Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Urf-odatlar » Musobaqalar va oʻyinlar » Elektron o‘yinlarini oʻynash hukmi
Fatvo: 2898

O'qildi: 29

27.06.2026

/ 12 Muharram 1448

Fatvo mavzusi:

Elektron o‘yinlarini oʻynash hukmi

Savol

Sony Playstation, Nintendo va boshqa kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan keng tarqalgan va turli-tuman elektron o‘yinlarni o‘ynash yoki bolalarga o‘ynashga ruxsat berishning shar’iy hukmi qanday?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Bu o‘yinlarga nazar solgan kishi ularning aqliy mahoratlar va individual harakatlarga asoslanishini ko‘radi.

Bu o‘yinlar turli yo‘nalish va ko‘p qirralidir: ulardan ba’zilari o‘xshash holatlarda harakat qilishga o‘rgatadigan xayoliy urushlar, yoki xavf-xatarlardan qutulish uchun shay turish, dushmanlar bilan jang qilish, nishonlarni yo‘q qilish, rejalashtirish, sarguzashtlar, labirintlardan chiqish, vahshiylardan qochish, samolyot, mashina va kemalar poygasi, to‘siqlardan o‘tish va xazina izlashga asoslangan. Ulardan ba’zilari ma’lumotni rivojlantiradigan va qiziqishlarni oshiradigan o‘yinlardir, masalan, yechish va yig‘ish, bo‘laklangan rasmlarni jamlash, qurish, bo‘yash, soyalash va yoritish o‘yinlari.

 

Bu kabi oʻyinlarning sha’riy hukmiga kelsak:

Islom nafsni dam oldirish va muboh vositalar bilan muboh lazzat olishni man qilmaydi. Bunday o‘yinlardagi asl hukm, agar ular namozni ado etish, ota-onaga yaxshilik qilish kabi shar’iy vojibdan to‘smasa va harom narsani o‘z ichiga olmasa muboh ekanidir. Ammo, ular orasida harom narsalar juda ko‘p. Bulardan ba’zilari quyidagilardir:

– Yer ahlidan bo‘lgan yaxshilar va osmon ahlidan bo‘lgan yomonlar o‘rtasidagi urushlarni tasvirlaydigan o‘yinlar va bunday g‘oyalarning Alloh taoloni ayblash yoki mukarram farishtalarga ta’na qilish kabi ma’nolarni o‘z ichiga olishi;

– Xochni muqaddaslashtirishga asoslangan o‘yinlar, masalan, uning ustidan o‘tish sog‘liq va kuch beradi, yoki ruhni qaytaradi, yoki o‘yinchi uchun jonlarni ko‘paytiradi va shunga o‘xshashlar. Shuningdek, nasroniylar dinidagi tug‘ilgan kun tabriknomalarini yasash o‘yinlari;

– Sehrni tasdiqlaydigan yoki sehrgarlarni ulug‘laydigan o‘yinlar;

– Islom va musulmonlarga nisbatan nafratga asoslangan o‘yinlar, masalan, o‘yinchi Makkani bombardimon qilsa 100 ball, Bag‘dodni bombardimon qilsa ellik ball oladigan o‘yin;

– Kofirlarni ulug‘lash va ular bilan faxrlanishga tarbiyalash, masalan, o‘yinchi kofir davlat armiyasini tanlasa kuchli bo‘ladi, arab davlati armiyasini tanlasa zaif bo‘ladigan o‘yinlar. Shuningdek, bolani kofirlarning sport klublari va kofir o‘yinchilarning ismlariga qoyil qolishga tarbiyalaydigan o‘yinlar;

– Ochiq avratlar tasvirini o‘z ichiga olgan o‘yinlar. Ba’zi o‘yinlarda g‘olibning mukofoti yalang‘och suratning paydo bo‘lishi bo‘ladi. Shuningdek, yovuz yoki ajdahodan ma’shuqa, sevgili va dugonani qutqarish g‘oyasiga asoslangan o‘yinlar kabi axloqni buzadigan o‘yinlar;

– Qimor va ichkilik g‘oyasiga asoslangan o‘yinlar;

– Musiqali oʻyinlar, uning Islom shariatida harom ekanligi ma’lum;

– Ko‘z yoki asablarga zarar yetkazish kabi jismga zarar berish hamda quloqqa zararli ovoz effektlari oʻrin olgan oʻyinlar.

Zamonaviy tadqiqotlar bu o‘yinlarning qaramlikka olib kelishi, asab tizimiga zarar yetkazishi va bolalarda taranglik hamda asabiylikni keltirib chiqarishini isbotlagan.

Shuningdek:

– Zo‘ravonlik va jinoyatchilikka tarbiyalash, mashhur «Doom» o‘yinidagi kabi qotillik va jon olishni osonlashtirish;

– Bolaning voqelik hissini buzish, uni xayollar, fantaziyalar va imkonsiz narsalar olamiga tarbiyalash, masalan, o‘limdan keyin qaytish, voqelikda mavjud bo‘lmagan g‘ayrioddiy kuch, o‘zga sayyoraliklarni tasvirlash va shunga o‘xshashlar.

Aqidaviy xatarlar va shar’iy man qilingan narsalarga misollarni keng keltirdik, chunki ko‘p ota-onalar bunga e’tibor bermaydilar va ularni farzandlariga olib berib, ular bilan ovuntiradilar.

Shuni ham ta’kidlash lozimki, bu elektron o‘yinlarda evazga musobaqalashish joiz emas, garchi ular muboh bo‘lsa ham, chunki ular jihod asboblaridan emas va jihodda quvvat beradigan narsalardan ham emas.

Alloh bilguvchiroqdir.

Manba: «Musobaqalar va ularning Islom shariatidagi hukmlari», doktor Sa’d ash-Shisriy.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Shar’iy ilm masalalarida garov o‘ynash hukmi

    Ba’zi talabalar shar’iy ilmni o‘rganish jarayonida, ma’lum bir masalada kim xato qilsa, to‘g‘ri javob bergan kishiga kitob sotib olib berishi kerakligi haqida bahs o‘ynashadi. Bu shariat nuqtai nazaridan joizmi?
  • Qarta oʻyinining harom qilinish sababi

    Nima uchun Islomda qarta oʻyinlarini oʻynash harom qilingan?