Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Haj va umra masalalari » Bemor farzand sababli Arafotdan keyin hajni tark etish
Fatvo: 1162

O'qildi: 252

07.08.2025

/ 13 Safar 1447

Fatvo mavzusi: »

Bemor farzand sababli Arafotdan keyin hajni tark etish

Savol

Xotinim bilan hajga borib, zavoldan to soat 14:00 gacha Arafotda qoldik. Ammo, xizmatkor ayol bilan qoldirgan kasal qizimizdan xavotirlanib, farz haj qilayotganimizni bilgan holda hajimizni oxiriga yetkazmadik. Endi nima qilamiz?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Sizlarga hajni oxiriga yetkazish vojib bo‘ladi. Arafotda quyosh botguncha qolmay, erta ketib qolganingiz uchun sizlarga kafforot (qon chiqarish) vojib bo‘ladi. Agar Arafot kechasida Muzdalifada ham tunamagan bo‘lsangiz, ikkinchi kafforot vojib bo‘ladi. Agar Minoda tunamagan bo‘lsangiz, uchinchi kafforot vojib bo‘ladi. Agar tosh otishni tark qilgan bo‘lsangiz, to‘rtinchi kafforot vojib bo‘ladi. Agar vidolashuv tavofini tark qilgan bo‘lsangiz, har biringizga beshinchi kafforot ham vojib bo‘ladi. Shuningdek, agar haj tavofini (ya’ni tavofi ifozani) va sa’yini bajarmagan bo‘lsangiz, hajingiz to‘liq bo‘lmaydi va siz haligacha ehromdan chiqmagan sanalasiz. Hajingizni tavof va sa’y bilan to‘liq bajarmaguncha ayolingizga yaqinlik qilish va ehromda ta’qiqlangan ishlar ikkingizga ham harom bo‘ladi. Sizlar zimmangizdagi ushbu jarimalarni ado etishingiz shart, shundagina sizning va xotiningizning haji to‘liq bo‘ladi.

Alloh bilguvchiroqdir.

 

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Hojilar duch keladigan qiyinchiliklar

    Haj qilmoqchi bo‘lgan kishi duch keladigan qiyinchiliklar nimalardan iborat?
  • Musulmonning ruhiyati va hayotiga hajning ta’siri

    Haj ibodati musulmon kishining nafsi va hayotiga qanday ta’sir etadi?
  • Kanadalik yigitning hajga oid savoli

    Haj deb nimaga aytiladi?
  • E’tikof oʻtirish hukmi

    E’tikofning hukmi nima?
  • E’tikof qanday masjidda durust bo‘ladi?

    E’tikof har qanday masjidda durust bo‘ladimi?
  • Shaʼbonda umraga ehrom bogʻlab, uni ramazonda ado etsa, ramazondagi umraning ajri beriladimi?

    Shaʼbon oyining soʻnggi kuni shom azoni aytilishidan oldin bir kishi umra uchun ehromga kirdi. Shom namozidan keyin esa Ramazon oyi boshlanganini eʼlon qilishdi. Bu kishining umrasi Ramazon umrasi hisoblanadimi yoki yoʻqmi? Vaziyat quyidagicha: u quyosh botishidan avval niyat qilib ehromga kirgan va Ramazon kechasida umrani ado etgan.