Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar

Namoz


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Odob-axloq va maʼnaviyat » Xatni «vassalom» deb tugatish
Fatvo: 2291

O'qildi: 266

16.12.2025

/ 25 Jumadal-oxira 1447

Fatvo mavzusi:

Xatni «vassalom» deb tugatish

Savol

Xatni «vassalom» iborasi bilan tugatish to‘g‘rimi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Arablarda xatni «vassalom» so‘zi bilan tugatishning hech qanday zarari yo‘q. (Ammo o‘zbek tilida «vassalom», iborasi boshqa ma’noda, gap tamom, boshqa gap bo‘lishi mumkin emas, shuning o‘zi kifoya; bo‘ldi, tamom, degan ma’nolarda ishlatiladi. Arab tilida qo‘llaniladigan «vassalom» esa «so‘zimning so‘ngida sizga salomatlik tilayman yoki va yana bir bor assalomu alaykum varahmatulloh», degan ma’noni anglatadi. Shuning uchun arabcha xat yozganda: «Va yana bir bor assalomu alaykum varahmatulloh iborasini to‘liq keltirish shart emas, chunki yozuvda qisqartirilgan bo‘lsa-da, yozuvchining maqsadi «vassalom» deyish orqali «va yana bir bor assalomu alaykum varahmatulloh» deb aytmoqchi ekani ma’lum – tarj.).

Lekin yuboruvchi o‘z xatining xotimasida «vassalamu alayka» yoki «vassalamu alaykum» desa, bu afzalroqdir.

Umar roziyallohu anhu qozi Shurayhga yo‘llagan maktubini «vassalamu alayka» deb yakunlaganlar (Sunan an-Nasoiy, 5304). Shuningdek, Umar ibn Abdulaziz ham o‘z amaldorlaridan biriga yozgan xatini shunday tugatgan (Muvatto: Jihod kitobi).

Ibn Kasir «Al-Bidoya van-Nihoya» kitobida Ibn Asokirdan naql qilishicha, Ziyod ibn Abu Sufyon Said ibn Osga hadyalar, mollar va xat yuborgan. Xatda u Saidning qiziga sovchi qo‘yganini aytgan. Hadyalar, mollar va xat yetib kelgach, Said xatni o‘qib, hadyalarni majlisdagilarga tarqatgan, so‘ng unga quyidagi mazmunda go‘zal bir maktub yozgan: «Bismillahir rohmanir rohim! Alloh taolo aytadi:

﴿كـَلَّآ إِنَّ ٱلۡإِنسَٰنَ لَيَطۡغَىٰٓ۝٦أَن رَّءَاهُ ٱسۡتَغۡنَىٰٓ۝٧﴾

«Darhaqiqat, inson albatta tug‘yonga tushar — haddidan oshar. O‘zini boy-behojat ko‘rgach, (albatta tug‘yonga tushar). Yo‘q! Albatta inson tug‘yon qiladi. O‘zini behojat ko‘rib» (Alaq: 6-7). Vassalom».

Shuni bilingki, xat yuboruvchi xatni qabul qiluvchiga maktubning boshida to‘liq, tushunarli ibora bilan salom berishi kerak. Bu Payg‘ambar sallallohu alayhi vasallam davrlarida musulmonlar amal qilgan va hozirgacha davom etib kelayotgan odatdir.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

1

O’xshash fatvolar

  • Farzand soʻrash duosi

    Men va ayolim farzand ko‘rishga harakat qilyapmiz. Namozda yoki duoda tilovat qilish uchun farzand ko‘rishimizga yordam beradigan Qur’ondagi biror sura haqida ayta olasizmi? Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.
  • Balog‘atga yetgan erkak kishi onasi bilan bir to‘shakda uxlashi joizmi?!

    Men 19 yoshdaman va balogʻat yoshidan oʻtdim. Kechasi onam bilan bir to‘shakda yotishim joizmi?
  • Sichqonni o‘ldirish hukmi va mikki maus shaxsiyatiga sharh

    Sichqonni o‘ldirishning shar’iy hukmi qanday?
  • Aksirganda«alhamdulillah» deyish hikmati

    Nega musulmon kishi aksa urgandan keyin «Alhamdulillah» deydi?
  • Ota-onaning ruxsatisiz uylanish

    Amakimning qizi bilan unashtiruv marosimimiz oʻtkazildi. Marosimda bizga nikoh oʻqildi, lekin to‘yimizni keyinroq o‘tkazishga kelishdik. Soʻng men Amerika Qo‘shma Shtatlariga kelib, ota-onamga aytmasdan boshqa bir muslima qizga uylandim. Turmush qurganimizga to‘rt oy bo‘lganda bu haqda ota-onamga aytdim. Lekin ular xafa bo‘lishdi va xotinimni taloq qilib, amakimning qiziga uylanishimni talab qilishdi. Birozdan keyin esa ular xotinimni taloq qilish-qilmasligimdan qat’i nazar, amakimning qiziga uylanishim shartligini aytishdi. Biroq, men ularning o‘rtasida adolat qila olmasligimni bilaman. Men amakimning qiziga hech teginmaganman, lekin ikkinchi xotinim bilan to‘rt oydan beri yashayapman. Qanday yo‘l tutay? Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.
  • Sevib qolgan yigit nima qilishi kerak?

    Men hozirda Britaniya universitetlaridan birida o‘qiyman va universitetda menga yoqib qolgan bir qiz bor.Men u bilan hech qachon gaplashmaganman. Odatda qizlar bilan gaplashmayman. Biroq, ba’zan salomlashib turamiz.Men Islom shariatiga amal qilgan holda ayollar bilan gaplashmaydigan bo‘lsam, unga qanday qilib turmush qurishni taklif qilishim mumkin? Buning eng yaxshi yo‘li qanday?Borib u bilan gaplashib, shar’iy chegaralardan chiqmagan holda avval tanishib ko‘raymi? Yoki unga to‘g‘ridan to‘g‘ri turmushga chiqishni taklif qilaymi?Agar unga avval tanishmasdan to‘g‘ridan to‘g‘ri turmushga chiqishni taklif qilsam, u meni yaxshi tanimagani uchun va u men mansub bo‘lgan madaniyatdan boshqa madaniyatga mansub bo‘lgani uchun taklifimni darhol rad etishidan qo‘rqaman. Boshqa tomondan, agar u bilan tanishish maqsadida gaplashsam, bu qilmishim Islomga zid bo‘lishidan qo‘rqaman.Men qiyin ahvoldaman, qanday yo‘l tutsam eng to‘g‘ri bo‘ladi?