Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Roʻza masalalari » Diabetiklar uchun ro‘za tutish hukmi
Fatvo: 1319

O'qildi: 274

10.09.2025

/ 18 Rabiul-avval 1447

Fatvo mavzusi: »

Diabetiklar uchun ro‘za tutish hukmi

Savol

Men 14 oydan oldin ikkinchi tur qandli diabet bilan kasallandim, bu insulin qabul qilishni talab qilmaydigan qandli diabet turi sifatida ma’lum. Men hech qanday dori qabul qilmayman, lekin qondagi shakar miqdorini moʻtadil ushlab turish uchun parhez qilaman va biroz jismoniy mashqlar bajaraman. O‘tgan Ramazonda bir necha kun ro‘za tutishga harakat qildim, ammo qondagi qand miqdori pasayib ketgani uchun davom ettira olmadim. Hozir o‘zimni yaxshi his qilyapman (Allohga shukr), lekin ro‘za tutganimda boshim og‘riydi.

Kasalligimga qaramay ro‘za tutishim kerakmi? Ro‘zadorlik paytida qondagi shakar miqdorini tekshirsam bo‘ladimi (chunki buning uchun barmoqdan qon olish kerak)?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Bemor kishiga Ramazon oyida ro‘za tutish unga zarar yetkazsa yoki mashaqqatli bo‘lsa, yoki kunduzi dori, ichimlik yoki boshqa yeyiladigan yoki ichiladigan narsalar bilan davolanishga muhtoj bo‘lsa, ro‘zasini ochishi joizdir. Chunki Alloh taolo aytadi:

﴿وَمَنْ كَانَ مَرِيضًا أَوْ عَلَىٰ سَفَرٍ فَعِدَّةٌ مِنْ أَيَّامٍ أُخَرَ﴾

«Va kim xasta yoki musofir bo‘lsa, u holda (ro‘za tutolmagan kunlarining) sanog‘ini boshqa kunlarda (tuzalgach yoki safardan qaytgach) to‘ldirsin» (Baqara: 185).

عَنِ ابْنِ عُمَرَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «إِنَّ اللهَ يُحِبُّ أَنْ تُؤْتَى رُخَصُهُ، كَمَا يَكْرَهُ أَنْ تُؤْتَى مَعْصِيَتُهُ».

Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam aytganlar: «Albatta, Alloh O‘zining ruxsatlaridan foydalanilishini yaxshi ko‘radi, xuddi O‘ziga ma’siyat qilinishini yomon ko‘rganidek» (Musnadi Ahmad, 5866; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Irvo’ul gʻalil», 564).

Boshqa rivoyatda: «Xuddi U O‘z amrlarining bajarilishini yaxshi ko‘rganidek», deyilgan.

Tahlil uchun yoki boshqa maqsadlarda tomirdan qon olishga kelsak, to‘g‘ri fikr shuki, u ro‘zani buzmaydi. Lekin uning miqdori ko‘p bo‘lsa, iftorgacha kechiktirish afzaldir. Agar kunduzi qon olinsa, u holda ehtiyot yuzasidan qazosini tutib qoʻyish afzal, chunki bu hijoma (qon oldirish)ga o‘xshaydi («Islomiy fatvolar» kitobi, 2-jild, 139-bet).

 

Bemorning holatlari

Birinchi holat: Agar bemorga ro‘za ta’sir qilmasa, masalan, yengil shamollash, yengil bosh og‘rig‘i, tish og‘rig‘i va shunga o‘xshash holatlarda ro‘zani tark qilish joiz emas. Garchi ba’zi ulamolar Baqara surasining 185-oyatidagi:

﴿وَمَنْ كَانَ مَرِيضًا﴾

«Va kim xasta bo‘lsa…» (Baqara: 185), » iborasiga asoslanib, joiz deyishgan boʻlsa-da.

Lekin biz aytamizki: Bu hukm sababga bog‘liq, ya’ni ro‘zani tark qilish bemorga yengillik olib kelsa, shunday holatda ro‘za tutmaslik afzal. Ammo agar bemorga roʻza ta’sir qilmasa, unga ro‘zani tark qilish joiz emas va ro‘za tutish vojib bo‘ladi.

Ikkinchi holat: Agar ro‘za tutish unga og‘ir bo‘lsa-yu, zarar yetkazmasa, u holda ro‘za tutishi makruh, roʻzasi tutmasligi esa mustahab bo‘ladi.

Uchinchi holat: Ro‘za tutish mashaqqatli yoki zararli boʻlgan bemorlarga, masalan, buyrak kasalligi, qandli diabet yoki shunga o‘xshash kasalliklardan aziyat chekayotgan kishilarga ro‘za tutish harom hisoblanadi. Shu oʻrinda, biz ba’zi bir sabr-toqatli, ijtihodli bemorlarning xatosini tushunamiz, ularga ro‘za tutish mashaqqatli bo‘ladi, balki zarar yetkazishi ham mumkin, ammo ular ro‘zani buzishdan bosh tortadilar. Biz ularga: «Siz Allohning karami va ruxsatini qabul qilmaganingiz uchun xato qildingiz va o‘zingizga zarar yetkazdingiz», deymiz. Alloh taolo aytadi:

﴿وَلَا تَقْتُلُوا أَنْفُسَكُمْ﴾

«Hamda oʻzingizni o‘zingiz o‘ldirmang (Niso: 29). Manba: «Ash-Sharh al-Mumti’» 6-jild, 352-354-betlar.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun quyidagi javoblarga murojaat qiling: (93243, 11107, 37761, 50555).

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

1

O’xshash fatvolar

  • Taroveh va qiyom namozlari o‘rtasida farq bormi?

    Qiyom va taroveh namozlari o‘rtasidagi farqni tushuntirib bersangiz.
  • Ro‘za fidyasi beriladigan miskin kim?

    Alloh taolo Baqara surasida roʻza tutishga qodir boʻlmagan kishilar: «…bir miskin-bechoraning bir kunlik taomi miqdorida evaz to‘lashlari lozim», deydi. Bu miskinning balog‘atga yetishi va mukallaf (shar’iy majburiyatlar yuklangan) bo‘lishi shart qilinadimi? Agar inson o‘ttizta miskinni taomlantirmoqchi bo‘lsa, miskinning farzandlari va qaramog‘idagilar ham shunga kiradimi? Taom o‘rniga pul bersa kifoya qiladimi? Taomlantirish qanday o‘lchovda hisoblanadi?
  • Shavvolning olti kunlik ro‘zasini tutib, ro‘zani yana davom ettirish

    Shavvolning olti kunlik ro‘zasini tugatib, ro‘zani davom ettirishning hukmini bilmoqchiman. Zimmamdagi ro‘zaning qazosini tutdim, so‘ngra Shavvolning olti kunlik ro‘zasini tutdim. Keyin turmush oʻrtogʻim nafl sifatida ro‘zani davom ettirishimizni taklif qildi. Buning shariatdagi hukmi qanday?Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.
  • Qasam kafforati uchun shavvol oyining olti kunida ro‘za tutish

    Allohga qasam ichish borasida savolim bor. Men Allohga falon joyga bormaslikka qasam ichdim, lekin bir haftadan keyin o‘sha joyga bordim va Shavvolning olti kunida uch kun ro‘za tutishga qaror qildim, bu qasam uchun kafforat hisoblanadimi? Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.
  • Shavvolning olti kunlik ro‘zasini zulqa’dada tutish hukmi

    Agar kishi shavvolning olti kunlik ro‘zasini zulqa’da oyida tutsa, hadisda zikr qilingan xos ajrga erishadimi?
  • Shavvolning ro‘zasini dushanba va payshanba kunlari tutish

    Dushanba va payshanba kunlari ro‘zasining savobiga erishish uchun Shavvol oyining olti kunlik ro‘zasini dushanba va payshanba kunlari tutishim joizmi?