Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Fatvo: 49003

O'qildi: 167

09.03.2026

/ 20 Ramazon 1447

Fatvo mavzusi: » »

E’tikofning savobi

Savol

E’tikofning savobi qanday?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Alloh taologa hamd-u sanolar, Payg‘ambarimizga salavot va salomlar bo‘lsin.

Birinchidan:

E’tikof mashru’dir va Alloh jalla va a’loga yaqinlashtiruvchi amaldir. 48999-raqamli savolga murojaat qiling.

Agar bu sobit bo‘lsa, nafl ibodatlar bilan Alloh taologa yaqinlashishga targ‘ib qiluvchi ko‘plab hadislar kelgan. Bu hadislar o‘z umumiyligi bilan barcha ibodatlarni, jumladan, e’tikofni ham o‘z ichiga oladi.

Bu hadislardan biri Alloh subhanahu va taoloning hadisi qudsiydagi so‘zidir:

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ : إِنَّ اللهَ قَالَ: «مَنْ عَادَى لِي وَلِيًّا فَقَدْ آذَنْتُهُ بِالْحَرْبِ، وَمَا تَقَرَّبَ إِلَيَّ عَبْدِي بِشَيْءٍ أَحَبَّ إِلَيَّ مِمَّا افْتَرَضْتُ عَلَيْهِ، وَمَا يَزَالُ عَبْدِي يَتَقَرَّبُ إِلَيَّ بِالنَّوَافِلِ حَتَّى أُحِبَّهُ، فَإِذَا أَحْبَبْتُهُ كُنْتُ سَمْعَهُ الَّذِي يَسْمَعُ بِهِ، وَبَصَرَهُ الَّذِي يُبْصِرُ بِهِ، وَيَدَهُ الَّتِي يَبْطُشُ بِهَا، وَرِجْلَهُ الَّتِي يَمْشِي بِهَا، وَإِنْ سَأَلَنِي لَأُعْطِيَنَّهُ، وَلَئِنِ اسْتَعَاذَنِي لَأُعِيذَنَّهُ»

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Alloh shunday deydi: «Kim Mening valiyimga dushmanlik qilsa, Men unga urush e’lon qilaman. Bandam unga farz qilgan narsalarimdan ko‘ra suyukliroq narsa bilan Menga yaqinlashmaydi. Bandam Menga nafllar bilan yaqinlashaveradi va nihoyat Men uni yaxshi ko‘rib qolaman. Qachon Men uni yaxshi ko‘rsam, uning eshitadigan qulog‘i, ko‘radigan ko‘zi, ushlaydigan qo‘li, yuradigan oyog‘i bo‘laman. Mendan so‘rasa, unga albatta berajakman. Mendan panoh tilasa, uni albatta panohimga olajakman» (Sahihi Buxoriy, 6502).

Ikkinchidan:

E’tikofning fazilati va unga beriladigan savoblar haqida bir qancha hadislar rivoyat qilingan, biroq ularning barchasi zaif yoki to‘qimadir.

Imom Abu Dovud aytadi: «Men Ahmaddan (ya’ni, Imom Ahmad ibn Hanbaldan): «E’tikofning fazilatlari borasida biror hadis bilasizmi?» – deb so‘radim. U zot: «Yo‘q, zaif hadislardan boshqa hech narsa bilmayman», – deb javob berdilar». Iqtibos tugadi («Masoil Abi Dovud», 96-bet).

Quyida o‘sha hadislardan ba’zilarini keltiramiz:

  1. 1. Ibn Abbosdan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam e’tikof o‘tirgan kishi haqida shunday deganlar: «E’tikof gunohlardan man etadi va unga barcha yaxshi amallarni qilgan kishiniki kabi savoblar yoziladi» (Ibn Moja, 1781; «Zaif Ibn Moja»da zaif deyilgan).
  2. 2. Tabaroniy, Hokim va Bayhaqiylar rivoyat qilib, zaif deb baholagan hadisda Ibn Abbosdan rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday deganlar: «Kim Allohning Yuzini istab bir kun e’tikof o‘tirsa, Alloh u bilan do‘zax o‘rtasida uchta xandaq paydo qiladiki, ular orasidagi masofa ikki ufq oralig‘idan ham kengroq bo‘ladi» (Bu hadis ham «Silsilati zaifa» asari 5345-raqam ostida zaif deb baholangan. Ikki ufq – mashriq va mag‘ri
  3. 3. Daylamiy Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilishicha, Nabiy sollallohu alayhi va sallam shunday deganlar: «Kim iymon bilan va savob umidida e’tikof o‘tirsa, uning o‘tgan gunohlari kechiriladi». («Zaiful-jome’» asari, 5442-raqam ostida zikr qilinib, zaif deyilgan).
  4. 4. Bayhaqiy rivoyat qilib, zaif degan hadisda Husayn ibn Ali roziyallohu anhumodan rivoyat qilinishicha, u zot shunday deganlar: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Kim Ramazonda o‘n kun e’tikof o‘tirsa, bu ikki haj va ikki umraga teng bo‘ladi». (Bu hadisni «Silsilatuz-zaifa» muallifi, 518-raqam ostida zikr qilib, «to‘qima hadis» degan).

Alloh bilguvchiroqdir.

Manba: Islom savol va javob

 

 

 

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

2

O’xshash fatvolar

  • Taroveh va qiyom namozlari o‘rtasida farq bormi?

    Qiyom va taroveh namozlari o‘rtasidagi farqni tushuntirib bersangiz.
  • Ro‘za fidyasi beriladigan miskin kim?

    Alloh taolo Baqara surasida roʻza tutishga qodir boʻlmagan kishilar: «…bir miskin-bechoraning bir kunlik taomi miqdorida evaz to‘lashlari lozim», deydi. Bu miskinning balog‘atga yetishi va mukallaf (shar’iy majburiyatlar yuklangan) bo‘lishi shart qilinadimi? Agar inson o‘ttizta miskinni taomlantirmoqchi bo‘lsa, miskinning farzandlari va qaramog‘idagilar ham shunga kiradimi? Taom o‘rniga pul bersa kifoya qiladimi? Taomlantirish qanday o‘lchovda hisoblanadi?
  • Shavvolning olti kunlik ro‘zasini tutib, ro‘zani yana davom ettirish

    Shavvolning olti kunlik ro‘zasini tugatib, ro‘zani davom ettirishning hukmini bilmoqchiman. Zimmamdagi ro‘zaning qazosini tutdim, so‘ngra Shavvolning olti kunlik ro‘zasini tutdim. Keyin turmush oʻrtogʻim nafl sifatida ro‘zani davom ettirishimizni taklif qildi. Buning shariatdagi hukmi qanday?Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.
  • Qasam kafforati uchun shavvol oyining olti kunida ro‘za tutish

    Allohga qasam ichish borasida savolim bor. Men Allohga falon joyga bormaslikka qasam ichdim, lekin bir haftadan keyin o‘sha joyga bordim va Shavvolning olti kunida uch kun ro‘za tutishga qaror qildim, bu qasam uchun kafforat hisoblanadimi? Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.
  • Shavvolning olti kunlik ro‘zasini zulqa’dada tutish hukmi

    Agar kishi shavvolning olti kunlik ro‘zasini zulqa’da oyida tutsa, hadisda zikr qilingan xos ajrga erishadimi?
  • Shavvolning ro‘zasini dushanba va payshanba kunlari tutish

    Dushanba va payshanba kunlari ro‘zasining savobiga erishish uchun Shavvol oyining olti kunlik ro‘zasini dushanba va payshanba kunlari tutishim joizmi?