Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Fatvo: 1130

O'qildi: 12

Avgust 7, 2025

/ 20 Safar 1447

Fatvo mavzusi: »

Kofirlarning bayramlariga qatnashish hukmi

Savol

Ko‘plab musulmonlarning yangi yil va boshqa bayramlarda ishtirok etayotganini ko‘ryapman. Ularga bu amallarning shariatga zid ekanligini ko‘rsatish uchun Qur’on va Sunnatdan qanday dalillar keltira olaman?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Kofirlarning bayramlarida ishtirok etish quyidagi sabablarga ko‘ra joiz emas:

Birinchidan: Bu ularga taqlid qilish hisoblanadi.

عَنِ ابْنِ عُمَرَ، قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «مَنْ تَشَبَّهَ بِقَوْمٍ فَهُوَ مِنْهُمْ»

Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim o‘zini bir qavmga o‘xshatsa, u o‘shalardandir», dedilar» (Abu Dovud, 4031; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Irvoul gʻalil», 1269).

Bu jiddiy tahdiddir. Abdulloh ibn Amr aytadi: «Kimki kofirlar yurtida yashab, ularning Navro‘z bayramlari va festivallari-yu karnavallarini nishonlasa hamda o‘lguniga qadar ularga taqlid qilsa, qiyomat kuni ziyon ko‘ruvchilardan bo‘ladi».

Ikkinchidan: Ularning bayramlarida ishtirok etish – bu ular bilan do‘stlashish va ularga muhabbat ko‘rsatishning bir turidir. Alloh taolo aytadi:

﴿لَا تَتَّخِذُوا الْيَهُودَ وَالنَّصَارَىٰ أَوْلِيَاءَ ۘ﴾

«Ey mo‘minlar, yahudiylar va nasroniylarni do‘st tutmangiz!» (Moida: 51).

Alloh taolo yana aytadi:

﴿يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لَا تَتَّخِذُوا عَدُوِّي وَعَدُوَّكُمْ أَوْلِيَاءَ تُلْقُونَ إِلَيْهِمْ بِالْمَوَدَّةِ وَقَدْ كَفَرُوا بِمَا جَاءَكُمْ مِنَ الْحَقِّ﴾

«Ey mo‘minlar, Mening dushmanim va sizlarning dushmanlaringiz (bo‘lgan mushriklar)ni do‘st tutmanglar! Sizlar ularga do‘stlik (haqida xat-xabar) yuborursizlar, holbuki, ular sizlarga kelgan Haq (din va Qur’on)ga kofir bo‘lgandirlar!» (Mumtahana: 1).

Uchinchidan: Bayramlar dunyoviy urf-odatlarga emas, balki din va e’tiqodga taalluqli masalalardir. Bunga dalil quyidagi hadisdir:

عَنْ عَائِشَةَ ﵂ قَالَتْ: قَالَ رَسُولُ اللهِ ﷺ: «إِنَّ لِكُلِّ قَوْمٍ عِيدًا، وَهَذَا عِيدُنَا».

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Har bir qavmning bayrami bor. Bu bizning bayramimiz», dedilar» (Sahihi Buxoriy, 952).

Kofirlarning bayramlari esa ularning buzuq kufr va shirkini aks ettiradi.

To‘rtinchidan: Tafsir ulamolari Alloh taoloning:

﴿وَالَّذِينَ لَا يَشْهَدُونَ الزُّورَ﴾

«Ular (ya’ni, Rahmonning suyukli bandalari) gunoh (harom-harish) ishlarga qatnashmaydilar» (Furqon: 72), oyatini «mushriklarning bayramlariga qatnashmaydilar» deb tafsir qilganlar. Shuningdek, ularning hech biriga bayramlari uchun tabrik xatlari berish yoki ularga tabrik xatlari yoki bayramlari uchun zarur bo‘lgan boshqa narsalarni, masalan, sham, chiroq, archa yoki oziq-ovqatlar, shu jumladan, kurka (ing.: turkey as food), shirinlik tayoqchalari (ing.: candy cane) va boshqalarni sotish mumkin emas.

Shunga o‘xshash savolga 947-fatvoda batafsil javob berilgan.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Sochni boʻyash va silliqlashtirish

    Ba’zi odamlarning soch rangini qora yoki qizilga o‘zgartirish uchun moddalar ishlatganini, shuningdek, jingalak sochlarni tekislash uchun boshqa vositalardan foydalanganini ko‘rganman. Bu ruxsat etilganmi va bu masalada yoshlar ham kattalar bilan bir xil hukmga egami?
  • Ayollar sochini qisqartirish

    Ayollarning zaruratdan sochini qisqartirishining hukmi qanday? Masalan, Britaniyada ayollar sovuq havoda qalin sochlarini yuvishda qiynalishgani sababli sochlarini qisqartiradilar.
  • Kasallik sababli soch kesish

    Xotinim sochlarining haddan ziyod to‘kilishidan shikoyat qilmoqda va unga sochini kesish bu holatni kamaytirishini aytishgan. Buni qilish joizmi?
  • Birovning soqolini olish hukmi

    Men musulmonman, soqol qo‘yganman, erkaklar sartaroshxonasining egasiman, bu mening kasbim. Ushbu kasbda mijozlarimning soqolini olaman va sochlarini to‘g‘rilash uchun fen ishlataman. Buning hukmi nima?
  • Soqolni qirish hukmi

    Soqolni oldirish yoki qisqartirishning hukmi qanday?
  • Soch va soqolni qora rangga bo‘yash hukmi

    Soqolni qora rangga bo‘yash joizmi?