O'qildi: 26
22.04.2026
/ 5 Zulqada 1447
Fatvo mavzusi: Haj va umra masalalari
Javob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Qiyinchiliklarni quyidagicha umumlashtirish mumkin:
Ulamolar yuqori qavatda tavof qilish joizligiga fatvo berganlar. Bu garchi mashaqqatli bo‘lsa-da, ibodatni lozim bo‘lganidek bajarishga ko‘proq imkon beradi va musulmon kishi odamlar bilan tiqilish va undan kelib chiqadigan fasoddan uzoqlashadi.
Shuning uchun Arafot va Muzdalifada hojilarga ovqat va ichimlikni kamaytirishni maslahat beramiz, toki ular hojat chiqarishga ehtiyoj sezmasinlar va topishga qiynalib, tang ahvolga tushib qolmasinlar.
Shuning uchun hojilarga tiqilinchning eng avj pallasidan, ya’ni hayit kuni tong paytidan va tashriq kunlarining qolgan qismida zavol vaqtidan saqlanishni maslahat beramiz. Jamarotda toshlarni kechga yaqin, tiqilinch juda kamaygan vaqtda otishlari lozim. Shunda ular Allohning zikrini xotirjamlik va sokinlik bilan ado eta oladilar. Olimlar tosh otish vaqti zavoldan tonggacha davom etishiga fatvo berganlar. Shunday ekan, odamlar to‘plangan vaqtda borib, o‘ziga va boshqalarga ozor berishga hojat yo‘q.
Shuning uchun hojilarga o‘z manosiklarini shoshilmasdan, tashriq kunlarining uchinchi kunigacha kechiktirishni maslahat beramiz. Shunda u shoshilgan kishiga nisbatan qo‘shimcha ajrga ega bo‘ladi. Unga qaytishini, hatto bir necha kunga bo‘lsa ham, aksariyat hojilar jo‘nab ketguncha kechiktirishni maslahat beramiz. Shunda u vido tavofini Parvardigorimiz sevgan va rozi bo‘lgan tarzda ado eta oladi.
Hojiga yetadigan qiyinchiliklarning umumiy ko‘rinishi shulardan iborat. Alloh taoloning hikmati manosiklarni o‘simlik va ekinlardan xoli, harorati yuqori bo‘lgan o‘sha joyda bo‘lishini taqozo etdi, toki Alloh bandalarini bir-birlaridan ajratsin va haq nidosiga faqat niyatini Parvardigoriga xolis qilgan kishigina javob bersin.
Shu o‘rinda eslatib o‘tmasak bo‘lmaydiki, bu qiyinchiliklar musulmonni Alloh O‘z kitobida va Nabiysi sollallohu alayhi vasallam tilida farz qilgan bu ibodatni ado etishdan to‘smasligi kerak. Nabiy sollallohu alayhi vasallam ajr mashaqqatga yarasha bo‘lishini xabar berganlar. Mashaqqat va qiyinchiliklar qanchalik ko‘paysa, ajr va savob ham shunchalik ko‘payadi.
Oisha roziyallohu anho: «Ey Allohning Rasuli, odamlar ikkita ibodat bilan qaytsalar, men bitta ibodat bilan qaytamanmi?» dedi. Shunda unga: «Kutib tur. Pok bo‘lganingda Tan’imga chiqib, ehrom bog‘la, keyin falon joyda oldimizga kel. Biroq, u (umrang ajri) nafaqang yoki mashaqqatingga ko‘ra bo‘ladi», deyildi» (Sahihi Buxoriy, 17887 va Sahihi Muslim, 1211).
Imom Navaviy aytadi:
«U zot sollallohu alayhi vasallamning: Biroq, u (umrang ajri) nafaqang yoki mashaqqatingga ko‘ra bo‘ladi», degan so‘zlari ibodatdagi savob va fazl mashaqqat va nafaqaning ko‘pligi bilan ko‘payishiga ochiq-oydin dalolat qiladi. Bunda shariat qoralamaydigan mashaqqat va nafaqa nazarda tutilgan» («Sahihi Muslim sharhi» (8/152, 153).
Hofiz Ibn Hajar uning so‘zlariga shunday izoh bergan:
U aytganidek, lekin bu mutlaq emas. Ba’zi ibodatlar boshqasidan yengilroq bo‘lib, undan ko‘ra fazilatliroq va savobliroq bo‘lishi mumkin. Masalan, zamonga nisbatan Qadr kechasidagi qiyom Ramazonning boshqa kechalaridagi qiyomdan afzaldir. Makonga nisbatan esa Masjidul Haromda ikki rakat namoz o‘qish boshqa joyda bir necha rakat namoz o‘qishdan ustundir. Shuningdek, moliyaviy va jismiy ibodatning sharafiga nisbatan farz namozi uning rakatlari sonidan ko‘proq yoki qiroati uzunroq bo‘lgan nafl namozidan afzal hisoblanadi. Zakotdan bir dirham berish ixtiyoriy sadaqadan undan ko‘proq miqdorda berishdan ustundir. Bunga Ibn Abdussalom «al-Qavoid»da ishora qilgan. U aytadi: «Namoz Nabiy sollallohu alayhi vasallamning ko‘z quvonchi edi, boshqalarga esa mashaqqatlidir. Boshqalarning namozi, mashaqqati bilan birga, mutlaqo u zotning namozlariga teng emas. Alloh bilguvchiroqdir» («Fathul Boriy», 3/611).
Alloh bilguvchiroqdir.
Bu javob foydali bo’ldimi?