Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Roʻza masalalari » Nafl roʻzalar » Bir ro‘zada ikki niyatni jamlash joizmi?
Fatvo: 1693

O'qildi: 235

12.10.2025

/ 20 Rabiul-oxir 1447

Fatvo mavzusi:

Bir ro‘zada ikki niyatni jamlash joizmi?

Savol

Har oyda uch kun ro‘za tutish niyatini Arafa kuni ro‘zasi bilan birlashtirish mumkinmi va bu bilan ikkalasini ham savobiga erishamizmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Ikki ibodatning niyatlarini bir-biriga qoʻshib yuborish holati ikki turga bo‘linadi:

Birinchi tur: durust boʻlmagan jamlash

Bu mustaqil yoki boshqa ibodatning bir qismi bo‘lgan ibodatlarda uchraydi. Bunday hollarda niyatlarni birlashtirish joiz emas. Masalan, kishi bomdod sunnatini o‘tkazib yuborsa va quyosh chiqib, zuho namozi vaqti kirsa, bomdod sunnati zuho namozining o‘rnini bosa olmaydi va buning aksi ham joiz emas, ya’ni, zuho namozi ham bomdodning sunnati o‘rniga o‘tmaydi. Ularni birlashtirish joiz emas, chunki bomdod sunnati ham, zuho namozi ham alohida ibodatlardir va biri boshqasining o‘rnini bosa olmaydi.

Xuddi shunday, agar bir ibodat o‘zidan oldingi ibodat bilan bog‘liq bo‘lsa, ularni birlashtirish mumkin emas. Masalan, kishi: «Bomdod namozini o‘qiyotganimda ham farz, ham sunnatni niyat qilmoqchiman», desa, biz unga buning to‘g‘ri emasligini aytamiz. Chunki sunnat (bomdod namozining sunnati) bevosita farzga bog‘liq amal va uning o‘rnini bosa olmaydi.

Ikkinchi tur: Joiz boʻlgan holati

Agar ibodatdan maqsad faqatgina amalning o‘zi bo‘lib, muayyan ibodat asosiy maqsad bo‘lmasa, u holda ibodatning niyatini birlashtirish mumkin. Masalan: kishi jamoat bomdod namozini o‘qiyotganda masjidga kiradi. Ma’lumki, kishi masjidga kirganda, ikki rakaat namoz o‘qimaguncha o‘tirmasligi kerak. Agar u farz namozga imom bilan birga qo‘shilsa, bu ikki rakaat o‘rniga o‘tadi. Nega? Chunki masjidga kirishdan maqsad ikki rakaat namoz o‘qishdir (ya’ni, uning qaysi namoz boʻlishi alohida belgilangan emas, ikki rakaat namoz oʻqilsa boʻldi). Shuningdek, bir kishi masjidga zuho vaqtida kirib, zuho niyatida ikki rakaat zuho namozi o‘qisa, tahiyyatul masjidni alohida o‘qishi shart emas. Ammo ikkalasini ham niyat qilsa, yanada yaxshiroq bo‘ladi. Bu ibodatlarni birlashtirish uchun asosiy qoidadir.

Ro‘za tutish ham shular jumlasidandir. Misol uchun, Arafa kuni ro‘zasini tutishdan maqsad, bu kun kelganda ro‘za tutishingizdir, xoh har oyda tutiladigan uch kunlik ro‘zadan biri sifatida niyat qiling, xoh maxsus Arafa kuni ro‘zasi sifatida. Biroq Arafa kuniga niyat qilsangiz, bu har oydagi uch kunlik ro‘zadan biriga kirmaydI. Agar uch oylik ro‘zadan birini niyat qilsangiz, bu Arafa kuni ro‘zasi o‘rniga ham o‘tadi. Shunga qaramay, bu ikki ro‘zaning har ikkisining niyatini jamlash afzalroqdir.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Shavvolning olti kunlik ro‘zasini tutib, ro‘zani yana davom ettirish

    Shavvolning olti kunlik ro‘zasini tugatib, ro‘zani davom ettirishning hukmini bilmoqchiman. Zimmamdagi ro‘zaning qazosini tutdim, so‘ngra Shavvolning olti kunlik ro‘zasini tutdim. Keyin turmush oʻrtogʻim nafl sifatida ro‘zani davom ettirishimizni taklif qildi. Buning shariatdagi hukmi qanday?Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.
  • Qasam kafforati uchun shavvol oyining olti kunida ro‘za tutish

    Allohga qasam ichish borasida savolim bor. Men Allohga falon joyga bormaslikka qasam ichdim, lekin bir haftadan keyin o‘sha joyga bordim va Shavvolning olti kunida uch kun ro‘za tutishga qaror qildim, bu qasam uchun kafforat hisoblanadimi? Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.
  • Shavvolning olti kunlik ro‘zasini zulqa’dada tutish hukmi

    Agar kishi shavvolning olti kunlik ro‘zasini zulqa’da oyida tutsa, hadisda zikr qilingan xos ajrga erishadimi?
  • Shavvolning ro‘zasini dushanba va payshanba kunlari tutish

    Dushanba va payshanba kunlari ro‘zasining savobiga erishish uchun Shavvol oyining olti kunlik ro‘zasini dushanba va payshanba kunlari tutishim joizmi?
  • Shavvolning olti kunini zulqa’dada qazo qilish joizmi?

    Bir ayol Shavvol oyining olti kunidan to‘rttasini tutdi, so‘ngra Shavvolning oxirida hayz ko‘rdi va olti kunni tugata olmadi. Qolgan ikki kunini Shavvoldan keyin tutib, olti kunga yetkazib qoʻysa boʻladimi?
  • Ramazon qazosi bilan shavvolning olti kunini bir niyatda jamlash

    Shavvol oyining olti kunlik ro‘zasini Ramazonda hayz sababli tutmagan kunlarimning qazosi niyati bilan jamlashim joizmi?