O'qildi: 119
28.10.2026
/ 17 Jumadal-ula 1448
Fatvo mavzusi: Odob-axloq va maʼnaviyat
Savol
Musulmon kishining taksi haydashi joizmi? Axir u o‘ziga nomahram bo‘lgan yo‘lovchi ayollar bilan juda koʻp hollarda yolg‘iz qoladi-ku?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Hech bir erkak biror ayol bilan yolg‘iz qolmasligi kerak, aks holda ularning uchinchisi shayton bo‘ladi», deganlar» (Termiziy, 2165; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihul Jome’», 2546).
Alloh taolo Yusuf alayhissalom qissasida aytadi:
«U (Yusuf) uyida bo‘lgan ayol (ya’ni, Zulayho, uning husn-u malohatiga oshiqi beqaror bo‘lib) uni yo‘ldan urmoqchi bo‘ldi. Eshiklarni mahkam berkitib «kelaqolgin», dedi…» (Yusuf: 23).
Shunday ekan, erkak kishi begona ayol bilan na uyda, na idorada, na shifokor xonasida, na liftda, na mashinada va na boshqa joylarda xoli qolishi joiz emas. Chunki bu haromga tushishga sabab va vositadir. Shayton bandani haromga tushirishga va haromni unga ziynatlab ko‘rsatishga harisdir. Fuqaholar begona ayol bilan xoli qolish harom ekaniga ittifoq qilganlar va aytganlar: «Erkak kishi o‘z mahrami yoki xotini bo‘lmagan begona ayol bilan yolg‘iz qolmasligi kerak, chunki ular yolg‘iz qolganlarida shayton ularni harom ish qilishga vasvasa qiladi» («Al-Mavsu’a al-Fiqhiyya», 19/267).
«Erkak kishi begona ayol bilan, hatto unga Qur’on o‘rgatayotgan bo‘lsa ham, xoli qolishi joiz emas. Hattoki yolg‘iz holda namozda imomlik qilishi ham joiz emas. Harom bo‘lgan xoli qolishning mezoni shuki, u bilan shunday xoli qoladi-ki, ularning shaxslari odamlardan yashirin bo‘ladi» («Fath al-Boriy», 9/333).
Taksi haydovchisi kimsasiz ko‘cha yoki tezyurar yo‘ldan yurishi mumkin. Bundan tashqari, avtomobil kuzovi yo‘lovchi tanasining katta qismini to‘sib turadi. Shuningdek, nomaqbul suhbatlardan yoki taqiqlangan ish bo‘yicha til biriktirishdan xavfsizlik kafolati ham yo‘q. Begona haydovchi bilan xilvatda qolish oqibatida qanchadan-qancha fojialar, ayanchli holatlar va halokatli gunohlar sodir bo‘lgan. Allohning shariati hikmat va kamolotga toʻladir, bu din yomonlik eshiklarini yopadi hamda haromga eltuvchi yo‘llarni to‘sadi. Shunday ekan, begona erkak va ayolning bir-birlari bilan xilvatda qolishdan butunlay tiyilishi vojib sanaladi. Taksi haydovchisi yolg‘iz ayolni tashimasligi va uni mashinaga o‘tqazishdan o‘zini tiyishi kerak, faqat baxtsiz hodisalarda tez yordam ko‘rsatish va shu kabi o‘ta zarurat holatlari bundan mustasno. Vallohu valiyyut-tavfiq.
Alloh bilguvchiroqdir.
Manba: Shayx Muhammad Solih al-Munajjid
Bu javob foydali bo’ldimi?