Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Fatvo: 947

O'qildi: 167

17.07.2025

/ 22 Muharram 1447

Fatvo mavzusi: »

Kofirlarni bayramlari bilan tabriklash hukmi

Savol

Kofirlarni bayramlari bilan tabriklashning hukmi qanday?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Kofirlarni Rojdestvo yoki boshqa diniy bayramlar bilan tabriklash ulamolarning ijmo‘si bilan harom qilingani haqida Ibn al-Qayyim rahimahulloh shunday degan: «Kufr shiorlari bilan tabriklashga kelsak, bu ulamolarning ijmo‘si bilan haromdir, masalan, ularni bayramlari va ro‘zalari bilan tabriklash, «Bayramingiz muborak boʻlsin», yoki «Sizni bu bayram bilan qutlayman» va shunga o‘xshash tabriklar aytish joiz emas. Garchi buni aytgan kishi kufrga tushmasa ham, bu harom ishlardan sanalib, xuddi uni xochga sajda qilgani bilan tabriklashga o‘xshaydi. Balki bu Alloh nazdida aroq ichish, qotillik, zino qilish va shunga o‘xshash gunohlar bilan tabriklagandan ham og‘irroq va jirkanchroqdir. Ko‘pchilik dinning qadriga yetmaydiganlar bu tuzoqqa tushib, qilayotgan ishlarining qabihligini bilmaydilar. Kim biror bandani gunoh, bid’at yoki kufr ishi bilan tabriklasa, u Allohning g‘azabi va nafratiga duchor bo‘ladi» («Ahkom ahli zimma», 1/293).

Kofirlarni diniy bayramlari bilan tabriklash Ibn Qayyim aytganidek shu darajada harom bo‘lishining sababi, bu ular amal qilayotgan kufr shiorlarini tan olishni va kufrga rozi boʻlishni anglatadi. Garchi o‘zi bunday kufrga rozi boʻlmasa, uni qabul qilmasa ham, musulmon kishiga kufr ishlarini ma’qullash va ularni tabriklash haromdir, chunki Alloh bundan rozi bo‘lmaydi. Alloh taolo aytganidek:

﴿إِنْ تَكْفُرُوا فَإِنَّ اللَّهَ غَنِيٌّ عَنْكُمْ ۖ وَلَا يَرْضَىٰ لِعِبَادِهِ الْكُفْرَ ۖ وَإِنْ تَشْكُرُوا يَرْضَهُ لَكُمْ﴾

«Agar sizlar kofir bo‘lsangiz, bas, albatta Alloh sizlardan behojatdir. (Ammo) U O‘z bandalarining kofir bo‘lishiga rozi bo‘lmas. Agar shukr qilsangiz (va iymon keltirsangiz), U zot sizlar uchun (faqat shukr qilib, iymon keltirishingizgagina) rozi bo‘lur» (Zumar: 7).

Yana Alloh taolo aytadi:

﴿الْيَوْمَ أَكْمَلْتُ لَكُمْ دِينَكُمْ وَأَتْمَمْتُ عَلَيْكُمْ نِعْمَتِي وَرَضِيتُ لَكُمُ الْإِسْلَامَ دِينًا﴾

«Bugun sizlarga diningizni komil qildim, ne’matimni benuqson, to‘kis qilib berdim va sizlar uchun (faqat) Islomni din qilib tanladim» (Moida: 3).

Shuning uchun ular xoh hamkasblaringiz bo‘lsin, xoh boshqa tanishlaringiz, ularni tabriklash haromdir.

Agar ular o‘z bayramlari munosabati bilan bizni tabriklasalar, javob qaytarmasligimiz lozim, chunki bular bizning bayramlarimiz emas, balki Alloh rozi bo‘lmaydigan bayramlardir.

Bu bayramlar ularning dinlaridagi bid’atlardir, hatto ilgari buyurilgan bo‘lsa ham, Alloh taolo Muhammad sollallohu alayhi va sallamni butun insoniyatga yuborgan Islom dini bilan bekor qilingan. Alloh taolo bu haqda shunday degan:

﴿وَمَنْ يَبْتَغِ غَيْرَ الْإِسْلَامِ دِينًا فَلَنْ يُقْبَلَ مِنْهُ وَهُوَ فِي الْآخِرَةِ مِنَ الْخَاسِرِينَ۝٨٥﴾

«Kimda-kim Islomdan o‘zga din istasa, bas (uning «dini» Alloh huzurida) hargiz qabul qilinmaydi va u Oxiratda ziyon ko‘rguvchilardandir» (Oli Imron: 85).

Musulmon kishining bu munosabat bilan ularning da’vatlariga javob berishi haromdir, chunki bu ularni tabriklashdan ham yomonroqdir, zero u o‘sha narsada ishtirok etishni o‘z ichiga oladi.

Shuningdek, musulmonlarga bunday kunlarda ziyofatlar uyushtirish, sovg‘alar almashish, shirinliklar yoki taom tarqatish, ishdan ta’til olish va shu kabi ishlar orqali oʻzini g‘ayridinlarga o‘xshatish haromdir. Chunki Nabiy sollallohu alayhi va sallam aytganlar:

عَنِ ابْنِ عُمَرَ، قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «مَنْ تَشَبَّهَ بِقَوْمٍ فَهُوَ مِنْهُمْ»

Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kim o‘zini bir qavmga o‘xshatsa, u o‘shalardandir», dedilar» (Abu Dovud, 4031; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Irvoul gʻalil», 1269).

Shayxul islom Ibn Taymiya «Iqtizous sirotul mustaqiym» kitobida shunday degan: «Ularning ba’zi bayramlarida taqlid qilish ularning botil e’tiqodlari tufayli qalblariga quvonch bag‘ishlaydi va bu ularni fursatdan foydalanishga hamda zaiflarni ezishga undashi mumkin».

Kim bu ishlardan birortasini xoh mulozamat, odob yuzasidan, xoh do‘stlik uchun, xoh uyalganidan yoki boshqa sababdan qilsa ham, gunohkor bo‘ladi. Chunki bu Allohning dinida tilyog‘lamalik qilish va kofirlarni quvvatiga quvvat qoʻshish hamda ularni o‘z dinlari bilan faxrlanishga undash sabablaridandir.

Allohdan musulmonlarni oʻz dinlari bilan aziz qilishini, ularni dinda sobit qilishini va dushmanlariga qarshi nusrat berishini so‘raymiz. Albatta, U Aziz va Ulug‘ zotdir.

Shayx Ibn Usaymin fatvolari va risolalari to‘plami 3/369.

Alloh biluvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Vegeterian boʻlish joizmi?

    Men vegetarianman, ya’ni men go‘sht yoki hayvon mahsulotlarini yemayman. Islom dini menga yoqdi. Hayvon mahsulotlarini yemasdan turib, bu dinga kirish mumkinmi?
  • Tovus patlari bilan xonani bezash

    Tovus patidan foydalanishning hukmi nima va tovus patidan bezak sifatida foydalanilgan xonada namoz o‘qishning hukmi qanday?
  • Ayollar uchun ko‘rsatkich barmoq va bosh barmoqqa uzuk taqishning hukmi

    Agar ayol ko‘rsatkich barmog‘iga yoki bosh barmog‘iga uzuk taqsa, bu kofirlarga o‘xshashlik hisoblanadi, deyiladi. Iltimos, bizga bu masalani tushuntirib bering.
  • Futbol va konsert chiptalari oldi sotdisi hukmi

    Men chiptalarni sotib olgandan soʻng ularni qayta sotish va bundan foyda olish joizmi, deb soʻramoqchi edim. Men chiptalarni sotuvdagi narxida sotib olib, keyin ularning qiymati oshganda bozor narxida sotib, foyda koʻraman. Bu, ayniqsa, sport sohasida, oʻyinlar va konsertlarni tashkil etish sohasida keng tarqalgan. Lekin yaqinda bu pullar sharʼan harom ekanligi haqida oʻylay boshladim. Bu haqda batafsil tushuntirish bera olasizmi?
  • Davolanish hukmi

    Agar bemor kasallikning so‘nggi bosqichida bo‘lsa va davolash samarasiz bo‘lganda (oz umid bilan), bemor davolanishni tark qilsa boʻladimi? Chunki davolashning nojo‘ya ta’sirlari boʻlib, bemor azoblanishni xohlamaydi. Umuman olganda, musulmon kishi davolanishi shartmi yoki bu ixtiyoriy ishmi?
  • Ichki kiyim kiyish bid’atmi?

    Do‘stim menga zamonaviy ichki kiyimlar kiyish sunnatdan emasligini aytdi, bu to‘g‘rimi?