O'qildi: 21
21.06.2026
/ 6 Muharram 1448
Fatvo mavzusi: Nafl roʻzalar
Savol
Bu yil Ashuro roʻzasini qanday tutamiz? Yangi oy qachon kirishi va Zulhijja oyining yigirma toʻqqiz yoki oʻttiz kunligi hali nomaʼlum. Ashuroni qanday aniqlash va roʻza tutish kerak?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Agar Zulhijja oyi toʻliq (30 kun) yoki notoʻliq (29 kun) boʻlganini bilmasak va hech kim Muharram hilolini koʻrganini xabar qilmagan boʻlsa, asl qoidaga amal qilamiz. Yaʼni, oyni oʻttiz kun deb hisoblaymiz. Zulhijjani oʻttiz kun deb sanab, Ashuroni shunga qarab belgilaymiz.
Agar musulmon kishi Ashuro roʻzasini aniq tutishda ehtiyotkorlik qilmoqchi boʻlsa, ketma-ket ikki kun roʻza tutsin. Zulhijja yigirma toʻqqiz kun boʻlsa, Ashuro qaysi kunga toʻgʻri kelishini va Zulhijja oʻttiz kun boʻlsa, qaysi kunga toʻgʻri kelishini hisoblab, shu ikki kunda roʻza tutsin. Shunda u albatta Ashuro kuni roʻza tutgan boʻladi. Bu holda u yo Tosuo (9-kun) va Ashuro kunlari, yoki Ashuro va oʻn birinchi kuni roʻza tutgan boʻladi – bularning ikkalasi ham yaxshidir. Agar Tosuo kuni ham roʻza tutishda ehtiyotkor boʻlmoqchi boʻlsa, yuqorida aytilgan ikki kun va undan oldingi kun roʻza tutishini maslahat beramiz. Shunda u yo toʻqqizinchi, oʻninchi va oʻn birinchi kunlari, yoki sakkizinchi, toʻqqizinchi va oʻninchi kunlari roʻza tutgan boʻladi. Har ikki holatda ham toʻqqizinchi va oʻninchi kunlari roʻza tutgani aniq boʻladi.
Agar kimdir «Ish sharoitim va ahvolim faqat bir kun roʻza tutishga imkon beradi, qaysi kun afzalroq?» deb soʻrasa, unga shunday javob beramiz:
Zulhijja oyini oʻttiz kun deb hisoblab tugatib, keyingi oyning oʻninchi kunigacha sanang va oʻsha kuni roʻza tuting.
Bu masala haqida ustoz shayximiz Abdulaziz ibn Abdulloh ibn Boz rahimahullohdan soʻraganimda eshitgan javoblarimning mohiyati shudir.
Agar ishonchli bir musulmondan Muharram oyi boshlanishini hilolni koʻrib aniqlagani haqida xabar olsak, uning xabariga amal qilamiz. Umuman, Muharram oyida roʻza tutish sunnatdir, chunki Paygʻambar sollallohu alayhi va sallam aytganlar:
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ramazondan keyingi eng afzal roʻza Allohning oyi muharramdadir», dedilar» (Sahihi Muslim, 1163).
Vallohu aʼlam.
Manba: Shayx Muhammad Solih al-Munajjid.
Bu javob foydali bo’ldimi?