Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Odob-axloq va maʼnaviyat » Odob » Amir (rahbar) tayinlash
Fatvo: 1094

O'qildi: 222

27.07.2025

/ 2 Safar 1447

Fatvo mavzusi: » »

Amir (rahbar) tayinlash

Savol

Safarga chiqmaganda, masalan, bir guruh yosh yigitlar bitta xonadonda yashayotganda yoki shahar ichida yoxud boshqa joyda o‘tkaziladigan lagerdagi holatda kimnidir amir (boshliq, rahbar) etib tayinlashning hukmi qanday?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Amir tayinlash haqidagi rivoyatlar asosan odamlar safarga chiqqan paytga tegishli, chunki safar paytida ular o‘z rahbarlari yoki amirlariga murojaat qiladigan maslahatga muhtoj bo‘lishadi. Ammo odamlar safarda bo‘lmaganda, odatda har kim o‘z ishi bilan band bo‘ladi va ularga amir kerak bo‘lmaydi.

Biroq ular o‘z jamoasiga boshliq tayinlashlari mumkin. Masalan, ular bitta xonadonda yashayotgan bo‘lsa, «Bu xonadondagi ishlarimizni tartibga solish uchun kimdir kerak, shuning uchun falon kishini o‘zimizga boshliq yoki amir qilib tayinlaymiz» deyishlari joiz. Keyin ular u bilan uy xo‘jaligini yuritish masalalarini, jumladan qanday ovqat tayyorlash, dam olish vaqtlarini belgilash, nimalarni sotib olish kerakligi kabi narsalarni muhokama qilishlari va uning aytganlariga rozi bo‘lishlari mumkin. Bu to‘g‘ri yo‘l, inshaalloh.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

1

O’xshash fatvolar

  • Harom bilan lazzatlanish kafforati

    Menda jiddiy savol bor. Men ikki yil oldin Islomni qabul qildim. Jinsiy istaklarimni boshqarishda katta qiyinchiliklarga duch kelmoqdaman. Islomni qabul qilishimdan oldin men hech qachon jinsiy aloqada bo‘lmaganman. Ammo yaqinda harom ishlarni qila boshladim. Masalan, men uchta holatda fohishalarga mening bilan og‘iz orqali (akromakumulloh) jinsiy aloqa qilishlari uchun pul to‘ladim va bu qilgan ishimning barchasi edi, ya’ni men hech qanday ayol bilan oddiy jinsiy aloqada bo‘lmadim. Bu zino hisoblanadimi? Men zinokor hisoblanamanmi? Men hali ham musulmonmanmi? Bu amaldan tiyilish uchun nima qila olaman?
  • Nomahramlar bilan qo‘l berib salomlashish

    Erkak kishiga nomahram ayol bilan qo‘l berib salomlashish harommi?
  • Rostgo‘ylikning ahamiyati

    Islom dinida shaxsiy va ishdagi munosabatlarda rostgo‘ylikning ahamiyati qanday? Yolg‘on gapirish joiz boʻlgan holatlar bormi?
  • Qizlarga «Hisso» deb ism qo‘yish

    Agar «Hisso» ismi aslida shaxs ismi bo‘lsa va to‘g‘ri ma’noda bo‘lsa, men farzandimga bu ismni qo‘yishim joizmi?
  • Namozdan keyingi va uyqudan oldingi zikrlar

    Savolim farz namozlaridan keyingi zikrlar haqida. Men «Allohu akbar», «Alhamdulillah» va «Subhanalloh» zikrlarining har birini 33 martadan aytish haqidagi hadisni o‘qidim. Biroq, menga har bir farz namozidan so‘ng har bir zikrni 10 martadan, jami 30 marta o‘qilishi aytildi. Bu ikki so‘zning qaysi biri to‘g‘riroq? Shuningdek, inson uyqudan oldin bu zikrni aytishi, lekin «Allohu akbar»ni 34 martaga yetkazib, jami yuzta bo‘lishi kerakligi aytildi. Bu amal uchun qanday savob beriladi?So‘nggi savolim, zikrni o‘ng qo‘l barmoqlari bilan sanashning to‘g‘ri usuli qanday? U bosh barmoqdan boshlanib, yuqoridan pastga va chapdan o‘ngga qarab boradimi? Qaysi bo‘g‘inlar sanaladi? Katta rahmat, Alloh sizga yaxshilik ato etsin.
  • Qarindoshlarni ziyorat qilish

    Bir kishi qarindoshlarini ziyorat qilishga odatlangan. Ammo qarindoshlari uylarida ba’zi gunoh ishlar — masalan, sun’iy yo‘ldosh antennasi yordamida gunohga boshlovchi narsalarni tomosha qilishadi. Ular bu ishning harom ekanligini ham bilishadi. Shunday holda, qarindoshlar bilan aloqani uzish lozim boʻladimi yoki ularni ziyorat qilishda davom etish kerakmi?