Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Odob-axloq va maʼnaviyat » Xatni «vassalom» deb tugatish
Fatvo: 2291

O'qildi: 19

16.12.2025

/ 25 Jumadal-oxira 1447

Fatvo mavzusi:

Xatni «vassalom» deb tugatish

Savol

Xatni «vassalom» iborasi bilan tugatish to‘g‘rimi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Arablarda xatni «vassalom» so‘zi bilan tugatishning hech qanday zarari yo‘q. (Ammo o‘zbek tilida «vassalom», iborasi boshqa ma’noda, gap tamom, boshqa gap bo‘lishi mumkin emas, shuning o‘zi kifoya; bo‘ldi, tamom, degan ma’nolarda ishlatiladi. Arab tilida qo‘llaniladigan «vassalom» esa «so‘zimning so‘ngida sizga salomatlik tilayman yoki va yana bir bor assalomu alaykum varahmatulloh», degan ma’noni anglatadi. Shuning uchun arabcha xat yozhanda: «Va yana bir bor assalomu alaykum varahmatulloh iborasini to‘liq keltirish shart emas, chunki yozuvda qisqartirilgan bo‘lsa-da, yozuvchining maqsadi «vassalom» deyish orqali «va yana bir bor assalomu alaykum varahmatulloh» deb aytmoqchi ekani ma’lum – tarj.).

Lekin yuboruvchi o‘z xatining xotimasida «vassalamu alayka» yoki «vassalamu alaykum» desa, bu afzalroqdir.

Umar roziyallohu anhu qozi Shurayhga yo‘llagan maktubini «vassalamu alayka» deb yakunlaganlar (Sunan an-Nasoiy, 5304). Shuningdek, Umar ibn Abdulaziz ham o‘z amaldorlaridan biriga yozgan xatini shunday tugatgan (Muvatto: Jihod kitobi).

Ibn Kasir «Al-Bidoya van-Nihoya» kitobida Ibn Asokirdan naql qilishicha, Ziyod ibn Abu Sufyon Said ibn Osga hadyalar, mollar va xat yuborgan. Xatda u Saidning qiziga sovchi qo‘yganini aytgan. Hadyalar, mollar va xat yetib kelgach, Said xatni o‘qib, hadyalarni majlisdagilarga tarqatgan, so‘ng unga quyidagi mazmunda go‘zal bir maktub yozgan: «Bismillahir rohmanir rohim! Alloh taolo aytadi:

﴿كـَلَّآ إِنَّ ٱلۡإِنسَٰنَ لَيَطۡغَىٰٓ۝٦أَن رَّءَاهُ ٱسۡتَغۡنَىٰٓ۝٧﴾

«Darhaqiqat, inson albatta tug‘yonga tushar — haddidan oshar. O‘zini boy-behojat ko‘rgach, (albatta tug‘yonga tushar). Yo‘q! Albatta inson tug‘yon qiladi. O‘zini behojat ko‘rib» (Alaq: 6-7). Vassalom».

Shuni bilingki, xat yuboruvchi xatni qabul qiluvchiga maktubning boshida to‘liq, tushunarli ibora bilan salom berishi kerak. Bu Payg‘ambar sallallohu alayhi vasallam davrlarida musulmonlar amal qilgan va hozirgacha davom etib kelayotgan odatdir.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Tumor bilan hojatxonaga kirish

    Xotinimda Qur’on oyatlari yozilgan tumor bor. U buni taqib hojatxonaga kirishi joizmi?
  • Ayolning oshig‘i uni dinni qabul qilishdan to’sdi

    Bir g‘ayridin ayol g‘ayridin erkak bilan munosabatda bo‘lgan. U yigitining unga yaxshi munosabatda bo‘lmayotgani uchun uni tark etib, musulmon erkak bilan munosabatda bo’lishga qaror qildi. U musulmon erkakka, ya’ni menga turmushga chiqmoqchi ekanini bildirdi. Ayolning g‘ayridin yigitni endi sevmasligi va u bilan qolishni istamasligi haqidagi gapiga asoslanib, men uni qabul qilishga rozi bo‘ldim. Chunki ayol sobiq yigiti bilan zino qilganiga qaramay, Islomni qabul qilishga ahd qilgan edi. Zero, Alloh taolo insonning Islomga kirgunicha qilgan barcha gunohlarini kechiradi. Shundan so‘ng, ayolning sobiq yigiti uning men bilan turmush qurishini bilgach, uni ketmaslikka ko‘ndirdi va ayol fikrini o‘zgartirdi. Shundan soʻng, men butunlay tushkunlikka tushib qoldim. Chunki men uni qanday bo‘lsa shundayligicha qabul qilishga tayyor edim, u Islomni qabul qilmoqchi edi, ammo keyin va’dasidan qaytdi. Bu masalaga qanday yondashishim kerak? Bundan tashqari, uning yigiti boshqa qizlar bilan vaqt o‘tkazayotganini sezganimda (ular bilan jinsiy aloqada bo‘lganiga ishonchim komil emas), garchi menda hech qanday dalil bo‘lmasa-da, qizni yana unga qaytishga qaror qilganidan afsuslandim va uni toʻgʻrilashga harakat qildim. Bu holat meni ruhiy jihatdan qiynadi. Qizni bu dunyoda baxtli hayot kechirsa-da, oxirat azobi haqida ogohlantirib, uni bu yoʻldan qaytarishim toʻgʻrimi? Alloh sizga rahm qilsin va sizga bu dunyoda hamda oxiratda baraka bersin
  • Istixora namozi haqida

    Istixora namozi qanday o‘qiladi va unda qanday duo aytiladi?
  • Tahorat paytidagi zikrlar

    Tahorat olayotganda nimalar qilish mustahab hisoblanadi? Tahoratdan so‘ng nima deyiladi?
  • Ayollar erkak doktorda davolanishi joizmi?

    Erkak shifokorning muslima ayolni davolashining hukmi qanday?
  • Bomdoddan va asrdan keyin uxlash hukmi

    Bomdoddan va asrdan keyin uxlashga tegishli hukm bormi?