Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Eʼtiqod masalalari » Iymon » Allohga iymon keltirish » Fohishalikdan tavba qilish
Fatvo: 624

O'qildi: 247

01.07.2025

/ 6 Muharram 1447

Fatvo mavzusi: » » » »

Fohishalikdan tavba qilish

Savol

Men katta gunoh qilib qo‘ydim va nima qilishni bilmayapman. Bilaman, bizning go‘zal dinimizda «ruhoniyga gunohni e’tirof etish» tushunchasi yo‘qligini bilaman, lekin men zino qilib qoʻydim. Allohdan mag‘firat so’rab, tavba qilishga harakat qilyapman. «Nur» surasini o‘qiganimda, men iffatli, pokiza ayolga uylana olmasligimni angladim, endi nima qilishni bilmay boshim qotgan. Iltimos, Alloh menga do‘zax azobini yengillashtirishi uchun duo qiling.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Birinchidan: Allohning rahmatidan noumid boʻlmang va U Zotning quyidagi so‘zlarini tadabbur qiling:

﴿قُلۡ یَـٰعِبَادِیَ ٱلَّذِینَ أَسۡرَفُوا۟ عَلَىٰۤ أَنفُسِهِمۡ لَا تَقۡنَطُوا۟ مِن رَّحۡمَةِ ٱللَّهِۚ إِنَّ ٱللَّهَ یَغۡفِرُ ٱلذُّنُوبَ جَمِیعًاۚ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلۡغَفُورُ ٱلرَّحِیمُ ۝٥٣﴾

«(Ey Rasul), Mening o‘z jonlariga zulm qilgan (ko‘p gunohlar qilgan va nafslarining gapiga kirgan) bandalarimga ayting: «Allohning rahmatidan noumid bo‘lmangiz! Albatta Alloh (O‘zi xohlagan bandalarining) barcha gunohlarini mag‘firat qilur. Albatta Uning O’zi oʻta mag’firatli va oʻta rahimli Zotdir» (Zumar: 53).

Ikkinchidan: Allohga chin dildan tavba qiling, shuningdek, sizni haromga olib boruvchi va gunohga qaytaruvchi har qanday muhitdan yiroq bo‘ling. Yaxshi amallarni ko‘paytiring, chunki yaxshiliklar yomonliklarni ketkazadi.

Uchinchidan: Agar Allohga chin ko‘ngildan tavba qiladigan bo‘lsangiz, u holda zinokor sifatida qaralmaysiz. Shunday ekan, siz pokiza, iffatli ayolga uylanishingiz mumkin bo‘ladi.

To‘rtinchidan: Mo‘minning duoda himmati yuksak boʻladi. U faqat doʻzax azobini yengillashtirishni emas, balki Allohdan uni do‘zaxdan ozod qilib, jannatga kiritishini, hatto jannatning eng yuksak darajasi – Firdavsni nasib etishini so‘raydi. Shu bilan birga, u doimo ezgu ishlarda bardavom boʻlish va gunohlaridan tavba qilishga intiladi.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Hayz paytida Qur’on o‘qish

    Ayol hayz paytida Qur’on o‘qishi joizmi?
  • G‘am-g‘ussani ketkazish uchun duolar

    G‘am-qayg‘uni ketkazish uchun biron duo bormi?
  • Kuyovning familiyasiga oʻtish hukmi

    Jamiyatimizda ko‘p opa-singillarimiz otalarining nomida qolishlari kerakligini anglamasdan, erlarining familiyasiga oʻtishgan. Ular familiyalarini yana otalarining familiyasiga o‘zgartirishlari kerakmi yoki erlarining familiyasida qolishlari joizmi? Shuningdek, agar zinodan tug‘ilgan bo‘lsa, u otasining familiyasini oladimi yoki onasining familiyasinimi? Bunga dalil nima? Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.
  • Tavba va istig‘for oʻrtasidagi farq

    Tavba va istig‘for o‘rtasidagi farq nima?
  • Harom bilan lazzatlanish kafforati

    Menda jiddiy savol bor. Men ikki yil oldin Islomni qabul qildim. Jinsiy istaklarimni boshqarishda katta qiyinchiliklarga duch kelmoqdaman. Islomni qabul qilishimdan oldin men hech qachon jinsiy aloqada bo‘lmaganman. Ammo yaqinda harom ishlarni qila boshladim. Masalan, men uchta holatda fohishalarga mening bilan og‘iz orqali (akromakumulloh) jinsiy aloqa qilishlari uchun pul to‘ladim va bu qilgan ishimning barchasi edi, ya’ni men hech qanday ayol bilan oddiy jinsiy aloqada bo‘lmadim. Bu zino hisoblanadimi? Men zinokor hisoblanamanmi? Men hali ham musulmonmanmi? Bu amaldan tiyilish uchun nima qila olaman?
  • Nomahramlar bilan qo‘l berib salomlashish

    Erkak kishiga nomahram ayol bilan qo‘l berib salomlashish harommi?