O'qildi: 40
16.08.2026
/ 3 Rabiul-avval 1448
Fatvo mavzusi: Harom kasblar
Savol
«Tarmoqli marketing» yoxud «Majburiy matritsa tizimi» shunday tizimki, unda bir kishi kompaniyaga 10 dollar to‘laydi. Shundan so‘ng, kompaniya va (tizimda avvaldan tanlangan) yana to‘rt kishining har biriga 2 dollardan o‘tkazib beriladi. Bu bir martalik to‘lov bo‘lib, to‘lovni amalga oshirgan kishi tizimga qo‘shiladigan yangi a’zolar ham shunday qilishini kutadi. Har safar yangi a’zo qo‘shilganda, tizimdagi har bir ishtirokchi 2 dollardan oladi, chunki yangi a’zolar to‘lovni bevosita o‘zidan yuqoridagi to‘rt kishiga to‘laydi. Kompaniya esa har bir a’zodan xizmat haqi sifatida o‘zining 2 dollarini olib qoladi. Ushbu dasturga qo‘shilish halolmi? Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Bu muomalaga kirish joiz emas. Bu piramida yoki tarmoqli tizim deb nomlanadi, chunki u qimorga asoslangan va unda pul qanday sarmoya qilinishi noma’lumdir. Qimorga kelsak, chunki shaxs 10 dollar to‘laydi, umid qiladiki, yangi hissadorlar kelib, u ko‘proq foyda oladi. Bu ayni qimordir, u yutishi ham, yutqazishi ham mumkin.
Alloh qimorni harom qildi va uning haromligini aroq ya’ni mast qiluvchi ichimliklar, butlar va fol ochadigan cho‘plar bilan qatorida zikr qildi. U Zot subhanahu dedi:
«Ey mo‘minlar, aroq (mast qiladigan ichkilik ichish), qimor (o‘ynash), butlar (ya’ni, ularga sig‘inish) va cho‘plar (ya’ni, cho‘plar bilan folbinlik qilish) shayton amalidan bo‘lgan harom ishdir. Bas, najot topishingiz uchun ularning har biridan uzoq bo’lingiz!» (Moida: 90).
Maysir – bu foyda va zarar o‘rtasida aylanadigan har qanday muomaladirki, unda muomala qiluvchi foyda ko‘ruvchi bo‘ladimi yoki zarar ko‘ruvchi bo‘ladimi, bilmaydi.
Sarmoya qilish usulining noma’lumligiga kelsak, chunki u shirkat pullarini qayerga qo‘yishini va uni qanday sarmoya qilishini bilmaydi. Hech kimga sarmoya qilishda qo‘llaniladigan usulning mubohligiga ishonch hosil qilmaguncha, molini sarmoya qilishi joiz emas. Bunday shirkatlarning ko‘pchiligi pulni aslida sarmoya qilmaydi, balki odamlarni aldab, ularning molini botil yo‘l bilan yeydi. Shuning uchun ba’zi mamlakatlarda bu turdagi shirkatlarga «havo sotish shirkatlari» yoki «aldov piramidalari» deb nom berilgan, chunki ulardan faqat ozchilik foyda ko‘radi, so‘ng ko‘p o‘tmay shirkat tarqalib, muomala tugaydi.
Bir guruh ahli ilmlar piramida tizimiga amal qiladigan shirkatlar bilan muomala qilishning haromligi haqida fatvo berganlar, garchi ular biror mol yoki mahsulot sotsalar ham.
Vallohu a’lam.
Bu javob foydali bo’ldimi?