Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar

Namoz


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Fatvo: 979

O'qildi: 601

18.07.2025

/ 23 Muharram 1447

Fatvo mavzusi: » » » » »

Tavassul turlari

Savol

Tavassulning qanday turlari bor?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Tavassul va vasila so‘zlari quyidagi to‘rt ma’nodan birini anglatadi:

Birinchisi: Iymonni mukammal qiluvchi tavassul, bu – Allohga va Rasuliga iymon keltirish, U Zotga va rasuliga itoat qilish orqali tavassul qilishdir. Alloh taoloning quyidagi oyati tavassulning ushbu turiga dalolat qiladi:

﴿يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اتَّقُوا اللَّهَ وَابْتَغُوا إِلَيْهِ الْوَسِيلَةَ﴾

«Ey mo‘minlar, Allohdan qo‘rqingiz va Unga yaqin bo‘lish yo‘lini izlangiz!» (Moida: 35). Shuningdek, Allohning go‘zal ismlari va mukammal sifatlari orqali U Zotga yaqinlashish, banda bajargan ibodatlari vositasida taqarrub qilish va shu orqali Allohga murojaat qilish kabilar ham ushbu tur ostiga kiradi.

Ikkinchisi: Allohga, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan u zotning hayot paytlarida duo qilishlarini so‘rash yoki tirik mo‘minlarning bir-birlaridan duo qilishlarini so‘rashlari orqali tavassul qilish. Bu birinchi turdan kelib chiqqan, unga targ‘ib qilingan tavassuldir.

Uchinchisi: Allohga biror maxluqning maqomi yoki fazilati bilan tavassul qilish, masalan: «Allohim! Payg‘ambaring hurmati ila Sendan so‘rayman», deyish yoki shunga o‘xshash so‘zlarni aytish. Buni ba’zi ulamolar joiz sanagan, ammo bu zaif fikrdir. To‘g‘riroq fikrga ko‘ra, bu tavassul harom, chunki Allohga faqat Uning ismlari va sifatlarini zikr qilish orqaligina tavassul qilinadi.

To‘rtinchisi: Ko‘plab keyingi davr ulamolari urfidagi tavassul – bu Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamga duo qilish va u zotdan yordam so‘rash (yoki o‘liklar va avliyolardan yordam so‘rash). Bu shirki akbardir, chunki faqat Alloh qodir bo‘lgan narsalarda Allohdan boshqaga duo-iltijo qilish yoki yordam so‘rash ibodatning bir turi bo‘lib, ibodatni Allohdan boshqaga yo‘naltirish katta shirkdir.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Jannatga kiradigan yahudiy va nasroniylar kimlar?

    Alloh taoloning: «Albatta, iymon keltirgan zotlar, yahudiy bo‘lganlar, nasroniylar va sobiiylar qaysilari Allohga, Oxirat kuniga ishonsa va yaxshi amallar qilsa, o‘shalarga Parvardigorlari huzurida ajr bordir va ular uchun xavf-u xatar, g‘am-anduh yo‘qdir», oyati bilan islomga kirmagam yahudiy va nasroniylar jannatga kirmasligi haqidagi so‘zni qanday muvofiqlashtiramiz?
  • Farzand soʻrash duosi

    Men va ayolim farzand ko‘rishga harakat qilyapmiz. Namozda yoki duoda tilovat qilish uchun farzand ko‘rishimizga yordam beradigan Qur’ondagi biror sura haqida ayta olasizmi? Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.
  • Balog‘atga yetgan erkak kishi onasi bilan bir to‘shakda uxlashi joizmi?!

    Men 19 yoshdaman va balogʻat yoshidan oʻtdim. Kechasi onam bilan bir to‘shakda yotishim joizmi?
  • Sichqonni o‘ldirish hukmi va mikki maus shaxsiyatiga sharh

    Sichqonni o‘ldirishning shar’iy hukmi qanday?
  • Giyohvand moddalar keng tarqalgan mamlakatdan islomga qiziquvchi kishi

    Musulmon kishiga giyohvand moddalar (masalan, kokain) iste’mol qilish joizmi? Bu yerda, Kolumbiyada, odamlarning 70 foizi uni iste’mol qiladi. Agar Islomni qabul qilmoqchi bo‘lsam, undan voz kechishim shartmi? Javobingizni kutaman.
  • Aksirganda«alhamdulillah» deyish hikmati

    Nega musulmon kishi aksa urgandan keyin «Alhamdulillah» deydi?