Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Roʻza masalalari » Nafl roʻzalar » Sha’bon oyida to‘liq ro‘za tutish mustahabmi?
Fatvo: 13729

O'qildi: 210

22.01.2026

/ 3 Shaban 1447

Fatvo mavzusi: »

Sha’bon oyida to‘liq ro‘za tutish mustahabmi?

Savol

Sunnatga ko‘ra Sha’bon oyida to‘liq ro‘za tutsam bo‘ladimi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Sha’bon oyida ro‘zani ko‘paytirish mustahabdir. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Sha’bonni to‘liq ro‘za tutganlari rivoyat qilingan.

عَنْ أُمِّ سَلَمَةَ قَالَتْ: «مَا رَأَيْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَصُومُ شَهْرَيْنِ مُتَتَابِعَيْنِ إِلَّا أَنَّهُ كَانَ يَصِلُ شَعْبَانَ بِرَمَضَانَ».

Ummu Salama roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ikki oy ketma-ket ro‘za tutganlarini ko‘rmadim, faqat u zot Sha’bonni Ramazonga ulab yuborar edilar» (Termiziy, 736; Ibn Moja, 1648; Nasoiy, 2496; Musnadi Ahmad, 26653; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihi Nasoiy», 2174).

Abu Dovudning rivoyatida:

عَنْ أُمِّ سَلَمَةَ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، «أَنَّهُ لَمْ يَكُنْ يَصُومُ مِنَ السَّنَةِ شَهْرًا تَامًّا إِلَّا شَعْبَانَ يَصِلُهُ بِرَمَضَانَ».

Ummu Salama roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam yilning hech bir oyida to‘liq ro‘za tutmas edilar, faqat Sha’bonni Ramazonga ulardilar» (Abu Dovud, 2336; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihi Abu Dovud», 2336).

Bu hadisning zohiridan Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Sha’bon oyini to‘liq ro‘za tutganlari ko‘rinadi.

Lekin Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning Sha’bon oyining ko‘p qismida ro‘za tutar, faqat ozgina qismidagina tutmaganlari ham rivoyat qilingan:

عَنْ أَبِي سَلَمَةَ قَالَ: «سَأَلْتُ عَائِشَةَ عَنْ صِيَامِ رَسُولِ اللهِ فَقَالَتْ: كَانَ يَصُومُ حَتَّى نَقُولَ: قَدْ صَامَ، وَيُفْطِرُ حَتَّى نَقُولَ: قَدْ أَفْطَرَ وَلَمْ أَرَهُ صَائِمًا مِنْ شَهْرٍ قَطُّ أَكْثَرَ مِنْ صِيَامِهِ مِنْ شَعْبَانَ كَانَ يَصُومُ شَعْبَانَ كُلَّهُ، كَانَ يَصُومُ شَعْبَانَ إِلَّا قَلِيلًا».

Abu Salamadan rivoyat qilinadi: «Oisha roziyallohu anhodan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ro‘zalari haqida so‘radim. U shunday dedi: «U zot shunchalik ko‘p ro‘za tutardilarki, hatto: «Rosa ro‘za tutdilar-da», deb qolar edik. Shunchalik ko‘p ro‘za tutmay yurardilarki, hatto: «Ro‘za tutmay qo‘ydilar-ku», deb qolar edik. U zotning biror oyda Sha’bondagidan ko‘p ro‘za tutganlarini aslo ko‘rmaganman. Sha’bonning (deyarli) hammasini ro‘za tutib o‘tkazardilar. Sha’bonning bir necha kunida ro‘za tutmasdilar, xolos» (Sahihi Muslim, 1156).

Ulamolar bu ikki hadisni muvofiqlashtirishda ixtilof qilganlar:

Ba’zilar buni shu vaqtlarning turlicha bo‘lganligi bilan izohlashgan. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ayrim yillarda Sha’bon oyida toʻliq ro‘za tutgan bo‘lsalar, boshqa yillarda esa uning ko‘p qismida ro‘za tutib, faqat ozgina qismidagina ro‘za tutmaganlar. Shayx Ibn Boz, Alloh u kishini rahmat qilsin, shu fikrni bildirganlar («Majmu’ fatava li-Shayx Ibn Boz», 15/416).

Boshqalar esa Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Ramazondan boshqa biror oyda to‘liq roʻza tutmaganlar, deb Ummu Salamaning hadisini u zot Sha’bonning ozginasidan tashqari ro‘za tutganlar, deb ta’vil qilishgan. Ularning aytishicha, arab tilida kishi oyning aksariyatini ro‘za tutsa, «oyni to‘liq tutdi» deyish joizdir.

Hofiz aytadi: «Oishaning hadisi Ummu Salamaning hadisidagi «U zotning biror oyda Sha’bondagidan ko‘p ro‘za tutganlarini aslo ko‘rmaganman. Sha’bonning (deyarli) hammasini ro‘za tutib o‘tkazardilar. Sha’bonning bir necha kunida ro‘za tutmasdilar, xolos» degan so‘zdan maqsad, uning aksariyatini ro‘za tutganlarini bayon qiladi. Termiziy Ibn Muborakdan rivoyat qiladi, u kishi aytgan: «Arab tilida kishi oyning aksariyatini ro‘za tutsa, «oyni to‘liq tutdi» deyish joizdir…».

Tiybiy aytadi: «Buni u zot ba’zan Sha’bonni to‘liq, ba’zan esa aksariyatini tutganlar, deb tushunish kerak, toki u Ramazon kabi to‘liq vojib degan gumon paydo bo‘lmasin…

So‘ng Hofiz aytadi: «Birinchi qavl to‘g‘riroqdir». Iqtibos ugadi.

Ya’ni, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Sha’bon oyida to‘liq roʻza tutmaganlar. Buning dalili Muslimning sahihida vorid boʻlgan hadisdir:

عَنْ عَائِشَةَ قَالَتْ: «كَانَ رَسُولُ اللهِ إِذَا عَمِلَ عَمَلًا أَثْبَتَهُ، وَكَانَ إِذَا نَامَ مِنَ اللَّيْلِ أَوْ مَرِضَ صَلَّى مِنَ النَّهَارِ ثِنْتَيْ عَشْرَةَ رَكْعَةً. قَالَتْ: وَمَا رَأَيْتُ رَسُولَ اللهِ قَامَ لَيْلَةً حَتَّى الصَّبَاحِ، وَمَا صَامَ شَهْرًا مُتَتَابِعًا إِلَّا رَمَضَانَ».

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir amalni qilsalar, bardavom qilardilar. Kechasi uxlab qolsalar yoki bemor bo‘lib qolsalar, (tungi namozning qazosini) kunduzi o‘n ikki rakaat qilib o‘qirdilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning biror kecha to subhga qadar qoim bo‘lganlarini ko‘rmaganman. U zot Ramazondan boshqa oyda uzluksiz ro‘za tutmaganlar» (Sahihi Muslim, 746).

Yana boshqa hadisda:

عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ قَالَ: «مَا صَامَ النَّبِيُّ شَهْرًا كَامِلًا قَطُّ غَيْرَ رَمَضَانَ».

Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam Ramazondan boshqa payt hech qachon bir oy to‘liq ro‘za tutmaganlar» (Sahihi Buxoriy, 1971; Sahihi Muslim, 1157).

Sindiy Ummu Salamaning hadisi sharhida aytadi: «Sha’bonni Ramazonga ulab yuborar edilar» degani, ikkala oyda ham ro‘za tutardilar, zohiridan u zot Sha’bonni to‘liq tutganlari ko‘rinadi… lekin buning aksini ko‘rsatuvchi rivoyatlar kelgan, shuning uchun buni u zot bu oyning aksar kunlarida tutganlar, go‘yoki hammasini tutgandek va uni ramazonga ulaganlar, deb tushuniladi». Iqtibos tugadi.

Agar: «Sha’bon oyida ro‘zani ko‘paytirishning hikmati nima?» deb soʻralsa, buning javobi quyidagicha:

Hofiz aytadi: «Bu borada eng avlosi Nasoiy va Abu Dovud tomonidan rivoyat qilingan hamda Ibn Xuzayma tomonidan sahih deb topilgan Usoma ibn Zaydning hadisidir:

عَنْ أُسَامَةَ بْنِ زَيْدٍ، قَالَ: قُلْتُ: يَا رَسُولَ اللهِ، لَمْ أَرَكَ تَصُومُ مِنَ شَهْرٍ مِنَ الشُّهُورِ مَا تَصُومُ مِنْ شَعْبَانَ، قَالَ: «ذَلِكَ شَهْرٌ يَغْفُلُ النَّاسُ عَنْهُ بَيْنَ رَجَبَ وَرَمَضَانَ، وَهُوَ شَهْرٌ تُرْفَعُ فِيهِ الْأَعْمَالُ إِلَى رَبِّ الْعَالَمِينَ، فَأُحِبُّ أَنْ يُرْفَعَ عَمَلِي وَأَنَا صَائِمٌ».

Usoma ibn Zayd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Men: «Ey Allohning Rasuli, oylardan birortasida Sha’bondagidek ro‘za tutganingizni ko‘rmadim?» dedim. U zot sollallohu alayhi vasallam shunday javob berdilar: «Bu shunday oyki, odamlar Rajab va Ramazon orasida undan g‘aflatda qoladilar. Vaholanki, u amallar Olamlar Robbisi huzuriga ko‘tariladigan oydir. Men esa amalim ro‘zador holimda ko‘tarilishini yaxshi ko‘raman» (Nasoiy, 2678; Hadis hukmi: «hasan». Manba: «Sahihi Nasoiy», 2356). Iqtibos tugadi.

Manba: Islomiy savol-javob ulamolari hay’ati

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

3

O’xshash fatvolar

  • Shavvolning olti kunlik ro‘zasini tutib, ro‘zani yana davom ettirish

    Shavvolning olti kunlik ro‘zasini tugatib, ro‘zani davom ettirishning hukmini bilmoqchiman. Zimmamdagi ro‘zaning qazosini tutdim, so‘ngra Shavvolning olti kunlik ro‘zasini tutdim. Keyin turmush oʻrtogʻim nafl sifatida ro‘zani davom ettirishimizni taklif qildi. Buning shariatdagi hukmi qanday?Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.
  • Qasam kafforati uchun shavvol oyining olti kunida ro‘za tutish

    Allohga qasam ichish borasida savolim bor. Men Allohga falon joyga bormaslikka qasam ichdim, lekin bir haftadan keyin o‘sha joyga bordim va Shavvolning olti kunida uch kun ro‘za tutishga qaror qildim, bu qasam uchun kafforat hisoblanadimi? Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.
  • Shavvolning olti kunlik ro‘zasini zulqa’dada tutish hukmi

    Agar kishi shavvolning olti kunlik ro‘zasini zulqa’da oyida tutsa, hadisda zikr qilingan xos ajrga erishadimi?
  • Shavvolning ro‘zasini dushanba va payshanba kunlari tutish

    Dushanba va payshanba kunlari ro‘zasining savobiga erishish uchun Shavvol oyining olti kunlik ro‘zasini dushanba va payshanba kunlari tutishim joizmi?
  • Shavvolning olti kunini zulqa’dada qazo qilish joizmi?

    Bir ayol Shavvol oyining olti kunidan to‘rttasini tutdi, so‘ngra Shavvolning oxirida hayz ko‘rdi va olti kunni tugata olmadi. Qolgan ikki kunini Shavvoldan keyin tutib, olti kunga yetkazib qoʻysa boʻladimi?
  • Ramazon qazosi bilan shavvolning olti kunini bir niyatda jamlash

    Shavvol oyining olti kunlik ro‘zasini Ramazonda hayz sababli tutmagan kunlarimning qazosi niyati bilan jamlashim joizmi?