Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar

Namoz


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Rangli linzalardan foydalanish
Fatvo: 926

O'qildi: 450

17.07.2025

/ 22 Muharram 1447

Fatvo mavzusi: » » »

Rangli linzalardan foydalanish

Savol

Rangli kontakt linzalar taqishning sharʻiy hukmini bilmoqchiman.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Kontakt linzalar ikki turli bo‘ladi:

  1. Tibbiy linzalar: Bular yaqinni ko‘rolmaslik, uzoqni ko‘rolmaslik va shunga o‘xshash holatlarni davolashda qo‘llaniladi. Bunday linzalarni mutaxassis shifokor maslahati bilan ishlatish joiz.
  2. Rangli kosmetik linzalar: Bular bezak, ziynat hisoblanadi. Agar ayol eri uchun taqsa, muammo yo‘q, ammo boshqalar uchun bo‘lsa, fitna qo‘zg‘aydigan tarzda taqilmasligi lozim. Shuningdek, ularning zararli bo‘lmasligi, sovchilarni aldash maqsadida taqilmasligi va sotib olishda isrofgarchilikka yo‘l qo‘yilmasligi muhim, chunki Alloh taolo shunday deb buyurgan:
﴿وَلَا تُسۡرِفُوۤا۟ۚ إِنَّهُۥ لَا یُحِبُّ ٱلۡمُسۡرِفِینَ﴾

«Va isrof qilmanglar. Albatta, U isrof qilguvchilarni sevmas» (An’om: 141).

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Homilador ayol haj qilishi joizmi?

    Homilador ayol umra va haj ibodatlarini ado etishi joizmi? Homiladorlik muddati bunga ta’sir qiladimi (masalan, to‘rtinchi oyda bo‘lishi sakkizinchi oyga nisbatan)? Chunki ayol tiqilinch tufayli yiqilishi yoki kasal bo‘lishi mumkin.
  • Hayvonning surati bor kiyimni sotib olish hukmi

    Mahsulotlariga o‘z logotipini qo‘yadigan, unda hayvon surati bo‘lgan shirkatlarning kiyimlari va mahsulotlaridan foydalanishning hukmi nima? Agar suratda faqat hayvonning boshi bo‘lsa, hukm o‘zgaradimi? Agar hayvon tanasining aytim qismlari bo‘lmay, balki faqat uning shaklining umumiy ko‘rinishi bo‘lsa, hukm o‘zgaradimi?
  • Qizlarning mahramsiz umra qilishi joizmi?

    Akamning o‘g‘illari bilan umraga bormoqchiman, qizlarim ham men bilan. Qizlarimning umraga borishlari joizmi?
  • Mahram topa olmagan ayolga umra vojib boʻladimi?

    Umra amalini ado etmoqchi edim, lekin mahramim yo‘qligi meni bundan toʻsyapti, shu sababli juda xafaman. Erim doim ish bilan band, ishini 8-10 kunga ham qoldira olmaydi. Iltimos, ayting-chi, bunday vaziyatda qanday qilib umraga borishim mumkin?
  • Mahramsiz umraga borish joizmi?

    26 yoshli qiz onasi va ishonchli hamrohlar bilan umraga borishi joizmi? Uning aka-uka, ota yoki er kabi mahrami yo‘q. Shuni ham aytish kerakki, u ayol mahrami yo‘qligi sababli umra vojib bo‘lmasa ham, bu amalni bajarishni juda xohlayapti. Shuningdek, agar onasi umra safariga borsa, bu qiz bir oʻzi, yolg‘iz qolishga majbur bo‘ladi.
  • Tarmoqli marketing hukmi

    «Tarmoqli marketing» yoxud «Majburiy matritsa tizimi» shunday tizimki, unda bir kishi kompaniyaga 10 dollar to‘laydi. Shundan so‘ng, kompaniya va (tizimda avvaldan tanlangan) yana to‘rt kishining har biriga 2 dollardan o‘tkazib beriladi. Bu bir martalik to‘lov bo‘lib, to‘lovni amalga oshirgan kishi tizimga qo‘shiladigan yangi a’zolar ham shunday qilishini kutadi. Har safar yangi a’zo qo‘shilganda, tizimdagi har bir ishtirokchi 2 dollardan oladi, chunki yangi a’zolar to‘lovni bevosita o‘zidan yuqoridagi to‘rt kishiga to‘laydi. Kompaniya esa har bir a’zodan xizmat haqi sifatida o‘zining 2 dollarini olib qoladi. Ushbu dasturga qo‘shilish halolmi? Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.