Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar

Namoz


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Fatvo: 99539

O'qildi: 22

25.10.2026

/ 14 Jumadal-ula 1448

Fatvo mavzusi:

Mahramsiz umraga borish joizmi?

Savol

26 yoshli qiz onasi va ishonchli hamrohlar bilan umraga borishi joizmi? Uning aka-uka, ota yoki er kabi mahrami yo‘q. Shuni ham aytish kerakki, u ayol mahrami yo‘qligi sababli umra vojib bo‘lmasa ham, bu amalni bajarishni juda xohlayapti. Shuningdek, agar onasi umra safariga borsa, bu qiz bir oʻzi, yolg‘iz qolishga majbur bo‘ladi.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Birga safar qiladigan mahrami yo‘q ayolga haj ham, umra ham vojib emas. U ayol bu amalni tark etishida gunoh yoʻq, u uzrlidir. Ayol kishiga mahramsiz hajga ham, boshqa joyga ham safarga chiqish haromdir. Bu ayol oʻzi bilan birga safar qiladigan mahramni Alloh muyassar qilgunicha sabr qilishi kerak.

Yaxshilik yo‘llari ko‘pdir. Agar musulmon ba’zi ibodatlarni qila olmasa, boshqa, oʻzi qila oladigan ibodatlarda jiddu jahd qiladi, toki Alloh unga qodir bo‘lmagan ibodatlarni ham muvaffaq va muyassar qilishi uchun.

Alloh taoloning mo‘min bandalariga bo‘lgan fazlidandir-ki, agar banda bir toatni qilishga qasd qilsa-yu, lekin uzr sababli uni qila olmasa, unga o‘sha ishni qilganning savobi beriladi.

عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ – رَضِيَ اللهُ عَنْهُ: «أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلًّمَ رَجَعَ مِنْ غَزْوَةِ تَبُوكَ، فَدَنَا مِنَ الْمَدِينَةِ، فَقَالَ: إِنَّ بِالْمَدِينَةِ أَقْوَامًا، مَا سِرْتُمْ مَسِيرًا، وَلَا قَطَعْتُمْ وَادِيًا إِلَّا كَانُوا مَعَكُمْ، قَالُوا: يَا رَسُولَ اللهِ، وَهُمْ بِالْمَدِينَةِ؟ قَالَ: وَهُمْ بِالْمَدِينَةِ، حَبَسَهُمُ الْعُذْرُ»

Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Tabuk g‘azotidan qaytib, Madinaga yaqinlashganlarida: «Madinada shunday qavmlar borki, sizlar biron yo‘ldan yurmang yoki biron vodiyni kesib o‘tmang, albatta ular sizlar bilan bo‘ldilar», dedilar. «Ey Allohning Rasuli, ular Madinada bo‘laturib-a?» deyishdi. «Ha, ular Madinada bo‘laturib. (Lekin) ularni uzr tutib qoldi», dedilar» (Sahihi Buxoriy, 4423). 

Doimiy qoʻmita fatvosida keladi: «Mahrami yo‘q ayolga haj vojib emas. Chunki mahram ayol uchun yo‘lning bir qismidir, yo‘lga qodir bo‘lish esa hajning vojibligi shartidir. Alloh taolo aytadi:

﴿وَلِلَّهِ عَلَى ٱلنَّاسِ حِجُّ ٱلۡبَیۡتِ مَنِ ٱسۡتَطَاعَ إِلَیۡهِ سَبِیلࣰاۚ﴾

«Va yo‘lga qodir bo‘lgan kishilar zimmasida Alloh uchun mana shu uyni haj-ziyorat qilish burchi bordir» (Oli Imron: 97).

Bu qizga ham, uning onasiga ham eri yoki mahrami bilan bo‘lmasa, hajga yoki boshqa safarga chiqish joiz emas.

عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا: أَنَّهُ سَمِعَ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: «لَا يَخْلُوَنَّ رَجُلٌ بِامْرَأَةٍ وَلَا تُسَافِرَنَّ امْرَأَةٌ إِلَّا وَمَعَهَا مَحْرَمٌ فَقَامَ رَجُلٌ فَقَالَ: يَا رَسُولَ اللهِ اكْتُتِبْتُ فِي غَزْوَةِ كَذَا وَكَذَا وَخَرَجَتِ امْرَأَتِي حَاجَّةً قَالَ: اذْهَبْ فَحُجَّ مَعَ امْرَأَتِكَ»

Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «U kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamning «Er kishi ayol kishi bilan zinhor xoli qolmasin! Mahrami birga bo‘lmasa, ayol kishi zinhor safar qilmasin!» deyayotganlarini eshitibdi. Shunda bir kishi turib: «Yo Rasulalloh, men falon-falon g‘azotga yozilgan edim, ayolim esa haj qilib yo‘lga chiqqan», debdi. Shunda u zot sollallohu alayhi vasallam: «Bor, ayoling bilan haj qil», debdilar» (Sahihi Buxoriy, 3006; Sahihi Muslim, 1341).

Ayol kishining mahramsiz safar qilishi, jumladan haj va umraga borishi joiz emasligi buyuk imomlardan: Hasan Basriy, Ibrohim Naxo’iy, Ahmad ibn Hanbal, Is’hoq ibn Rohavayh, Ibn Munzir va Abu Hanifa rahimahulloh bosh hanafiy mazhabi ulamolarining mazhabidir va bu toʻgʻri, ham quvvatli qarashdir. Chunki zikr qilingan oyat va ayolning eri yoki mahramisiz safar qilishini man qiluvchi hadislarning umumiyligi bu ishning harom ekaniga dalolat qiladi. Boshqa mazhab imomlari, Imom Molik, Imom Shofe’iy va Avzo’iy bu so‘zga xilof qilganlar va ularning har biri hujjati bo‘lmagan shartlarni qo‘yganlar. Ibn Munzir aytadi: Ular hadisning zohiriga amal qilishni tark etdilar va har biri bu masalaga hujjati bo‘lmagan shartni qo‘ydilar» («Doimiy qoʻmita fatvolari», 11/90).

Bu qizga mahramsiz safar qilish joiz bo‘lmaganidek, bu ish uning onasiga ham joiz boʻlmaydi. U Alloh taolodan taqvo qilishi va qizi bilan birga qolishi lozim. Agar umraga boraman deb qat’iy turib olsa va buning natijasida qizi oʻzi yolg‘iz qoladigan bo‘lsa, modomiki qiz xavfsiz joyda qolsa buning ham muammosi yo‘q. Agar yolg‘iz qolishi xavfli boʻlsa, ehtimol, bu zarurat sanalib, onasi bilan borishiga uzr bo‘lar, ammo buning gunohi onasiga bo‘ladi.

Vallohu a’lam.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Mahram topa olmagan ayolga umra vojib boʻladimi?

    Umra amalini ado etmoqchi edim, lekin mahramim yo‘qligi meni bundan toʻsyapti, shu sababli juda xafaman. Erim doim ish bilan band, ishini 8-10 kunga ham qoldira olmaydi. Iltimos, ayting-chi, bunday vaziyatda qanday qilib umraga borishim mumkin?
  • Ayol kishining mahramsiz safar qilishi haromligi va mahramlik shartlari

    Onam, inshaalloh, umra ibodatini ado etish uchun safar qilmoqchi. Ammo uning eri va aka-ukalari u bilan birga bora olmaydi. Amakisining oʻgʻli, u onamga qayni bo‘ladi, va opasining eri opasi bilan birga hajga ketmoqda. Onam umra amallarini bajarish uchun ular bilan birga safar qilishi joizmi?