan:

Agar Shavvolning olti kunlik ro‘zasini tugatib, ro‘zani davom ettirishingizdan maqsad Shavvol oyining oxirigacha nafl ro‘zani ketma-ket tutish yoki Alloh uchun nafl niyatida ro‘za tutish bo‘lsa, buning zarari yo‘q. Faqat bu ikkovingizdan birortangizga zarar keltirmasligi yoki boshqasining haqqini zoye qilmasligi shart.

Shu bilan birga, bu boradagi afzal yo‘l-yo‘riq Ramazon oyidan boshqa biror oyni to‘liq ro‘za tutmaslikdir. Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamning yo‘llari shunday bo‘lgan.

عَنْ عَائِشَةَ قَالَتْ: «كَانَ رَسُولُ اللهِ يَصُومُ حَتَّى نَقُولَ لَا يُفْطِرُ، وَيُفْطِرُ حَتَّى نَقُولَ لَا يَصُومُ، فَمَا رَأَيْتُ رَسُولَ اللهِ اسْتَكْمَلَ صِيَامَ شَهْرٍ إِلَّا رَمَضَانَ، وَمَا رَأَيْتُهُ أَكْثَرَ صِيَامًا مِنْهُ فِي شَعْبَانَ».

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ro‘za tutar edilar, biz hatto «endi og‘zi ochiq bo‘lmasalar kerak», der edik. U zot og‘zi ochiq ham yurardilar, biz hatto «endi ro‘za tutmasalar kerak», der edik. Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Ramazondan boshqa biror oyda to‘liq ro‘za tutganlarini ko‘rmaganman. U zotning sha’bon oyidagidek ko‘p ro‘za tutganlarini ham ko‘rmaganman» (Sahihi Buxoriy, 1969).

Shayx Ibn Jibriyn rahimahulloh aytdilar: «Bir necha kun ketma-ket ro‘za tutish, so‘ngra boshqa kunlarda ketma-ket og‘iz ochish joiz. Dalil savolda zikr qilingan hadisdir, chunki bu mustahab nafl amaldir». Iqtibos tugadi («Shayx Ibn Jibriyn fatvolari»).

Agar maqsad ikki hayit kuni va tashriq kunlaridan tashqari kelasi yilgacha ketma-ket ro‘za tutish bo‘lsa, bu ulamolar nazdida «savmud-dahr» (yil bo‘yi ro‘za tutish) deb ataladi va uning hukmi ulamolarning sahih qavllariga ko‘ra makruhdir.

Ko‘proq ma’lumot uchun 144592-raqamli savolning javobiga qarang.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Qasam kafforati uchun shavvol oyining olti kunida ro‘za tutish

    Allohga qasam ichish borasida savolim bor. Men Allohga falon joyga bormaslikka qasam ichdim, lekin bir haftadan keyin o‘sha joyga bordim va Shavvolning olti kunida uch kun ro‘za tutishga qaror qildim, bu qasam uchun kafforat hisoblanadimi? Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.
  • Shavvolning olti kunlik ro‘zasini zulqa’dada tutish hukmi

    Agar kishi shavvolning olti kunlik ro‘zasini zulqa’da oyida tutsa, hadisda zikr qilingan xos ajrga erishadimi?
  • Shavvolning ro‘zasini dushanba va payshanba kunlari tutish

    Dushanba va payshanba kunlari ro‘zasining savobiga erishish uchun Shavvol oyining olti kunlik ro‘zasini dushanba va payshanba kunlari tutishim joizmi?
  • Shavvolning olti kunini zulqa’dada qazo qilish joizmi?

    Bir ayol Shavvol oyining olti kunidan to‘rttasini tutdi, so‘ngra Shavvolning oxirida hayz ko‘rdi va olti kunni tugata olmadi. Qolgan ikki kunini Shavvoldan keyin tutib, olti kunga yetkazib qoʻysa boʻladimi?
  • Ramazon qazosi bilan shavvolning olti kunini bir niyatda jamlash

    Shavvol oyining olti kunlik ro‘zasini Ramazonda hayz sababli tutmagan kunlarimning qazosi niyati bilan jamlashim joizmi?
  • Shavvolning olti kunida ro‘za tutish makruhmi?

    Ramazondan keyin Shavvol oyidan olti kun ro‘za tutish haqida nima deysiz? «Muvatto Molik» asarida kelishicha, Imom Molik ibn Anas Ramazondan keyingi olti kunlik ro‘za haqida shunday degan ekanlar: «Ahli ilm va fiqhdan birortasining bu kunlarda ro‘za tutganini ko‘rmadim va salaflardan birortasidan bu haqda menga xabar yetmagan. Ahli ilm buni makruh sanashadi va uning bid’atga aylanib, Ramazonga undan bo‘lmagan narsaning qo‘shilib qolishidan qo‘rqishadi». Bu gap «Muvatto» asarining birinchi juzida, 228-raqam ostida kelgan.