Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Urf-odatlar » Taomlar » So‘yilmagan hayvonlarning shirdonidan tayyorlangan pishloqlar
Fatvo: 2841

O'qildi: 86

10.06.2026

/ 24 Zulhijja 1447

Fatvo mavzusi:

So‘yilmagan hayvonlarning shirdonidan tayyorlangan pishloqlar

Savol

Agar pishloqlar shar’iy yo‘l bilan so‘yilmagan harom go‘shtlardan olingan fermentlardan tayyorlangan bo‘lsa, masalan, hayvonlar ichidagi faol fermentlardan tayyorlansa halol bo‘ladimi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Savolga javob berishdan oldin, «shirdon» nima ekanini bilib olish kerak.

Shirdon izohli lugʻatida: «kavsh qaytaruvchi hayvonlar meʼdasining bir boʻlimi», deya ta’riflangan. Chaynalgan ovqat yutilganda, oshqozonning toʻrtinchi boʻlimiga — shirdonga oʻtadi. Feruzobodiy aytadi: «Shirdon» – emizikli uloqchaning qornidan chiqariladigan sariq narsa» («Qomus al-Muhit», 313-bet).

Uning fiqhiy ensiklopediyadagi ta’rifi quyidagicha: «Bu — emizikli uloqcha yoki qo‘zichoqning oshqozonidan olinadigan teri xaltachadagi oqish-sariq modda. Agar uning ozginasi sutga qo‘shilsa, sut ivib, pishloqqa aylanadi. Ba’zi mamlakatlarda buni «majbana» deb atashadi. Hayvon o‘t yeyishni boshlagan bo‘lsa, uning shirdon terisi «kirsh» deb nomlanadi» («Mavsu’a al-Fiqhiyya», 5/155).

Shirdonning shar’iy hukmiga kelsak, agar shirdon shar’iy yo‘l bilan so‘yilgan hayvondan olingan bo‘lsa, u barcha toʻrttala mazhabga koʻra: hanafiylar, molikiylar, shofe’iylar va hanbaliylar nazdida pok va yeyishga yaroqlidir.

Agar shirdon o‘limtikdan yoki shar’iy yo‘l bilan so‘yilmagan hayvondan olingan bo‘lsa, jumhur ulamolar, ya’ni molikiylar, shofe’iylar va hanbaliylarning zohir rivoyatiga ko‘ra, u najas va yeyishga yaroqsizdir. Ular bunga quyidagi dalillarni keltirganlar:

A) Alloh taoloning ushbu so‘zi:

﴿حُرِّمَتْ عَلَيْكُمُ الْمَيْتَةُ﴾

«Sizlarga o‘laksa harom qilindi» (Moyida: 3).

Ularning fikricha, shirdon hayvonning o‘limi sababli nopok bo‘ladi va bu nopoklikni undan ketkazib bo‘lmaydi.

Imom Navaviy aytadi: «Ummat pishloqqa nopok narsa aralashtirilmagan bo‘lsa, uni iste’mol qilish joizligiga ittifoq qilgan. Masalan, shar’iy yo‘l bilan so‘yilmagani uchun halol hisoblanmagan manbadan olingan shirdon qo‘shilmagan bo‘lsa. Bu ijmo uning joizligiga dalildir», iqtibos tugadi («Majmu’», 9/68).

Ikkinchi qavl esa Abu Hanifa rahimahullohning qavli bo‘lib, u Imom Ahmaddan qilingan ikki rivoyatdan biriga ham muvofiqdir. Bu qavlga ko‘ra, o‘limtikning yoki shar’iy bo‘lmagan yo‘l bilan so‘yilgan hayvonning shirdoni pokdir.

Bu qavlni Shayxulislom Ibn Taymiya rojih (quvvatliroq) deb bilgan va: «Zohirroq qavlga ko‘ra, ularning (ya’ni majusiylarning) pishlog‘i haloldir hamda o‘limtikning shirdoni va suti pokdir», deb aytgan. («Majmu’ al-Fatovo», 21/102).

U kishi yana shunday deydi: «Ularning (ya’ni botiniylarning ba’zi kofir toifalarining) shirdondan tayyorlagan pishloqlariga kelsak, bu borada ulamolarning ikki mashhur qavli bor, xuddi o‘limtikning shirdoni, majusiylarning so‘ygan hayvonining shirdoni va hayvonlarni shariatga muvofiq so‘ymaydi deyiladigan yevropaliklarning mahsuloti kabi. Abu Hanifa rahimahulloh va Imom Ahmad rahimahullohning ikki rivoyatidan biriga ko‘ra, bu pishloq haloldir, chunki bu qavlga ko‘ra o‘limtikning shirdoni pokdir. Chunki shirdon hayvonning o‘limi bilan o‘lmaydi va ichki qismdagi najas idishga tegishi uni najas qilmaydi. Imom Molik, Imom Shofe’iy va Imom Ahmadning boshqa rivoyatiga ko‘ra, bu pishloq najasdir, chunki ularning nazdida o‘limtikning suti va shirdoni najasdir. Go‘shtini yeyish harom qilingan kishi tomonidan so‘yilgan hayvonning go‘shti o‘limtik kabidir. Ikkala qavl sohiblari ham sahobalardan naql qilingan asarlarni hujjat qiladilar. Birinchi qavl sohiblari (ya’ni ularni yeyish joiz degan ulamolar) «kofir sanaluvchi zardushtiy, oʻtparast majusiylarning pishlog‘idan sahobalar yeganliklarini naql qilganlar. Ikkinchi qavl sohiblari esa sahobalarning faqatgina ahlikitob nasroniylarning pishlog‘i, deb sanalgan narsalarinigina yeganliklarini naql qilganlar. Bu ijtihodiy masaladir, muqallid ikki qavldan biri bilan fatvo beruvchiga taqlid qilishi (ya’ni, bu masalada har kim oʻz mazhabi yoki muftiysining mazhabiga ergashishi) mumkin», iqtibos tugadi («Majmu’ al-Fatovo», 35/154).

Alloh bilguvchiroqdir.

Manba: Shayx Muhammad Solih al-Munajjid.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Vegeterian boʻlish joizmi?

    Men vegetarianman, ya’ni men go‘sht yoki hayvon mahsulotlarini yemayman. Islom dini menga yoqdi. Hayvon mahsulotlarini yemasdan turib, bu dinga kirish mumkinmi?
  • Baliq ko‘zidan yeyishning hukmi

    Biz musulmonlar baliqning ko‘zini yeyishimiz joizmi? Men bir do‘stim bilan restoranda ovqatlanayotganimda baliqning boshini yeyishdan rohatlanayotgan edim. Ko‘zini yeganimda u menga: «Islomda baliq ko‘zini yeyish harom», dedi. Bu to‘g‘rimi?
  • Yer ostida o‘sadigan sabzavotlarning hukmi

    Men huzurida dars olayotgan ayol aytgan gaplarning qanchalik to‘g‘riligini tushuntirib berishingizni so‘rayman. U yer ostida o‘sadigan sabzavotlar makruh ekanligini va bir idishda bir necha narsalarni pishirish harom ekanligini aytdi. Biz odatda yer ostida o‘sadigan 5 yoki 6 turdagi sabzavotlardan iborat taomlar tayyorlashga o‘rganganmiz va bularning barchasi bitta idishda pishiriladi. Uning aytganlari to‘g‘rimi yoki u yanglishyaptimi?
  • Xom go‘sht yeyish hukmi

    Mening savolim shuki, ba’zi jamiyatlarda xom go‘sht yeyishga ishqiboz odamlar bor. Islomning bu masaladagi hukmi qanday? Ya’ni, bu joizmi yoki yo‘qmi?
  • Yeyilishi mumkin bo‘lmagan dengiz hayvonlari bormi

    Yeyilishi mumkin bo‘lmagan dengiz hayvonlari bormi?
  • Hayvon terisidan tayyorlangan mahsulotlar hukmi

    Hayvon terisidan foydalanish mezonlari qanday? Go‘shti iste’molga yaroqli yoki yaroqsiz, terisi oshlangan yoki oshlanmagan bo‘lishining ahamiyati bormi?