Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Islomdagi firqalar va uning boshqa dinlarga ta’siri
Fatvo: 783

O'qildi: 426

07.07.2025

/ 12 Muharram 1447

Fatvo mavzusi: » »

Islomdagi firqalar va uning boshqa dinlarga ta’siri

Savol

Islom dinida nechta firqa mavjud? Islom boshqa dinlardan qanday ta’sirlangan?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Alloh qabul qiladigan yagona din – Islom dinidir. Uning birgina yo’li va yagona manhaji bor. U ham boʻlsa Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam va u kishining sahobalari ergashgan yo‘ldir. Allohning dini turli firqalarga bo‘linmaydi va har xil yo‘llarga burilmaydi. Lekin ba’zi kishilar haqdan og‘ib, Islomga hech qanday aloqasi bo‘lmagan ko‘plab turli guruhlarni tashkil etdilar. Bularga Botiniya, Qodiyoniya va Bahoiylik kabi oqimlar misol bo‘la oladi. Alloh azza va jalla Qur’oni Karimda bizni bundan ogohlantirib shunday deydi:

﴿وَأَنَّ هَٰذَا صِرَاطِي مُسْتَقِيمًا فَاتَّبِعُوهُ ۖ وَلَا تَتَّبِعُوا السُّبُلَ فَتَفَرَّقَ بِكُمْ عَنْ سَبِيلِهِ ۚ ذَٰلِكُمْ وَصَّاكُمْ بِهِ لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ   ۝١٥٣﴾

«Albatta, mana shu Mening To‘g‘ri Yo‘limdir. Bas, shu yo‘lga ergashinglar! (Boshqa) yo‘llarga ergashmangizki, ular sizlarni Uning yo‘lidan uzib qo‘yar. Shoyad taqvo qilsangiz, deb sizlarni mana shu narsalarga buyurdi» (An’om: 153).

Savolning ikkinchi qismiga kelsak, hurmatli savolberuvchi, bilishingiz kerakki, Islom Alloh taolodan kelgan sof vahiydir. U Zot uni O‘z bandalari uchun din sifatida tanladi hamda avvalgi dinlarga yakun yasab, ulardan ustun bo‘lishini xohladi. Shu bois, «Islom boshqa dinlardan ta’sirlangan» deyish noto‘g‘ri bo‘ladi.

Umid qilamizki, siz bu din haqida yanada ko‘proq o’rganasiz.

Biz esa Allohdan sizni haqiqat va to‘g‘rilik yo‘liga hidoyat qilishini so’rab qolamiz.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Haj sifati

    Haj ibodati haqida batafsilroq ma’lumot bera olasizmi?
  • Azonni ohangga solish va notoʻgʻri cho‘zish

    Azonni qo‘shiq qilib aytish va cho‘ziladigan harflarni cho‘zishning shar’iy hukmi nima? Qo‘shiqning haromligi haqidagi hadis unga (azonga) pul olishni ham o‘z ichiga oladimi? Azonni qo‘shiq qilib aytish harommi yoki yo‘qmi?
  • Qabrlardan madad so‘rovchining janozasida qatnashish

    Hayotlik davrida qabrlardan madad so‘raydigan kishi vafot etsa uning janozasida qatnashishning hukmi nima?
  • Elektron o‘yinlarini oʻynash hukmi

    Sony Playstation, Nintendo va boshqa kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan keng tarqalgan va turli-tuman elektron o‘yinlarni o‘ynash yoki bolalarga o‘ynashga ruxsat berishning shar’iy hukmi qanday?
  • Ashuro kunini aniqlash

    Bu yil Ashuro roʻzasini qanday tutamiz? Yangi oy qachon kirishi va Zulhijja oyining yigirma toʻqqiz yoki oʻttiz kunligi hali nomaʼlum. Ashuroni qanday aniqlash va roʻza tutish kerak?
  • Terini oqartirish hukmi

    Terini oqartirishning shar’iy hukmi qanday, u harommi?