Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Bu sudxo’rlikning oʻzidir
Fatvo: 750

O'qildi: 879

06.07.2025

/ 11 Muharram 1447

Fatvo mavzusi: » »

Bu sudxo’rlikning oʻzidir

Savol

Bir kishi foiz to‘lamasdan bankdan qarz olmoqchi bo‘ldi, chunki foiz sudxo‘rlik hisoblanadi. Ammo bank xodimlaridan biri unga: «Agar ribodan qochmoqchi bo‘lsangiz, bizdan bir million olishingiz mumkin. Bir yildan so‘ng, imkoningiz bo‘lsa, bizga ikki million qaytarasiz: bir millioni bizning pul, qolgan bir millioni esa hozir olgan qarzingiz yil mobaynida sizda turgani evaziga keyingi yil davomida bizda turadi. Bir yildan keyin pulingizni qaytarib olishingiz mumkin», dedi. Bu ribo hisoblanadimi? Iltimos, bizga maslahat bering. Alloh ajringizni bersin.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Bu riboning o’zginasi boʻlib, bunday shartnoma hech qanday holatda joiz boʻlmaydi, chunki qarz berishdan maqsad musulmonga yordam va manfaat yetkazishdir. Ibn Abbos roziyallohu anhu aytganlaridek, ikki marta qarz berish bir marta sadaqa qilish kabidir. Agar bank sizga bir yilga bir million soʻm qarz bersa va bir yil o‘tgach, siz qarzga olgan millionni qaytarib, qarz evaziga yana bir yil saqlash uchun bankka qo‘shimcha million bersangiz, bu musulmonlar ijmosiga ko‘ra haromdir.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytganlar:

كُلِّ قَرْضٍ جَرَّ مَنْفَعَةً فَهُوَ رِبًا

«Foyda keltiradigan har qanday qarz ribodir» (Ibn Abu Shayba, «Musannaf», 20690. Ushbu rivoyatni Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga nisbat bermoq sanad jihatidan zaifdir. Ammo ma’no jihatidan sahih ekaniga ulamolar ittifoq qilishgan).

Bank sizga bir million soʻm qarzni, ularga tegishli bo‘lgan summadan bir million ko‘proq berishingiz sharti bilan beradi. Shu orqali ular bu pulni savdo-sotiq qilib, foydani o‘zlarida saqlab qolishlari mumkin. Bu shart foyda keltirishi tufayli musulmon ulamolarining ijmosiga ko‘ra botil, noto‘g‘ri shartdir.

Ey birodarim, siz faqat bankdan olgan millioningizni qaytarishingiz kerak, ustiga yana bir million berib, ular bir yil foydalanishiga imkon bermang. Bu ulamolar ittifoqi bilan joiz emas. Bank faqat o‘z pulini qaytarib olishga haqli, xolos. Chunki Alloh aytadi:

﴿یَـٰۤأَیُّهَا ٱلَّذِینَ ءَامَنُوا۟ ٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ وَذَرُوا۟ مَا بَقِیَ مِنَ ٱلرِّبَوٰۤا۟ إِن كُنتُم مُّؤۡمِنِینَ ۝٢٧٨ فَإِن لَّمۡ تَفۡعَلُوا۟ فَأۡذَنُوا۟ بِحَرۡبࣲ مِّنَ ٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦۖ وَإِن تُبۡتُمۡ فَلَكُمۡ رُءُوسُ أَمۡوَٰلِكُمۡ لَا تَظۡلِمُونَ وَلَا تُظۡلَمُونَ ۝٢٧٩﴾

«Ey mo‘minlar, Allohdan qo‘rqingiz va agar chindan mo‘min bo‘lsangizlar, sudxo‘rlik sarqitlarini tark qilingiz. (Ya’ni, odamlarga bergan qarzlaringizdan chiqadigan foydani olmangiz.) Endi agar (farmonimizni) qilmasangiz, u holda Alloh va payg‘ambari tomonidan bo‘lgan urushni bilib qo‘ying! Agar tavba qilsangiz, dastmoyangiz o‘zingizga — zolim ham, mazlum ham bo‘lmaysiz» (Baqara: 278-279).

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Ashuro kunini aniqlash

    Bu yil Ashuro roʻzasini qanday tutamiz? Yangi oy qachon kirishi va Zulhijja oyining yigirma toʻqqiz yoki oʻttiz kunligi hali nomaʼlum. Ashuroni qanday aniqlash va roʻza tutish kerak?
  • Terini oqartirish hukmi

    Terini oqartirishning shar’iy hukmi qanday, u harommi?
  • Musulmonning mulhid (xudosiz) kishi qo‘lida ishlashi

    Men mulhid (xudoga ishonmaydigan) kishining qo‘lida ishlayman. Uning qo‘lida ishlash joizmi? U menga yaxshi muomala qiladi va namoz o‘qishga vaqt beradi.
  • So‘yilmagan hayvonlarning shirdonidan tayyorlangan pishloqlar

    Agar pishloqlar shar’iy yo‘l bilan so‘yilmagan harom go‘shtlardan olingan fermentlardan tayyorlangan bo‘lsa, masalan, hayvonlar ichidagi faol fermentlardan tayyorlansa halol bo‘ladimi?
  • Bankda ishlash joizmi?

    Menga bir bankning kompyuter bo‘limida tizim muhandisi bo‘lib ishlaydigan kishidan sovchi keldi. Bu kasbning hukmini bilmoqchi edim. Yigitning daromadi halolmi yoki yoʻqmi degan xavotirdaman. Ushbu kasbdan keladigan daromad halolmi yoki harommi?
  • Xayriya mablagʻlaridan zakot berish vojibmi?

    Bir guruh odamlar ma’lum miqdorda pul yig‘ib, bu pulni ulardan birortasining boshiga tushadigan musibatlar, masalan, qasdsiz qotillik diyasi (xun puli) uchun ajratib qoʻyishdi. Soʻng bu pulni investitsiya qilish uchun tijoratga kiritdilar va undan keladigan foyda o‘zaro kelishilgan xayriya maqsadlariga sarflanadi. Bu puldan zakot berish vojib bo‘ladimi? Shuningdek, insonlar zakotini ushbu xayriya jamg‘armasiga berishlari joizmi?