Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Itni uni so‘yib yeydigan kishiga berish hukmi
Fatvo: 1101

O'qildi: 524

27.07.2025

/ 2 Safar 1447

Fatvo mavzusi: » » » » »

Itni uni so‘yib yeydigan kishiga berish hukmi

Savol

Bir musulmon kishi qo‘riqlash uchun it boqib oldi, lekin undan qutulmoqchi bo‘lganda, it go‘shtini iste’mol qiluvchi odamlarga berib yubordi. Bu odam to‘g‘ri ish qildimi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Itlarni yeyish ham, ularni yeydigan odamlarga berish ham joiz emas, chunki ularni yeyish harom va ularni yeyishga yordam berish ham haromdir. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar:

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ : عَنِ النَّبِيِّ قَالَ: «كُلُّ ذِي نَابٍ مِنَ السِّبَاعِ فَأَكْلُهُ حَرَامٌ».

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi va sallam: «Qoziq tishli har qanday yirtqichni yeyish haromdir», dedilar» (Sahihi Muslim, 1933).

Ayni shu bobdagi boshqa hadisda:

عَنْ أَبِي ثَعْلَبَةَ الْخُشَنِيِّ : أَنَّ رَسُولَ اللهِ «نَهَى عَنْ أَكْلِ كُلِّ ذِي نَابٍ مِنَ السِّبَاعِ».

Abu Sa’laba roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi va sallam har qanday qoziq tishli yirtqich (hayvonning go‘shti)ni yeyishdan qaytardilar» (Sahihi Muslim, 1932)

Itlar qoziq tishli yirtqich hayvonlar turiga kiradi. Tanishingiz qilgan ishi uchun Allohga tavba qilishi lozim.

Zero, Alloh Mag‘firatli va Rahmli Zotdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Haj sifati

    Haj ibodati haqida batafsilroq ma’lumot bera olasizmi?
  • Azonni ohangga solish va notoʻgʻri cho‘zish

    Azonni qo‘shiq qilib aytish va cho‘ziladigan harflarni cho‘zishning shar’iy hukmi nima? Qo‘shiqning haromligi haqidagi hadis unga (azonga) pul olishni ham o‘z ichiga oladimi? Azonni qo‘shiq qilib aytish harommi yoki yo‘qmi?
  • Qabrlardan madad so‘rovchining janozasida qatnashish

    Hayotlik davrida qabrlardan madad so‘raydigan kishi vafot etsa uning janozasida qatnashishning hukmi nima?
  • Elektron o‘yinlarini oʻynash hukmi

    Sony Playstation, Nintendo va boshqa kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan keng tarqalgan va turli-tuman elektron o‘yinlarni o‘ynash yoki bolalarga o‘ynashga ruxsat berishning shar’iy hukmi qanday?
  • Balog‘atga yetgan erkak kishi onasi bilan bir to‘shakda uxlashi joizmi?!

    Men 19 yoshdaman va balogʻat yoshidan oʻtdim. Kechasi onam bilan bir to‘shakda yotishim joizmi?
  • Ashuro kunini aniqlash

    Bu yil Ashuro roʻzasini qanday tutamiz? Yangi oy qachon kirishi va Zulhijja oyining yigirma toʻqqiz yoki oʻttiz kunligi hali nomaʼlum. Ashuroni qanday aniqlash va roʻza tutish kerak?