O'qildi: 5
27.10.2026
/ 16 Jumadal-ula 1448
Fatvo mavzusi: Haj va umra masalalari
Savol
Homilador ayol umra va haj ibodatlarini ado etishi joizmi? Homiladorlik muddati bunga ta’sir qiladimi (masalan, to‘rtinchi oyda bo‘lishi sakkizinchi oyga nisbatan)? Chunki ayol tiqilinch tufayli yiqilishi yoki kasal bo‘lishi mumkin.
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Alloh taologa hamd-u sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Asmo bint Umays Shajarada (Zul Hulayfadagi joy) Muhammad ibn Abu Bakrni tug‘di. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abu Bakrga unga g‘usl qilib, ehrom bog‘lashini aytishni buyurdilar» (Sahihi Muslim, 1209).
Imom Navaviy hadisning foydalari haqida aytadi: «Ushbu hadisdan nifosli va hayzli ayolning ehromi sahih ekani, ularning ehrom uchun g‘usl qilishlari mustahabligi hukmi olinadi. Bunga buyurishga ijmo’ qilingan, lekin bizning mazhabimiz, Molik, Abu Hanifa va jumhur mazhabida bu mustahabdir. Hasan va zohiriylar esa, bu vojib, deganlar.
Hayzli va nifosli ayolning hajda tavof va uning ikki rakaat namozidan tashqari barcha amallari sahih bo‘ladi. Chunki Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan sahih hadisda keladi:
Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:… «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Hojining qiladiganini qilaver, faqat pok bo‘lguningcha Baytni tavof qilma», dedilar» (Sahihi Buxoriy, 1650; Sahihi Muslim, 1211). («Sharhi Sahihi Muslim lin-Navaviy», 8/133).
Ayniqsa, agar ayol Hajjatul Islomni (ya’ni zimmasida farz boʻlgan hajini) ado etmagan bo‘lsa, homiladorlik hajni tark etish uchun uzr emas. Chunki ayol tiqilinch va odamlar turtadigan joylardan o‘zini chetga olishi mumkin. Agar o‘zi tosh ota olmasa, o‘rniga boshqasini vakil qiladi. Agar piyoda tavof va sa’y qila olmasa, aravachada tavof va sa’y qiladi… va hokazo.
Bugungi kunda koʻpchilik yo‘l, turar joy va ibodatlarni ado etish jihatidan juda qulay sharoitlarda haj qiladi.
Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam: «Zarar berish ham, zarar koʻrish ham yoʻq», dedilar» (Ibn Moja, 2341; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Silsilatu Sahih», 250).
Alloh bilguvchiroqdir.
Bu javob foydali bo’ldimi?