O'qildi: 70
09.03.2026
/ 20 Ramazon 1447
Fatvo mavzusi: Eʼtikof masalalari » Masjid ahkomlari » Masjidul Harom va Masjidun Nabaviy » Ramazon » Roʻza masalalari
Javob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Alloh taologa hamd-u sanolar, Payg‘ambarimizga salavot va salomlar bo‘lsin.
Birinchi masala: E’tikofning mashru’ ekani
E’tikof Qur’on, Sunnat va Ijmo’ bilan mashru’dir.
Qur’on daliliga kelsak, Alloh taoloning ushbu so‘zi:
«Va Ibrohim bilan Ismoilga: «Mening baytimni tavof qilguvchilar, e’tikof oʻtiruvchilar, ruku’-sajda qiluvchilar uchun pok tuting», deb buyurdik» (Baqara: 125).
U Zot subhanahu va taolo yana shunday degan:
﴿وَلَا تُبَاشِرُوهُنَّ وَأَنْتُمْ عَاكِفُونَ فِي الْمَسَاجِدِ﴾
«Masjidlarda e’tikofda bo’lgan chog’ingizda (kechalari ham) ular (hotinlaringiz) bilan qo’shilmang! (Baqara: 187).
Sunnatdagi dalillarga kelsak, bu borada ko‘plab hadislar sobit boʻlgan, jumladan:
Nabiy sollallohu alayhi vasallamning zavjalari Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam to Alloh u zotni vafot ettirgunicha Ramazonning oxirgi o‘n kunligida e’tikof o‘tirgan edilar. So‘ngra zavjalari u zotdan keyin ham e’tikof o‘tirishdi» (Sahihi Buxoriy, 2026; Sahihi Muslim, 1172).
Ijmo’ daliliga kelsak, bir necha ulamolar e’tikofning mashru’ligiga ijmo’ni naql qilganlar.
Imom Navaviy: «Majmu’», 6/404, Ibn Qudoma: «Mug‘niy», 4/456, Shayxulislom «Sharhul Umda», 2/711 va boshqalar shular jumlasidan.
Shayx Ibn Boz aytadi:
«Shubhasiz, masjidda e’tikof o‘tirish qurbatlardan (Allohga yaqinlashtiruvchi amallardan) biridir. Ramazondagi e’tikof esa boshqa vaqtlardagi e’tikofdan afzalroq sanaladi… Bu amal Ramazonda ham, boshqa vaqtlarda ham mashru’dir». Iqtibos qisqartirildi («Majmu’ al-Fatava», 15/437).
Ikkinchi masala: E’tikofning hukmi.
E’tikof aslida sunnat amaldir, vojib emas. Faqat e’tikof oʻtirish nazr qilingan bo‘lsa, vojibga aylanadi. Chunki sahih hadisda shunday kelgan:
Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim Allohga toatni nazr qilgan bo‘lsa, Unga toat qilsin. Lekin kim Unga osiy bo‘lishni nazr qilgan bo‘lsa, Unga osiy bo‘lmasin», dedilar». (Sahihi Buxoriy, 6696).
Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Umar: «Ey Allohning Rasuli, men johiliyatda Masjidul Haromda bir kecha e’tikof o‘tirishni nazr qilgan edim», dedi. U zot: «Nazringga vafo qil», dedilar» (Sahihi Buxoriy, 6697).
Ibn Munzir aytadi:
«Ulamolar e’tikof sunnat amal bo‘lib, kishi nazr qilish orqali o‘ziga vojib qilmagan taqdirda, bu amal farz boʻlmasligiga ijmo’ qilganlar». Iqtibos tugadi («Ijmo’», 53-bet).
Qoʻshimcha ma’lumot uchun Doktor Xolid al-Mushayqihning «E’tikof fiqhi» asariga murojaat qiling.
Alloh bilguvchiroqdir.
Manba: Islom savol va javob
Bu javob foydali bo’ldimi?