O'qildi: 41
18.06.2026
/ 3 Muharram 1448
Fatvo mavzusi: Bezaklar
Javob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Terini oqartirish amaliyotlari ikki turlidir:
Birinchisi: mukammallik va go‘zallikni ziyoda qilishni talab qilish. Bu joiz emas, chunki unda Allohning yaratganini o‘zgartirish bor va u Nabiy sollallohu alayhi vasallam la’natlagan tatuirovka (vashm)ga qo‘shiladigan turdir.
Ikkinchisi: aybni ketkazish. Masalan, qo‘lda yoki boshqa joyda qora dog‘ yoki shunga o‘xshash narsa bo‘lsa va uning o‘rnini oqartirish orqali uni ketkazishga harakat qilinsa, buning zarari yo‘q, chunki bu ayblarni ketkazish bobidandir.
Alloh bilguvchiroqdir.
Bu javob foydali bo’ldimi?