Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar

Namoz


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Eʼtiqod masalalari » Mazhab va dinlar » Dinlar » Jannatga kiradigan yahudiy va nasroniylar kimlar?
Fatvo: 2912

O'qildi: 14

13.10.2026

/ 2 Jumadal-ula 1448

Fatvo mavzusi: »

Jannatga kiradigan yahudiy va nasroniylar kimlar?

Savol

Alloh taoloning: «Albatta, iymon keltirgan zotlar, yahudiy bo‘lganlar, nasroniylar va sobiiylar qaysilari Allohga, Oxirat kuniga ishonsa va yaxshi amallar qilsa, o‘shalarga Parvardigorlari huzurida ajr bordir va ular uchun xavf-u xatar, g‘am-anduh yo‘qdir», oyati bilan islomga kirmagam yahudiy va nasroniylar jannatga kirmasligi haqidagi so‘zni qanday muvofiqlashtiramiz?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Siz savolingizda ishora qilgan oyat Allohning kitobida ikki o‘xshash o‘rinda zikr qilingan. Birinchisi, Alloh taoloning ushbu so‘zidir:

﴿إِنَّ الَّذِينَ آمَنُوا وَالَّذِينَ هَادُوا وَالنَّصَارَىٰ وَالصَّابِئِينَ مَنْ آمَنَ بِاللَّهِ وَالْيَوْمِ الْآخِرِ وَعَمِلَ صَالِحًا فَلَهُمْ أَجْرُهُمْ عِنْدَ رَبِّهِمْ وَلَا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ۝٦٢﴾

«Albatta, iymon keltirgan zotlar, yahudiy bo‘lganlar, nasroniylar va sobiiylar (farishtalarga sig‘inuvchilar) — (ulardan) qaysilari (avval qaysi dinda bo‘lganlaridan qat’i nazar, iymonga kelib, yolg‘iz) Allohga, Oxirat kuniga ishonsa va yaxshi amallar qilsa, o‘shalarga Parvardigorlari huzurida ajr bordir va ular uchun xavf-u xatar, g‘am-anduh yo‘qdir» (Baqara: 62).

Ikkinchisi, Alloh taoloning ushbu so‘zidir:

﴿إِنَّ الَّذِينَ آمَنُوا وَالَّذِينَ هَادُوا وَالصَّابِئُونَ وَالنَّصَارَىٰ مَنْ آمَنَ بِاللَّهِ وَالْيَوْمِ الْآخِرِ وَعَمِلَ صَالِحًا فَلَا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ۝٦٩﴾

«Albatta, iymon keltirgan zotlar, yahudiy bo‘lganlar, sobiiylar (farishtalarga sig‘inuvchilar) va nasroniylar — (ulardan) qaysilari (iymonga kelib) Allohga, Oxirat kuniga ishonsa va yaxshi amallar qilsa, o‘shalar uchun xavf-u xatar, g‘am-anduh yo‘qdur» (Moyida: 69).

Ikki oyatdan murodni to‘g‘ri tushunishimiz uchun tafsir ulamolariga murojaat qilishimiz lozim. Buyuk imom Ismoil ibn Kasir rahimahulloh Baqara surasining oyati tafsirida shunday deganlar:

«Alloh taolo o‘tgan ummatlardan kim yaxshilik qilgan va itoat etgan bo‘lsa, unga yaxshi mukofot borligiga ishora qilmoqda. Shuningdek, qiyomat qoim bo‘lguncha ham shunday: kim ummiy Nabiy Rasulga ergashsa, unga abadiy saodat bordir. Ular kelajakda duch keladigan narsalardan xavfda bo‘lmaslar va ortda qoldirgan narsalariga mahzun ham bo‘lmaslar. Alloh taolo aytganidek:

﴿أَلَا إِنَّ أَوْلِيَاءَ اللَّهِ لَا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ۝٦٢﴾

«Ogoh bo‘lingizkim, albatta Allohning do‘stlariga (Oxiratda) biron xavf-xatar yo‘qdir va ular g‘amgin bo‘lmaydilar» (Yunus: 62).

Farishtalar o‘lim oldidan mo‘minlarga aytganidek:

﴿إِنَّ الَّذِينَ قَالُوا رَبُّنَا اللَّهُ ثُمَّ اسْتَقَامُوا تَتَنَزَّلُ عَلَيْهِمُ الْمَلَائِكَةُ أَلَّا تَخَافُوا وَلَا تَحْزَنُوا وَأَبْشِرُوا بِالْجَنَّةِ الَّتِي كُنْتُمْ تُوعَدُونَ۝٣٠﴾

«Albatta: «Parvardigorimiz Allohdir», deb, so‘ngra (yolg‘iz Allohga toat-ibodat qilishda) to‘g‘ri — ustivor bo‘lgan zotlarning oldilariga (o‘lim paytida) farishtalar tushib, (derlar): «Qo‘rqmanglar va g‘amgin bo‘lmanglar. Sizlarga va’da qilingan jannat xushxabari bilan shodlaninglar!» (Fussilat: 30).

Yahudiylarning iymoni shu ediki, kim Tavrot va Muso alayhissalomning sunnatini Iso kelguncha mahkam tutsa, (u mo‘min edi). Iso kelganda esa, kim Tavrotni mahkam tutib, Musoning sunnatini olib, uni tark etmasa va Isoga ergashmasa, halok bo‘luvchi edi. Nasroniylarning iymoni shu ediki, ulardan kim Injilni va Isoning shariatlarini mahkam tutsa, mo‘min va qabul qilingan edi, to Muhammad sollallohu alayhi vasallam kelgunlaricha. Ulardan kim Muhammad sollallohu alayhi vasallamga ergashmasa va Isoning sunnati va Injildagi yo‘lini tark etmasa, halok bo‘luvchi edi.

Yana Alloh taolo aytadi :

﴿وَمَنْ يَبْتَغِ غَيْرَ الْإِسْلَامِ دِينًا فَلَنْ يُقْبَلَ مِنْهُ وَهُوَ فِي الْآخِرَةِ مِنَ الْخَاسِرِينَ۝٧٥﴾

«Kimda-kim Islomdan o‘zga din istasa, bas (uning «dini» Alloh huzurida) hargiz qabul qilinmaydi va u Oxiratda ziyon ko‘rguvchilardandir» (Oli Imron: 85). Bu, Muhammad sollallohu alayhi vasallam Islom dinini keltirganlaridan keyin, uning shariatiga muvofiq bo‘lmagan hech bir yo‘l yoki amal hech kimdan qabul qilinmasligi haqida xabardir. Undan avval esa, kim o‘z zamonasidagi Rasulga ergashgan bo‘lsa, u hidoyat, to‘g‘ri yo‘l va najotda edi. Yahudiylar Muso alayhissalomning izdoshlari bo‘lib, o‘z zamonlarida Tavrot bilan hukm qilishar edi… Iso sollallohu alayhi vasallam yuborilgach, Bani Isroilga unga ergashish va itoat qilish vojib bo‘ldi. Uning as’hoblari va dini ahli nasroniylardir… Alloh Muhammad sollallohu alayhi vasallamni nabiylarning xotami va butun insoniyatga Rasul qilib yuborgach, ularga u zot xabar bergan narsani tasdiqlash, buyurgan narsaga itoat qilish va qaytargan narsadan tiyilish vojib bo‘ldi. Ana o‘shalar haqiqiy mo‘minlardir. Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ummati iymonlarining ko‘pligi, ishonchlarining kuchliligi va o‘tgan barcha anbiyolar hamda kelajakdagi g‘ayblarga iymon keltirganliklari uchun «mo‘minlar» deb nomlandi».

So‘ngra Ibn Kasir rahimahulloh Moyida surasining oyati tafsirida shunday dedilar:

«Bu oyatdan maqsad shuki, har bir guruh Allohga va Oxirat kuniga – ya’ni Qiyomat kunining va’dasiyu jazosiga – iymon keltirsa hamda solih amallar qilsa (Muhammad sollallohu alayhi vasallam butun insoniyat va jinlarga payg‘ambar qilib yuborilganidan so‘ng, bu amallar uning shariatiga muvofiq bo‘lmagunicha solih sanalmaydi), ana shu sifatlarga ega bo‘lganlar uchun kelajakda ularni kutayotgan narsalardan xavf bo‘lmas va ular ortda qoldirgan narsalari uchun qayg‘urmaslar».

Alloh bilguvchiroqdir.

Manba: Shayx Muhammad Solih al-Munajjid

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Islom yetib bormagan kishilar hukmi

    Islom haqida hech qanday ma’lumot yetib bormagan odamlarning ahvoli nima bo‘ladi? Ularning hukmi qanday?
  • Qiyomatdagi hisob kitob muddati

    Qiyomat kuni mo‘minning hisob-kitobi muddati kofirnikidan farq qiladimi?
  • Qiyomat kuni Alloh bilan uchrashuv

    Alloh qayerda? Biz qiyomat kuni Alloh bilan uchrasha olamizmi?
  • Mahdiy haqiqatmi?

    Mahdiyning kelishi haqidagi hadis sahihmi yoki yo‘qmi? Do‘stlarimdan biri bu hadis sahih emas, zaif ekanligini aytgani uchun bu savolni beryapman.
  • Islom yetib bormagan kofirlarning qismati

    Islom haqida eshitmagan kofirlarning holi nima kechadi?
  • Jannat ahli dunyodagi hayotlarini eslaydilarmi?

    Jannat ahli dunyoda qanday yashaganlarini eslaydilarmi? Ular yer yuzida orzu qilgan narsalarini jannatda ham istaydilarmi?