O'qildi: 24
25.10.2026
/ 14 Jumadal-ula 1448
Fatvo mavzusi: Kiyim-kechak, taqinchoqlar va rasmlar
Savol
Mahsulotlariga o‘z logotipini qo‘yadigan, unda hayvon surati bo‘lgan shirkatlarning kiyimlari va mahsulotlaridan foydalanishning hukmi nima? Agar suratda faqat hayvonning boshi bo‘lsa, hukm o‘zgaradimi? Agar hayvon tanasining aytim qismlari bo‘lmay, balki faqat uning shaklining umumiy ko‘rinishi bo‘lsa, hukm o‘zgaradimi?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Birinchidan:
Ustida tirik jonzotning [ruhi bor, inson yoki hayvon] yaqqol surati bo‘lgan kiyimlarni sotib olish yoki ishlatish joiz emas. Chunki bunda suratlarni ulug‘lash bor, bu esa ularni xorlash va yo‘q qilish haqidagi shar’iy maqsadga ziddir.
Fazilatli shayx Abdulaziz ibn Boz rahimahullohga quyidagi savol berildi: «Ushbu ko‘rsatuvda odam yoki hayvonlarning surati tushirilgan kiyimlarni kiyish taqiqlanganini (harom ekanini) eshitdim. Bu taqiq bolalar kiyimiga ham tegishlimi? Agar javobingiz ijobiy bo‘lsa, menda odamlar va hayvonlar tasvirlangan ko‘plab bolalar kiyimlari bor, ularni yoʻqotishim kerakmi? Ularni faqir va muhtojlarga ehson qilib berib yuborish joizmi yoki yo‘qmi? Alloh taolo ilmingiz bilan bizlarni manfaatlantirsin va sizga yaxshilik ato etsin».
U kishi quyidagicha javob berdilar: «Inson, sher, bo‘ri, it, mushuk yoki boshqa hayvon suratlari bo‘lgan kiyimlarni kiyish joiz emas, na erkakka, na ayolga, na yosh bolaga va na katta kishilarga. Chunki bunday rasmlarning kiyimlarda bo‘lishi ularni bir nav ulug‘lashdir. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam suratlardan qaytarganlar va suratkashlarni la’natlaganlar. U zot sollallohu alayhi va sallam aytganlar:
Abul Hayyoj al-Asadiydan rivoyat qilinadi, u kishi dedilar: Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar:… Birorta timsolni qo‘ymay yo‘qotib tashlaysan, biror surat qo‘ymay o‘chirib tashlaysan» (Sahihi Muslim, 969).
Yana boshqa hadisda kelishicha:
Abu Talha roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «It va surat bor uyga Farishtalar kirmaydi», dedilar» (Sahihi Buxoriy, 3053; Sahihi Muslim, 2106).
Biroq, agar surat oyoq ostida, masalan, gilam yoki yostiqda bo‘lsa, buning zarari yo‘q. Ustidan yuriladigan gilam, yostiq yoxud ustiga o‘tiriladigan divan kabi narsalarda bunday rasmlar e’zozlanmagan holda tursa, farishtalarning kirishiga monelik qilmaydi. Lekin bu hukm kiyim-kechakka taalluqli emas. Shunday bo‘lsa-da, bunday kiyimni yostiq yoki to‘shamaga aylantirib, unga e’tibor berilmaydigan bo‘lsa, zarari bo‘lmaydi. Shuningdek, kiyimdagi surat ustiga uni yashiradigan biror narsa qo‘yilsa, masalan, uni berkitib, ko‘rinmaydigan yamoq tikilsa ham zarari yo‘q.
Manba: http://www.binbaz.org.sa/mat/10797
Ikkinchidan:
Agar suratda faqat bosh aks etgan bo‘lsa, bu o‘ylab va mulohaza qilib ko‘radigan masaladir. Zohiran shuki, yolg‘iz boshning hukmi to‘liq suratning hukmidan farq qilmaydi. Chunki surat deb e’tibor qilinishida va uning hukmiga qarashda asosiy mezon — boshning bor-yo‘qligidir. Bas, agar bosh mavjud bo‘lsa, garchi u tananing qolgan qismidan ajralgan bo‘lsa ham, unga surat hukmi beriladi.
Ayniqsa, bosh katta, yaqqol ko‘rinib turgan va unda yuz tuzilishi aniq namoyon bo‘lgan bo‘lsa, ya’ni faqatgina tikilib qaralgandagina ko‘rinadigan darajada kichik va mayda bo‘lmasa, hukm shundaydir.
Ammo agar faqat tananing o‘zi, boshsiz bo‘lsa, buning e’tibori yoʻq va u harom surat hisoblanmaydi.
Batafsil ma’lumot uchun 175560 va 4160-raqamli savollarning javoblariga murojaat qiling.
Uchinchidan:
Endi, faqat tananing shakli bo‘lib, yuz qiyofalari ko‘rinmaydigan suratlarga kelsak: zohir bo‘lgani shuki, qiyofalari to‘liq bo‘lmagan va burun hamda ko‘zlari bo‘lmagan suratlar harom suratlar qatoriga kirmaydi hamda ularning egalari ham va’id (tahdid qilingan azob) ostiga kirmaydilar. Chunki bunday tasvirlarga shariat nazarda tutgan «surat» degan ta’rif to‘g‘ri kelmaydi va ushbu suratlarda Allohning yaratganlariga taqlid qilish yo‘qdir..
Batafsil ma’lumot uchun 87720 va 72915-raqamli savollarning javoblariga murojaat qiling.
Allohu a’lam.
Bu javob foydali bo’ldimi?