Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Roʻza masalalari » Ro‘zadorlar uchun rayyon eshigi
Fatvo: 13934

O'qildi: 79

26.02.2026

/ 9 Ramazon 1447

Fatvo mavzusi:

Ro‘zadorlar uchun rayyon eshigi

Savol

Erim menga faqat Ramazon oyida ochiladigan «Ridvon» eshigi haqida aytib berdi. Bilishimcha, bu eshik ochilganda, Alloh u orqali boylik yog‘dirar ekan. Ushbu so‘zni aniqlashtirib, bu masalani yaxshiroq tushunishimiz uchun bizga yo‘l-yo‘riq ko‘rsata olasizmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Birinchidan:

Alloh musulmonlarga Ramazon oyi ro‘zasini farz ayladi va ro‘zadorlarga ulkan ajr va’da qildi. Ro‘zaning fazli ulug‘ bo‘lgani uchun Alloh azza va jalla uning ajrini belgilab qo‘ymadi, balki U Zot subhonahu va taolo – hadisi qudsiyda – aytganidek: «Faqat ro‘za bundan mustasno, chunki u Men uchundir va uning mukofotini O‘zim beraman».

Ramazon oyining fazilatlari ko‘pdir, jumladan, Alloh ro‘zadorlar uchun tayyorlab qo‘ygan «Rayyon» eshigidir. Uning nomi muttafaqun alayh hadisda shunday kelgan:

عَنْ سَهْلٍ ﵁، عَنِ النَّبِيِّ قَالَ: «إِنَّ فِي الْجَنَّةِ بَابًا يُقَالُ لَهُ الرَّيَّانُ، يَدْخُلُ مِنْهُ الصَّائِمُونَ يَوْمَ الْقِيَامَةِ، لَا يَدْخُلُ مِنْهُ أَحَدٌ غَيْرُهُمْ، يُقَالُ: أَيْنَ الصَّائِمُونَ، فَيَقُومُونَ لَا يَدْخُلُ مِنْهُ أَحَدٌ غَيْرُهُمْ، فَإِذَا دَخَلُوا أُغْلِقَ، فَلَمْ يَدْخُلْ مِنْهُ أَحَدٌ».

Sahl roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Jannatda bir eshik bor. U «Rayyon» deyiladi. Qiyomat kuni undan ro‘zadorlar kirishadi, ulardan boshqa hech kim undan kirmaydi. «Ro‘zadorlar qani?» deyiladi. Shunda ular turishadi. Ulardan boshqa hech kim undan kirmaydi. Ular kirgach, u berkitiladi. Keyin undan hech kim kirmaydi» dedilar» (Sahihi Buxoriy, 1896; Sahihi Muslim, 1152).

Ro‘zaning ajrini bayon qiluvchi hadislardan:

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ «مَنْ صَامَ رَمَضَانَ إِيمَانًا وَاحْتِسَابًا غُفِرَ لَهُ مَا تَقَدَّمَ مِنْ ذَنْبِهِ».

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim iymon bilan, savob umidida Ramazon ro‘zasini tutsa, o‘tgan gunohlari mag‘firat qilinadi», dedilar» (Sahihi Buxoriy, 38).

سَمِعَ أَبَا هُرَيْرَةَ يَقُولُ: قَالَ رَسُولُ اللهِ : قَالَ اللهُ: «كُلُّ عَمَلِ ابْنِ آدَمَ لَهُ إِلَّا الصِّيَامَ، فَإِنَّهُ لِي وَأَنَا أَجْزِي بِهِ، وَالصِّيَامُ جُنَّةٌ، وَإِذَا كَانَ يَوْمُ صَوْمِ أَحَدِكُمْ فَلَا يَرْفُثْ وَلَا يَصْخَبْ، فَإِنْ سَابَّهُ أَحَدٌ أَوْ قَاتَلَهُ فَلْيَقُلْ: إِنِّي امْرُؤٌ صَائِمٌ، وَالَّذِي نَفْسُ مُحَمَّدٍ بِيَدِهِ، لَخُلُوفُ فَمِ الصَّائِمِ أَطْيَبُ عِنْدَ اللهِ مِنْ رِيحِ الْمِسْكِ، لِلصَّائِمِ فَرْحَتَانِ يَفْرَحُهُمَا: إِذَا أَفْطَرَ فَرِحَ، وَإِذَا لَقِيَ رَبَّهُ فَرِحَ بِصَوْمِهِ».

Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Alloh: «Odam bolasining hamma amali o‘zi uchun, faqat ro‘za mustasno. Chunki u Men uchundir va uning mukofotini O‘zim beraman», dedi. Ro‘za qalqondir. Birortangiz ro‘za tutgan kuni fahsh so‘z aytmasin va baqir-chaqir qilmasin. Agar birortasi u bilan so‘kishmoqchi yoki urishmoqchi bo‘lsa: «Men ro‘zador odamman», desin. Muhammadning joni qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, albatta, ro‘zadorning og‘zidan kelgan hid Allohning nazdida mushkning bo‘yidan yaxshiroqdir. Ro‘zadorni xursand qiladigan ikki xursandchilik bor: iftor qilganida xursand bo‘ladi va Robbiga yo‘liqqanida ro‘za tutganiga xursand bo‘ladi» (Sahihi Buxoriy, 1904).

Ikkinchidan:

Ma’lumki, jannatning ko‘p eshiklari bor, Alloh taolo aytganidek:

﴿جَنَّاتُ عَدْنٍ يَدْخُلُونَهَا وَمَنْ صَلَحَ مِنْ آبَائِهِمْ وَأَزْوَاجِهِمْ وَذُرِّيَّاتِهِمْ ۖ وَالْمَلَائِكَةُ يَدْخُلُونَ عَلَيْهِمْ مِنْ كُلِّ بَابٍ ۝٢٣﴾

«(U diyor) abadiy turiladigan jannatlar bo‘lib, ular u joylarga, ota-bobolari, jufti halollari va zurriyotlaridan iborat bo‘lgan solih bandalar bilan birga kirurlar. So‘ng ularning huzurlariga har eshikdan farishtalar kirurlar» (Ra’d: 23).

Alloh subhanahu taolo boshqa oyatda shunday dedi:

﴿وَسِيقَ الَّذِينَ اتَّقَوْا رَبَّهُمْ إِلَى الْجَنَّةِ زُمَرًا ۖ حَتَّىٰ إِذَا جَاءُوهَا وَفُتِحَتْ أَبْوَابُهَا وَقَالَ لَهُمْ خَزَنَتُهَا سَلَامٌ عَلَيْكُمْ طِبْتُمْ فَادْخُلُوهَا خَالِدِينَ ۝٧٣﴾

«Parvardigorlaridan qo‘rqqan zotlar esa to‘p-to‘p holda jannatga «haydaladilar». To qachon ular darvozalari ochilgan holdagi (jannatga) kelib yetganlarida va uning qo‘riqchilari: «Sizlarga tinchlik-omonlik bo‘lsin! Xush keldingiz! Bas, unga mangu qolguvchi bo‘lgan hollaringizda kiringiz», deganlarida (ular behad shodlanurlar)» (Zumar: 73).

Sahih sunnatda jannat eshiklari sakkizta ekani kelgan:

عَنْ سَهْلِ بْنِ سَعْدٍ عَنِ النَّبِيِّ قَالَ: «فِي الْجَنَّةِ ثَمَانِيَةُ أَبْوَابٍ فِيهَا بَابٌ يُسَمَّى الرَّيَّانَ لَا يَدْخُلُهُ إِلَّا الصَّائِمُونَ».

Sahl ibn Sa’d roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Jannatda sakkizta eshik bor. Ularning ichida «Rayyon» deb ataladigan eshik ham bor, undan faqat ro‘zadorlar kiradi», dedilar» (Sahihi Buxoriy, 3257).

عَنْ عُبَادَةَ عَنِ النَّبِيِّ قَالَ «مَنْ شَهِدَ أَنْ لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ وَحْدَهُ لَا شَرِيكَ لَهُ وَأَنَّ مُحَمَّدًا عَبْدُهُ وَرَسُولُهُ وَأَنَّ عِيسَى عَبْدُ اللهِ وَرَسُولُهُ وَكَلِمَتُهُ أَلْقَاهَا إِلَى مَرْيَمَ وَرُوحٌ مِنْهُ وَالْجَنَّةُ حَقٌّ وَالنَّارُ حَقٌّ أَدْخَلَهُ اللهُ الْجَنَّةَ عَلَى مَا كَانَ مِنَ الْعَمَلِ».

Uboda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim «Yolg‘iz Allohdan o‘zga haq iloh yo‘q, Uning sherigi yo‘qdir, Muhammad Uning bandasi va Rasulidir. Iyso Allohning bandasi, rasuli va Maryamga ilqo qilgan «kalima»si hamda O‘zidan bo‘lgan ruhdir. Jannat haq, do‘zax ham haq», deb guvohlik bersa, qilgan amalining nimaligiga qarab, Alloh uni jannatga kiritadi», dedilar» (Sahihi Buxoriy, 3435; Sahihi Muslim, 28).

Allohning bu ummatga bo‘lgan fazlidandirki, U subhanahu va taolo Ramazon oyida jannatning barcha eshiklarini ochadi, faqat bittasini emas. Kim jannatda «Ridvon eshigi» deb ataladigan eshik bor desa, unga dalil keltirish vojibdir.

سَمِعَ أَبَا هُرَيْرَةَ يَقُولُ: قَالَ رَسُولُ اللهِ : «إِذَا دَخَلَ رَمَضَانُ فُتِّحَتْ أَبْوَابُ الْجَنَّةِ وَغُلِّقَتْ أَبْوَابُ جَهَنَّمَ وَسُلْسِلَتِ الشَّيَاطِينُ».

Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ramazon kirganda jannat eshiklari ochiladi, jahannam eshiklari yopiladi va shaytonlar zanjirband qilinadi», dedilar» (Sahihi Buxoriy, 3277; Sahihi Muslim, 1079).

Allohdan bizni nayim jannatlariga kiruvchilardan qilishini so‘raymiz. Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafoga Allohning salot-u salomlari bo‘lsin.

Alloh bilguvchiroqdir.

Manba: Shayx Muhammad Solih al-Munajjid.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Ro‘za fidyasi beriladigan miskin kim?

    Alloh taolo Baqara surasida roʻza tutishga qodir boʻlmagan kishilar: «…bir miskin-bechoraning bir kunlik taomi miqdorida evaz to‘lashlari lozim», deydi. Bu miskinning balog‘atga yetishi va mukallaf (shar’iy majburiyatlar yuklangan) bo‘lishi shart qilinadimi? Agar inson o‘ttizta miskinni taomlantirmoqchi bo‘lsa, miskinning farzandlari va qaramog‘idagilar ham shunga kiradimi? Taom o‘rniga pul bersa kifoya qiladimi? Taomlantirish qanday o‘lchovda hisoblanadi?
  • Shavvolning olti kunlik ro‘zasini tutib, ro‘zani yana davom ettirish

    Shavvolning olti kunlik ro‘zasini tugatib, ro‘zani davom ettirishning hukmini bilmoqchiman. Zimmamdagi ro‘zaning qazosini tutdim, so‘ngra Shavvolning olti kunlik ro‘zasini tutdim. Keyin turmush oʻrtogʻim nafl sifatida ro‘zani davom ettirishimizni taklif qildi. Buning shariatdagi hukmi qanday?Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.
  • Qasam kafforati uchun shavvol oyining olti kunida ro‘za tutish

    Allohga qasam ichish borasida savolim bor. Men Allohga falon joyga bormaslikka qasam ichdim, lekin bir haftadan keyin o‘sha joyga bordim va Shavvolning olti kunida uch kun ro‘za tutishga qaror qildim, bu qasam uchun kafforat hisoblanadimi? Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.
  • Shavvolning olti kunlik ro‘zasini zulqa’dada tutish hukmi

    Agar kishi shavvolning olti kunlik ro‘zasini zulqa’da oyida tutsa, hadisda zikr qilingan xos ajrga erishadimi?
  • Shavvolning ro‘zasini dushanba va payshanba kunlari tutish

    Dushanba va payshanba kunlari ro‘zasining savobiga erishish uchun Shavvol oyining olti kunlik ro‘zasini dushanba va payshanba kunlari tutishim joizmi?
  • Shavvolning olti kunini zulqa’dada qazo qilish joizmi?

    Bir ayol Shavvol oyining olti kunidan to‘rttasini tutdi, so‘ngra Shavvolning oxirida hayz ko‘rdi va olti kunni tugata olmadi. Qolgan ikki kunini Shavvoldan keyin tutib, olti kunga yetkazib qoʻysa boʻladimi?