O'qildi: 42
16.06.2026
/ 1 Muharram 1448
Fatvo mavzusi: Gʻayridinlarni Islomga chaqirish » Ishxona qoidalari
Savol
Men mulhid (xudoga ishonmaydigan) kishining qo‘lida ishlayman. Uning qo‘lida ishlash joizmi? U menga yaxshi muomala qiladi va namoz o‘qishga vaqt beradi.
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Agar ishingiz muboh sohada bo‘lsa, modomiki Alloh buyurgan narsalarni bajarayotgan bo‘lsangiz, uning qo‘lida ishlashingizning zarari yo‘q. Siz uni Allohga yaxshilik bilan da’vat qilishingiz lozim, shoyadki Alloh uni sizning qo‘lingiz bilan hidoyat qilsa.
Sahl roziyallohu anhu, ya’ni Ibn Sa’d shunday xabar qiladi: «Xaybar kuni Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Ertaga tug‘ni qo‘lida fathga erishiladigan, Alloh va Uning Rasulini yaxshi ko‘radigan, Alloh va Uning Rasuli ham yaxshi ko‘radigan kishiga beraman», dedilar. Odamlar tunlarini «U kimga berilarkin?» deb o‘tkazishdi. Ertasiga har birlari o‘shani umid qilib kelishdi. U zot: «Aliy qani?» dedilar. «Uning ko‘zi og‘riyapti», deyishdi. U zot uning ikki ko‘ziga tuflab qo‘yib, haqqiga duo qildilar. U hech qanday og‘riq bo‘lmaganday tuzalib qoldi. (Tug‘ni) unga berdilar. U: «Bizdek bo‘lmagunlaricha ularga qarshi jang qilamanmi?» dedi. U zot: «Yerlariga tushguningcha oralariga ohista bor. Keyin ularni Islomga chaqir va zimmalariga nimalar vojib bo‘lishini xabar qil. Allohga qasamki, sen tufayli Alloh bir kishini hidoyat qilishi sen uchun qizil tuyalaring bo‘lganidan yaxshidir», dedilar» (Sahihi Buxoriy, 3009).
Qizil tuyalar arablarning eng qimmatbaho mollari sanaladi.
Alloh bilguvchiroqdir.
Manba: Shayx Muhammad Solih al-Munajjid.
Bu javob foydali bo’ldimi?