Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Odob-axloq va maʼnaviyat » Odob » Aksirish odobi » Aksirganda«alhamdulillah» deyish hikmati
Fatvo: 2750

O'qildi: 15

19.04.2026

/ 2 Zulqada 1447

Fatvo mavzusi:

Aksirganda«alhamdulillah» deyish hikmati

Savol

Nega musulmon kishi aksa urgandan keyin «Alhamdulillah» deydi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ عَنِ النَّبِيِّ ﷺ قَالَ: «إِنَّ اللهَ يُحِبُّ الْعُطَاسَ وَيَكْرَهُ التَّثَاؤُبَ فَإِذَا عَطَسَ أَحَدُكُمْ وَحَمِدَ اللهَ، كَانَ حَقًّا عَلَى كُلِّ مُسْلِمٍ سَمِعَهُ أَنْ يَقُولَ لَهُ: يَرْحَمُكَ اللهُ، وَأَمَّا التَّثَاوُبُ فَإِنَّمَا هُوَ مِنَ الشَّيْطَانِ، فَإِذَا تَثَاوَبَ أَحَدُكُمْ فَلْيَرُدَّهُ مَا اسْتَطَاعَ؛ فَإِنَّ أَحَدَكُمْ إِذَا تَثَاءَبَ ضَحِكَ مِنْهُ الشَّيْطَانُ».

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Alloh aksa urishni xush ko‘radi, esnoqni esa xush ko‘rmaydi. Birortangiz aksa urib, Allohga hamd aytsa, unga «Yarhamukalloh», deyish buni eshitgan har bir musulmonning zimmasiga haqdir. Esnoq esa faqat shaytondandir. Birortangizga esnoq kelsa, qo‘lidan kelganicha uni qaytarsin. Zotan, biringiz esnasa, shayton uning ustidan kuladi» (Sahihi Buxoriy, 6226).

Boshqa bir sahih hadisda shunday deyiladi:

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ ﵁ عَنِ النَّبِيِّ ﷺ قَالَ: «إِذَا عَطَسَ أَحَدُكُمْ فَلْيَقُلِ الْحَمْدُ لِلهِ، وَلْيَقُلْ لَهُ أَخُوهُ أَوْ صَاحِبُهُ: يَرْحَمُكَ اللهُ، فَإِذَا قَالَ لَهُ: يَرْحَمُكَ اللهُ، فَلْيَقُلْ: يَهْدِيكُمُ اللهُ وَيُصْلِحُ بَالَكُمْ».

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Birortangiz aksa ursa, «Alhamdulillah» (Allohga hamd-u sanolar bo‘lsin!), desin. Birodari [yoki «sherigi»] unga: «Yarhamukalloh» (Alloh senga rahm qilsin!), desin. «Yarhamukalloh» (Alloh senga rahm qilsin!) desa, bu: «Yahdiykumullohu va yuslihu baalakum» (Alloh sizlarni hidoyat qilsin va holingizni o‘nglasin!), desin» (Sahihi Buxoriy, 6224).

عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ ﵁ قَالَ: «عَطَسَ رَجُلَانِ عِنْدَ النَّبِيِّ ﷺ فَشَمَّتَ أَحَدَهُمَا وَلَمْ يُشَمِّتِ الْآخَرَ، فَقِيلَ لَهُ، فَقَالَ: هَذَا حَمِدَ اللهَ، وَهَذَا لَمْ يَحْمَدِ اللهَ».

Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida ikki kishi aksa urdi. U zot biriga tashmit aytdilar, boshqasiga tashmit aytmadilar. U zotga (bu haqda) aytilgan edi, «Mana bu Allohga hamd aytdi, manavi esa Allohga hamd aytmadi», dedilar» (Sahihi Buxoriy, 6221).  Izoh: «Tashmit aytish» – aksa urgan kishiga «Yarhamukalloh», ya’ni «Alloh senga rahm qilsin», deyishdir.

عَنْ أَبِي بُرْدَةَ قَالَ: «دَخَلْتُ عَلَى أَبِي مُوسَى وَهُْوَ فِي بَيْتِ بِنْتِ الْفَضْلِ بْنِ عَبَّاسٍ، فَعَطَسْتُ فَلَمْ يُشَمِّتْنِي، وَعَطَسَتْ فَشَمَّتَهَا، فَرَجَعْتُ إِلَى أُمِّي فَأَخْبَرْتُهَا، فَلَمَّا جَاءَهَا قَالَتْ: عَطَسَ عِنْدَكَ ابْنِي فَلَمْ تُشَمِّتْهُ، وَعَطَسَتْ فَشَمَّتَّهَا؟ فَقَالَ: إِنَّ ابْنَكِ عَطَسَ فَلَمْ يَحْمَدِ اللهَ فَلَمْ أُشَمِّتْهُ، وَعَطَسَتْ فَحَمِدَتِ اللهَ فَشَمَّتُّهَا. سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ ﷺ يَقُولُ: إِذَا عَطَسَ أَحَدُكُمْ فَحَمِدَ اللهَ فَشَمِّتُوهُ، فَإِنْ لَمْ يَحْمَدِ اللهَ فَلَا تُشَمِّتُوهُ».

Abu Burdadan rivoyat qilinadi: «Abu Musoning huzuriga kirdim. U (zavjasi) Fazl ibn Abbosning qizinikida (Ummu Kulsumning uyida) edi. Men aksa ursam, tashmit aytmadi. U (Ummu Kulsum) aksa urgan edi, unga tashmit aytdi. Men onamning yoniga qaytib borib, bo‘lgan gapni aytdim. (Abu Muso onamning) huzuriga kelganda: «Huzuringda o‘g‘lim aksa ursa, unga tashmit aytmabsan, u (Ummu Kulsum) aksa urganda esa aytibsan?» degan edi, u shunday dedi: «O‘g‘ling aksa urdi, lekin Allohga hamd aytmadi. Shuning uchun unga tashmit aytmadim. U (Ummu Kulsum) esa aksa urib, Allohga hamd aytdi. Shuning uchun unga tashmit aytdim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Birortangiz aksa urib, Allohga hamd aytsa, unga tashmit aytinglar. Agar Allohga hamd aytmasa, unga tashmit aytmanglar», deganlarini eshitganman» (Sahihi Muslim, 2992).

Imom Ibn Qayyim rahimahulloh shunday deydilar:

«Aksa urgan kishiga miyasida to‘planib qolgan bug‘larning chiqib ketishi bilan ne’mat va manfaat hosil bo‘lgani uchun (agar ular miyada qolsa, unga og‘ir kasalliklar keltirib chiqarar edi), Allohga hamd aytish, shu bilan birga, badan uchun zilzila kabi silkinishdan keyin a’zolarining butunligi va o‘z holida qolgani uchun (hamd aytish) buyurildi… Chunki aksa urish a’zolarda harakat va bezovtalikni keltirib chiqaradi… (Tashmitning etimologiyasi haqida) aytilganki: bu unga shaytonga nisbatan «shamata» (dushmanning musibatidan xursand bo‘lish)dir, chunki u aksa urish ne’mati va u sababli Allohga mahbub bo‘lgan narsalar uchun Allohga hamd aytib, shaytonning g‘azabini keltiradi. Zero, Alloh aksa urishni yaxshi ko‘radi. Banda Allohni zikr qilib, Unga hamd aytsa, bu shaytonni bir necha jihatdan xafa qiladi. Alloh yaxshi ko‘radigan aksa urishda hamd aytish, musulmonlarning Allohga rahmat so‘rab, hidoyat va ishlarining isloh bo‘lishini so‘rab duo qilishi bor. Bularning barchasi shaytonni g‘azablantiradi va mahzun qiladi. Mo‘minga «tashmit» aytish uning dushmanini g‘azablantirish, mahzun qilish va qayg‘uga solishdir. Shuning uchun Allohga rahmat so‘rab duo qilish «tashmit» deb nomlanadi, chunki uning zimnida dushmaniga «shamata» qilish bor. Agar aksa uruvchi va «tashmit» aytuvchi bunga e’tibor bersa, unda manfaat bor. Aksa urishning jism va qalb uchun manfaati yuksaladi hamda Allohning yaxshi ko‘rish siri oydinlashadi. Hamd Allohga xosdir, U O‘z karim Yuzi va ulug‘ jalolatiga munosib bo‘lganidek, hamdga ham loyiq Zotdir» (iqtibos tugadi).

Alloma Ibn Muflih al-Hanbaliy rahimahulloh Imom Ibn Hubayradan naql qilishicha, u kishi shunday degan: «Tabiblardan bo‘lgan Roziy aytadi: «Aksa urish hech qachon kasallikning boshlanishi bo‘lmaydi, magar unda shamollash bo‘lsagina (bundan mustasno)». Ibn Hubayra aytadi: «Agar inson aksa ursa, bu bilan o‘zining badani sog‘lomligi, ovqat hazm qilishi yaxshiligi va quvvati to‘g‘riligiga dalil topadi. Shuning uchun Allohga hamd aytish lozim. Shu sababli Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aksa urganga Allohga hamd aytishni buyurganlar» (iqtibos tugadi).

Shuni bilish lozimki, musulmon kishi Qur’on va hadis dalillariga taslim bo‘ladi va ularga amal qiladi. Aksincha, biror ishni isbotlash yoki inkor qilish uchun kelgan hikmat, sabab va illatlarni izlamaydi. Shu bilan birga, Alloh taolo bandalari uchun biror narsani shariatga kiritgan bo‘lsa, unda din va dunyo ishlarida, xoh tez, xoh kechiktirilgan bo‘lsin, ularning xayoliga kelmaydigan manfaatlar borligiga e’tiqod qilish vojibdir. Buni bilganlar bildi, bilmaganlar bilmadi. Musulmonga lozim bo‘lgan asl narsa – bo‘ysunish va ergashishdir.

Alloh bilguvchiroqdir.

Aksa urish ahkomlarining tafsilotlarini bilish uchun qarang:

Ibn Muflihning «al-Adab ash-Shar’iyya», 2/334; Ibn al-Qayyimning «Zod al-Ma’od», 2/438; as-Safforiniyning «G‘izo al-Albob», 1/441.

Manba: Shayx Muhammad Solih al-Munajjid.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar