Men Islom diniga juda qiziqaman. Musulmon bo‘lish uchun nima qilishim kerak? Men doimo Islom dini kabi o‘zimni Allohga yaqinroq his qildiradigan din izlaganman. Bu savolni yo‘llash imkoniyatini berganingiz uchun tashakkur.
Men nasroniy bo‘lishimga qaramay, ba’zi tadqiqotlarimda Islom haqidagi ma’lumotlar manbasi sifatida sizning saytingizdan foydalanaman.
Sizning hijriy 1412-yil 15-ramazonda yozgan «Da’vat va tarbiyaga oid masalalar» kitobingizning to’rtinchi, « Islomiy tasavvurlarga ehtiyoj» bobi, 36-sahifasida 50 ta masalaga javob bergansiz. Sahifa oxirida bu 50 ta mavzuning har biri uchun manbalarni to‘plash niyatingiz borligini aytgansiz. Ularni qanday qo‘lga kiritsam boʻladi? Chunki men bu manbalarni Allohning diniga da’vat qiluvchi har bir kishi uchun muhim deb hisoblayman.