Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Oilaviy masalalar » Nikoh shartlari » Ota-onaning ruxsatisiz uylanish
Fatvo: 2731

O'qildi: 24

18.04.2026

/ 1 Zulqada 1447

Fatvo mavzusi: »

Ota-onaning ruxsatisiz uylanish

Savol

Amakimning qizi bilan unashtiruv marosimimiz oʻtkazildi. Marosimda bizga nikoh oʻqildi, lekin to‘yimizni keyinroq o‘tkazishga kelishdik. Soʻng men Amerika Qo‘shma Shtatlariga kelib, ota-onamga aytmasdan boshqa bir muslima qizga uylandim. Turmush qurganimizga to‘rt oy bo‘lganda bu haqda ota-onamga aytdim. Lekin ular xafa bo‘lishdi va xotinimni taloq qilib, amakimning qiziga uylanishimni talab qilishdi. Birozdan keyin esa ular xotinimni taloq qilish-qilmasligimdan qat’i nazar, amakimning qiziga uylanishim shartligini aytishdi. Biroq, men ularning o‘rtasida adolat qila olmasligimni bilaman. Men amakimning qiziga hech teginmaganman, lekin ikkinchi xotinim bilan to‘rt oydan beri yashayapman. Qanday yo‘l tutay? Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Agar hozir siz bilan birga bo‘lgan xotiningiz dindor va xulqli bo‘lsa, uni taloq qilishga majbur emassiz. Agar ikki xotin o‘rtasida adolat qilishga qodir bo‘lsangiz, ota-onangizning talabini bajarib, zikr qilingan qarindoshingizga uylaning. Bu Alloh taoloning quyidagi so‘ziga kiradi:

﴿فَانْكِحُوا مَا طَابَ لَكُمْ مِنَ النِّسَاءِ مَثْنَىٰ وَثُلَاثَ وَرُبَاعَ﴾

«Sizlar uchun nikohi halol bo‘lgan ayollarga ikkita, uchta, to‘rttadan uylanaveringlar» (Niso: 3).

Agar adolatsizlikdan qo‘rqsangiz va uni bajara olmasligingizni gumon qilsangiz, xoh birinchisi, xoh ikkinchisi bo‘lsin, bittasi bilan kifoyalaning. Bu Alloh taoloning quyidagi so‘ziga amal qilishdir:

﴿فَإِنْ خِفْتُمْ أَلَّا تَعْدِلُوا فَوَاحِدَةً﴾

«Endi agar (xotinlar orasida) adolat qila olmaslikdan qo‘rqsangiz, bitta ayolga (uylaning)» (Niso: 3).

Har qanday holatda ham ota-onangizning roziligini olishga harakat qiling. Alloh tavfiq beruvchidir.

Alloh bilguvchiroqdir.

Manba: Shayx Muhammad Solih al-Munajjid.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Tavba qilgan ikki zinokorning nikohi

    Men besh yildan beri Yevropada tahsil olayotgan musulmonman. O‘qishim davomida bir qizni uchratdim va uni ikki yil sevdim. Tan olishim kerakki, u bilan ogʻir gunohga – zino qilishgacha bordim. So‘nggi bir necha oy ichida qiz Islomni qabul qildi va endi men uni Alloh va Uning Rasuli sunnatiga muvofiq nikohimga olmoqchiman. Uni nikohimga olishim joizmi? Men qilishim kerak boʻlgan biror maxsus amal bormi? Alloh sizga ezgulik ato etsin.
  • Gunohkor ona bilan muomala qilish usuli

    Mening savolim musulmon yosh yigitlardan biri haqida. U, mashaalloh, jiddiy, ixlosli, ilmli, Islom taʼlimotlariga hamda Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga amal qiladigan va toʻgʻri aqidaga ergashishga bor kuchi bilan harakat qiladigan yigit. U beva onasi bilan yolgʻiz yashaydi. Biroq onasi Islomga to‘liq amal qilmaydi va Islomga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan ishlar bilan mashgʻul… Men u yigit va uning onasi bilan tanishman, ular bir-biriga mehribon va samimiy insonlar. Ba’zida yigit onasining uni noqulay ahvolga soladigan xatti-harakatlaridan xijolat bo‘layotganini ko‘raman, men esa unga to‘g‘ri maslahat bera olmayman.Bunday vaziyatlarga baʼzi misollar: onasi uydan qisqa muddatga chiqqanida, o‘g‘il onasining bu ishidan uyaladi, lekin biror kishi unga gap otishidan qoʻrqib, u bilan birga yuradi… Onasi gʻarbcha uslubda boshqa erkaklar bilan koʻp tanishadi, kechki ovqat ziyofatlariga koʻp boradi. Bu ziyofatlar gʻoliban spirtli ichimliksiz oʻtmaydi, onasi esa erkak tanishlari va dugonalari bilan spirtli ichimlik qoʻyilgan stollarda ular bilan birga oʻtiradi, garchi oʻzi umuman ichmasa ham. Onasining doʻstlari amal qiladigan koʻplab bid’atlar va munkar ishlar bor. Oʻgʻil doimo onasini daʼvat qilishga va unga masalalarni tushuntirishga harakat qiladi, lekin onasi uni mutaassiblikda, haddan oshishda yoki tosh asridan qolganlikda ayblaydi. Iltimos, do‘stimga maslahat bering, u mendan boshqa hech kim bilan do‘stlashmagan. U oʻzini dayusdek his qilyapti. Shu bois onasi shunday xulq-atvorda boʻlganida u bilan birga qolishi toʻgʻrimi yoki yoʻqligini bilmoqchi. U onasiga begonalardan biri tegajogʻlik qilishidan xavotirda yuradi, chunki onasi noshar’iy va qisqa kiyimlar kiyib yuradi. U menga bu narsalarni aytmagan va oila sirlarini fosh qilmagan, lekin vaziyat men va atrofidagilar uchun aniq bo‘lib qolgan. Iltimos, yordam bering, Alloh taolo sizga yaxshi mukofot bersin.
  • Uylanish joiz boʻlgan ahli kitob ayol kim?

    Men «ahli kitob ayollaridan bo‘lgan iffatli ayollarga uylanish» iborasi nimani anglatishini bilmoqchiman? Qo‘l tekkizish va o‘pish kitobiya ayolga uylanishga to‘sqinlik qiladimi? Men sizning javobingizda musulmon kishi iffatli ayolgagina uylanishi kerakligini o‘qidim. Bu faqat kitobiya ayolga tegishlimi yoki musulmon qizga ham taalluqlimi? Qo‘l tekkizish va o‘pish «iffat» so‘zi ta’rifiga kiradimi? Nikohdan oldin qo‘l tekkizish zarur deb o‘ylaydigan yosh musulmon yigitga qanday maslahat berasiz?
  • Telefon orqali nikoh

    Men bir qizga nikohlanmoqchiman, lekin uning otasi boshqa mamlakatda. Hozirda men moliyaviy va boshqa sabablarga ko‘ra uning oldiga borib, barchamiz jamlanib nikoh aqdini amalga oshirishga imkonim yo‘q. O‘zim g‘arb mamlakatida yashayman. Men uning otasi bilan telefon orqali gaplashsam va u menga: «Senga qizim falonchini nikohladim», deb aytsa, men: «Qabul qildim», desam nikoh bog‘lanadimi?Agar qiz ham rozi bo‘lsa va ikkita musulmon guvoh telefonning ovoz kuchaytirgichi orqali bizning suhbatimizni eshitsa, bu shariatga ko‘ra to‘g‘ri nikoh aqdi hisoblanadimi?
  • Nikohning ruknlari, shartlari va valiyning shartlari

    Nikoh shartnomasining ruknlari qanday? Uning shartlari nimalardan iborat?
  • Nikohda harom ishni shart qilish

    Agar kelinchak kuyovning uyida it boqishni shart qilsa, buning hukmi qanday bo‘ladi?