Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Eʼtiqod masalalari » Iymon » Allohga iymon keltirish » Islomga kirishni xohlagan ayol
Fatvo: 703

O'qildi: 266

05.07.2025

/ 10 Muharram 1447

Fatvo mavzusi: » » » » » »

Islomga kirishni xohlagan ayol

Savol

Men Islom diniga juda qiziqaman. Musulmon bo‘lish uchun nima qilishim kerak? Men doimo Islom dini kabi o‘zimni Allohga yaqinroq his qildiradigan din izlaganman. Bu savolni yo‘llash imkoniyatini berganingiz uchun tashakkur.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Savol beruvchi aziz singlim, sizning Islomga kirish istagingizdan benihoya xursand bo’ldik. Haqiqatan ham bu din bandani tavhid va ibodat orqali Rabbisiga bevosita bog‘laydigan dindir. Bu esa qalbga xotirjamlik va surur baxsh etadi hamda Allohga muhabbat, qo‘rquv, umid va itoatni o‘z ichiga olgan bu noyob munosabat orqali bandaga baxt-saodat keltiradi. Bu ibodatning asl mohiyati bo‘lib, unda qalb amali til amali bilan uyg‘unlashadi. Buni Allohni zikr qilish, shuningdek, namoz, ro‘za, zakot, Qur’on tilovati va boshqa amallar orqali ko‘rish mumkin. Inshaalloh, bularning ta’sirini o‘zingiz his qilasiz. Shubhasiz, siz erishgan bu natija ikki narsaning samarasi: sog‘lom aql va Allohning inoyati.

Islomga kirish masalasiga kelsak, bu juda oson jarayon bo‘lib, u ikki shahodatni talaffuz qilishingiz bilan amalga oshadi:

«Ashhadu alla ilaha illalloh va ashhadu anna Muhammadan Rasululloh»

Ma’nosi: Men Allohdan o’zga haq iloh yo‘qligiga va Muhammad Allohning Rasuli ekanligiga guvohlik beraman. Qolgan tafsilotlarni 114, 179 va 378-savollarga berilgan javoblardan topishingiz mumkin.

Xulosa qilib aytganda, oramizga dindosh singil sifatida xush kelibsiz deymiz! Sizga kerak bo‘lgan har qanday yordamni taqdim etishga tayyormiz. Allohdan sizga ne’matini to‘liq qilishini va haqda sobit qilishini so‘raymiz. Alloh sizga O‘z fazl-u karamini yog‘dirib, haq yo‘lda sobitqadam qilsin. Alloh sizni to‘g‘ri yo‘lga hidoyat aylasin.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

1

O’xshash fatvolar

  • Ramazonda shaytonlar kishanlanishiga qaramay, nega esnaymiz. Televideniye orqali tasvirlarni uzatish harommi?

    Ma’lumki, esnash shaytondandir. Ramazonda shaytonlar kishanlanishiga qaramasdan, nima uchun esnaymiz?Shuningdek, insonni suratga olish harom ekani ma’lum, unda televideniye orqali tasvirlarni uzatish harom hisoblanadimi?
  • Joynamoz yig‘ishtirilmasa jinlar namoz oʻqib qoʻyadimi?

    Bizda namoz o‘qib bo‘lgach, joynamozni yig‘ishtirib qo‘yish odat tusiga kirgan. Aytishlaricha, agar joynamoz yig‘ishtirib olinmasa, jinlar kelib, uning ustida namoz o‘qir yoki uyga jinlar kirib olar emish! Bu gap menga juda g‘alati tuyuldi, axir ular chindan ham bunda ibodat qilishsa, bu katta baxt-ku, shunday emasmi? Shar’iy manbalarda bu gapning biror asosi bormi yoki bu bid’at tushunchami?
  • Nasroniy bilan jiddiy suhbat

    Men sahifangizni ko‘zdan kechirayotib, undan zavq oldim, chunki men diniy maktabda ta’lim olayotgan nasroniy talabaman va ko‘proq bilim olishni xohlayman. Quyidagi fikrlar haqidagi qarashlaringizni bilmoqchiman, ular to‘g‘rimi?1. Islomda: Jannat may, ayollar va qo‘shiqlardan iborat. Jannatga erishish yo‘li ana shu narsalardan tiyilish, so‘ngra ular bilan mukofotlanish, shuningdek, Islomning besh rukniga amal qilishdir.2. Islomda: Najot va azobdan qutulishning kafolati yo‘q. Faqat umr bo‘yi shu yo‘lda yursangiz, Allohning najotiga va xalos bo‘lishga erishasiz, deyiladi. Hech qanday kafolat mavjud emas. Kafolatsiz yashash menga yoqmaydi. Men musulmonlar asliy gunohga ishonmasliklarini bilaman, lekin inson gunohkor boʻlib tugʻiladimi yoki yoʻqmi, bundan qatʼi nazar, inson xatokor va koʻp xato qiluvchi ekaniga qoʻshilmaysizmi? Inson o‘z xatolari va gunohlari bilan nima qiladi? Tavba haqida bilaman, ammo menga Alloh huzurida hech kim najot topolmaydigandek tuyuladi. Shu sababli, bizni o‘tmishdagi, hozirgi va kelajakdagi gunohlarimizdan xalos etish uchun O‘z O‘g‘lini bizning uchun qurbon qilib, xochga mixlanib oʻldirilishi uchun yubordi.3. Islomda najot kafolati yo‘q, bunday kafolatsiz yashash haqiqatan ham dahshatli narsa. Hayotingizni yashab, qiyomat kunida xalos boʻlishingiz uchun yetarlicha solih amallar qildingizmi yoki yoʻqmi, bilmaysiz, yetarlicha namoz oʻqidingizmi yoki yoʻqmi, bilmaysiz va hokazo… Bu haqiqatan ham dahshatli.Men koʻplab musulmon hamkasblarimdan o‘limdan so‘ng jannat yoki do‘zaxga borishlariga ishonchlari komilmi, deb so‘raganimda, ulardan ijobiy javob ololmadim. Islomda hech qanday kafolat yo‘q, chunki (bu din vakillari nasroniylardan farqli oʻlaroq, birgina) Iso Masihga ishonish orqali najot topishga ishonishmaydi; Islom insonning xatti-harakatlari va amallariga bog‘liq.Men musulmon bo‘lishni xohlasam ham buni qila olmayman. Agar musulmonlar o‘zlarini xalq orasidan tanlangan deb hisoblashsa, nega dinlarini yoymaydilar? Bu faqatgina musulmon bo‘lib tug‘ilganingiz uchun omadli bo‘lishga asoslanganmi?Agar kimdir nasroniy bo‘lishni istasa, u buni qila oladi. Har kim bir necha soniyada nasroniy bo‘lishi mumkin. Men tug‘ilganimda nasroniy bo‘lmaganman. Nasroniylar Iso Masih Allohga olib boradigan yagona yo‘l ekanligini ta’kidlaydilar.Iso Masihning o‘zi shunday degan: «Men Yoʻl, Haqiqat va Hayotman. Hech kim Otaga mening yoʻlimsiz yeta olmaydi». U «Men yo‘llardan biriman» demadi, balki «Men yo‘lman» dedi.U yana: «Men va Otam birmiz», deb aytgan.Men qanday qilib biror kishi bu haqiqatlardan koʻr boʻlishi mumkinligini tushunmayman, magar ular buni avval eshitmagan boʻlsalar.Men sizdan javob va izoh kutib qolaman.
  • «Inshaalloh mo‘minman» deyish hukmi

    Musulmon kishi «Men inshaalloh mo‘minman» deyishi toʻgʻrimi?
  • Islomni qabul qilgani uchun kofira onasi undan voz kechdi

    Onam musulmon emas. U men bilan 13 yil oldin aloqani uzgan. Unga xat yozsam, javob bermaydi, qo‘ng‘iroq qilsam, telefonni oʻchirib qoʻyishi mumkin. Manzilini oʻzgartirgan, men uning yangi manzilini bilaman, lekin borsam, yana o‘zgartiradi. Agar biror kishi men haqimda yaxshi gapirsa, u uni men tomonga yon bosyabdi deb haqorat qiladi. Bilaman, u ruhiy kasal va ilgari kasalxonada yotgan. Uyda bo‘lganida yolg‘iz qolishni ma’qul ko‘radi. U Islomga qarshi ekanligini aytgan, shundan uning siqilishi sababi mening Islomni qabul qilganim ekanini bildim. Men nima qilishim kerak? Maslahat beringlar, Alloh sizlarni yaxshilik bilan mukofotlasin.
  • Faxsh joyni birovga bildirmay buzish

    Hozirda bizning hududimizda tungi klub qurilmoqda. Biz bu yerda uning ochilishiga qarshi chiqishga harakat qildik, chunki u musulmon va musulmon bo‘lmagan aholimiz uchun ham katta axloqiy buzilishlarga sabab bo‘ladi. Agar bizni hech kim ko‘rmasa, bu joyni buzib tashlash joizmi? Shuni ham inobatga oling-ki, bu joy egasi unga sarflagan barcha mablag‘ini yo‘qotadi. Bu munkardan qaytarish yo‘llaridan birimi?