O'qildi: 63
10.06.2026
/ 24 Zulhijja 1447
Fatvo mavzusi: Gʻayridinlarni Islomga chaqirish » Musulmonga xayrixohlik va kofirdan yuz oʻgirish
Savol
Musulmon kishiga giyohvand moddalar (masalan, kokain) iste’mol qilish joizmi? Bu yerda, Kolumbiyada, odamlarning 70 foizi uni iste’mol qiladi. Agar Islomni qabul qilmoqchi bo‘lsam, undan voz kechishim shartmi? Javobingizni kutaman.
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Sizning giyohvand moddalar mamlakatida, dinsiz bo‘la turib, Islomni qabul qilish haqida o‘ylayotganingiz juda buyuk ishdir. Sizning savolingiz bizda siz zikr qilgan vaziyatda yashab, so‘ng Islomga kirish istagining boshlanishiga yetib kelgan kishidan hayrat va ajablanish uyg‘otdi. Lekin Alloh har narsaga qodirdir, xohlagan bandasini O‘zining to‘g‘ri yo‘liga hidoyat qiladi. Ehtimol, ilohiy inoyat sizni atrofingizdagi quyuq zulmatga qaramay, haq dinni qabul qilishga tayyorlayotgandir. Kofir inson, garchi jasadi tirik bo‘lsa-da, qalbi o‘likdir. Agar Alloh uni Islom nuriga hidoyat qilsa, uning qalbiga hayot kiradi va u hayotning yangi ma’nosini anglaydi, yo‘nalishi o‘zgaradi va Parvardigoridan bo‘lgan hidoyat uzra yura boshlaydi. Alloh taolo O‘zining aziz kitobida shunday deydi:
«Avval o‘lik (kofir) bo‘lgan, so‘ngra biz uni (dinga hidoyat qilish bilan) tiriltirib, unga odamlar orasida o‘zi bilan birga olib yuradigan nurni (iymonni) berib qo‘yganimiz bir kishi zulmatlarda qolib ketgan va undan hech chiquvchi bo‘lmagan kimsaga o‘xshaydimi?!» (An’om: 122).
Shunday ekan, haqiqiy hayotga va Alloh nozil qilgan nurga ergashishga shoshiling. Allohga ibodat qilganingizda unda ko‘zingiz quvonadigan va nafsingiz xotirjam bo‘ladigan narsani ko‘rasiz.
Giyohvand moddalar masalasiga kelsak, shubhasiz, siz bu ulug‘ din har qanday zararli narsani harom qilishini va har qanday foydali narsaga ruxsat berishini, insonning aqlidan ayrilib, sarson, majnun, adashgan holga tushishiga, ongsiz ravishda har qanday qabih ishni qilishiga, bu xavfli dard bilan jasadiga ziyon keltirishiga va bu xavfli zaharni iste’mol qilib, o‘zini Allohning zikri va ibodatidan to‘sishiga rozi bo‘lmasligini kutgansiz. Bu giyohvandlik boshqalarga tajovuz qilish eshigini ochadi va din, nafs, aql, nomus hamda molga zarar yetkazuvchi bo‘ladi. Shuning uchun hech bir aqlli inson uning qat’iy harom ekaniga shubha qilmaydi.
Biz giyohvandlikka qaramlik oson kasallik emasligini va undan qutulish oson ish emasligini yaxshi anglaymiz. Lekin bularning barchasi Islomga kirishga va Alloh O‘z payg‘ambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamni yuborgan bu haq mazhabni qabul qilishga to‘sqinlik qilmaydi. Ishonchingiz komil bo‘lsinki, Islomni qabul qilishingiz sizda giyohvandlikdan qutulishga va bu xavfli kasallikni tark etishga yordam beradigan buyuk kuch va qat’iy irodani paydo qiladi. Bu kasallikdan shifo topish va bu gunohdan voz kechish uchun vaqt ketishi mumkin, lekin bu sizni Islomga kirishda ikkilantirmasligi kerak. Balki Islomni qabul qiling, dunyo ofatlaridan va oxirat azobidan najot topasiz. Savolingiz uchun tashakkur bildiramiz va Allohdan hidoyatingizni tezlashtirishini so‘raymiz.
Alloh bilguvchiroqdir.
Manba: Shayx Muhammad Solih al-Munajjid.
Bu javob foydali bo’ldimi?