Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar

Namoz


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Haj va umra masalalari » Haj va umra ahkomlari » Qizlarning mahramsiz umra qilishi joizmi?
Fatvo: 105440

O'qildi: 26

25.10.2026

/ 14 Jumadal-ula 1448

Fatvo mavzusi:

Qizlarning mahramsiz umra qilishi joizmi?

Savol

Akamning o‘g‘illari bilan umraga bormoqchiman, qizlarim ham men bilan. Qizlarimning umraga borishlari joizmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Akangizning o‘g‘illari bilan umraga borishingiz joiz, chunki ular sizga mahramdir.

Qizlaringizga kelsak, agar ular balog‘atga yetgan bo‘lsalar, ularning mahramsiz safar qilishlari joiz emas.

عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا: أَنَّهُ سَمِعَ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: «لَا يَخْلُوَنَّ رَجُلٌ بِامْرَأَةٍ وَلَا تُسَافِرَنَّ امْرَأَةٌ إِلَّا وَمَعَهَا مَحْرَمٌ فَقَامَ رَجُلٌ فَقَالَ: يَا رَسُولَ اللهِ اكْتُتِبْتُ فِي غَزْوَةِ كَذَا وَكَذَا وَخَرَجَتِ امْرَأَتِي حَاجَّةً قَالَ: اذْهَبْ فَحُجَّ مَعَ امْرَأَتِكَ»

Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «U kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamning «Er kishi ayol kishi bilan zinhor xoli qolmasin! Mahrami birga bo‘lmasa, ayol kishi zinhor safar qilmasin!» deyayotganlarini eshitibdi. Shunda bir kishi turib: «Ey Allohning Rasuli, men falon-falon g‘azotga yozilgan edim, ayolim esa haj qilib yo‘lga chiqqan», debdi. U zot: «Bor, ayoling bilan haj qil», debdilar» (Sahihi Buxoriy, 3006; Sahihi Muslim, 1341).

Bu masalada (ayol kishining mahramsiz safar qilishi masalasida) haj, umra yoki boshqa maqsadda safar qilishi o‘rtasida hech qanday ayirma yo‘q, haj boʻlsin, umra boʻlsin yoki boshqa safar boʻlsin, bularning barchasi uchun mahram bo‘lishi shart. Bunga hadislarning umumiyligi hamda ushbu hadisda ayolning hajga chiqqani, shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam uning eriga jihodni qoldirib, xotini bilan birga hajga borishini buyurganlari dalil bo‘ladi. Agar ayol mahram topmasa, unga umra ham, haj ham vojib bo‘lmaydi.

Agar mahramsiz umraga yo hajga yoki boshqa safarga borsa, ushbu ishi uchun gunohkor bo‘ladi.

Qo‘shimcha malumot uchun 25841-fatvoga murojaat qiling.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Musulmonning ruhiyati va hayotiga hajning ta’siri

    Haj ibodati musulmon kishining nafsi va hayotiga qanday ta’sir etadi?
  • Shaʼbonda umraga ehrom bogʻlab, uni ramazonda ado etsa, ramazondagi umraning ajri beriladimi?

    Shaʼbon oyining soʻnggi kuni shom azoni aytilishidan oldin bir kishi umra uchun ehromga kirdi. Shom namozidan keyin esa Ramazon oyi boshlanganini eʼlon qilishdi. Bu kishining umrasi Ramazon umrasi hisoblanadimi yoki yoʻqmi? Vaziyat quyidagicha: u quyosh botishidan avval niyat qilib ehromga kirgan va Ramazon kechasida umrani ado etgan.
  • Birovning nomidan haj qilish hukmi

    Kasalligi yoki vafot etganligi sababli haj amallarini bajara olmayotgan kishi nomidan haj qilishni niyat qilgan shaxsning vazifasi nimadan iborat? Bunday shaxs «Tamattu’» yoki «Ifrod» kabi haj turlaridan birini tanlashi shartmi?
  • Bemorning hajga borishi

    Men yaponiyalik erkakman, ammo musulmon emasman. Yaqinda Islomni qabul qilgan va hajga bormoqchi bo‘lgan do‘stim bor. Uning bir oyog‘ida jiddiy jarohat bor va faqat qo‘ltiqtayoq bilan yura oladi. U hajga borishi kerakmi?
  • KA’BANI TAVOF QILISHNING MOHIYATI VA MAQSADI

    Ka’bai Muazzamani tavof qilishning mohiyati va maqsadini bilmoqchi edim. Nima uchun tavof paytida Ka’ba ziyoratchining chap tomonida bo‘lishi lozim? Tavof faqat Makkada bo‘ladimi yoki u kundalik ibodat hammi? Siz taqdim etadigan har bir ma’lumot uchun benihoya minnatdorman.