Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar

Namoz


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Odob-axloq va maʼnaviyat » Odob » Janjalkash aka-uka va opa-singillarga eslatma
Fatvo: 657

O'qildi: 444

01.07.2025

/ 6 Muharram 1447

Fatvo mavzusi: »

Janjalkash aka-uka va opa-singillarga eslatma

Savol

Men opam bilan bir uyda yashayman, lekin oramizdagi ishlar doimo janjal, nizo va urishish bilan yakunlanadi. Biz bir oilamiz va men boshqa joyga ko‘chib keta olmayapman. Bunday vaziyatda qanday yo‘l tutishim kerak?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Savolda orangizdagi kelishmovchiliklarning sababi aytilmagan, ammo nima boʻlgan taqdirda ham iloji boricha tortishuvlardan chetlanib, bir-biringiz bilan kamroq muloqot qilishingiz va ikkalangiz ham ibodat, shar’iy ilmlarni oʻrganish kabi oʻzingiz uchun foydali ishlar bilan shug‘ullanishingiz lozim. Shunga o‘xshash muammolarni boshdan kechirgan ko‘plab aka-uka va opa-singillar bor. Ular bir-biridan uzoqlashganda, oralarida yana muhabbat va do‘stlik qayta tiklangan. To Alloh taolo biringizga yoki ikkingizga teng turmushga chiqishni –nikohlanishni nasib etib, bu qiyinchilikni aritguncha, sabr-toqatli bo‘ling, qalbingizni keng qiling va bir-biringizning kamchiliklarini kechirishni o‘rganing. Hayot qanchalik uzoq bo‘lmasin, ayriliq muqarrardir. Shunday ekan, ayriliq yaxshilik uzra boʻlsin. Allohdan sizlarga to‘g‘ri yo‘l koʻrsatishini, orangizni isloh aylab, qalbingizni ulfat qilishini so‘raymiz.

Payg’ambarimizga Allohning salavot-u salomlari bo‘lsin.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Ayollarning masjid yoki ilm majlislariga borishlari

    Savol beruvchi ayol shunday deydi: «Otamning ruxsatisiz ma’ruza tinglash yoki ilm olish maqsadida masjidga yoxud bir musulmonning uyidagi ilm majlisiga borishimning hukmi nima? Chunki u kishi bundan xabar topsa, albatta meni bundan to’sadi. Ammo kiyim eskirgani kabi iymon ham eskiradi, men esa munkar ishlar to‘lib-toshgan muhitda yashayotganim sababli iymonimni yangilab turishga muhtojman. Shunday ekan, u yerga bildirmay, yashirincha borishim joizmi yoki qanday yo‘l tutishim kerak?»
  • Nikohning muddati boʻladimi?

    Men Kanadada ishlayman. Bu yil o‘z vatanim Pokistonga borib, oʻsha yerda uylandim. Ma’lum sabablarga ko‘ra, Pokistondagi tashrifim paytida to‘yimiz bo‘lmadi. Nikoh aqdidan keyingi kuni «valima» (to‘y ziyofati) qildik, lekin ish zarurati bilan Kanadaga qaytishimga to‘g‘ri keldi. Hozirgacha olti oydan ortiq vaqt o‘tdi, bu vaqt ichida xotinimning Kanadadagi ish joyimga kelishi uchun viza ololmadim. Bir do‘stim menga nikohim bekor bo‘lganini, chunki nikoh aqdidan keyin olti oydan ortiq vaqt davomida toʻyim yakuniga yetmaganini aytdi. Bu to‘g‘rimi? Xotinim Kanadaga kelganidan keyin nikoh aqdini yangilashim kerakmi? Iltimos, tezroq javob bering, chunki xotinim yaqin orada Kanadaga yetib keladi.
  • Eri uylanmasligini so‘rab duo qilish va agar uylansa taloq so‘rash hukmi

    Turmush qurganimga uch yil bo‘ldi, ammo erim bilan oramizdagi kelishmovchiliklar boshidanoq davom etib kelmoqda. Hatto u meni ikki marta taloq ham qilgan. U tez jahli chiqadigan odam, ba’zan meni uradi ham. Bundan ikki hafta oldin u menga ikkinchi xotinga uylanmoqchi ekanini aytdi. Men bunga chiday olmayapman. Garchi bu shariat unga bergan huquq ekanini bilsam-da, bu mening nafsimga juda og‘ir botmoqda. Bu holatni qabul qilishimni yanada qiyinlashtirgan narsa shuki, u uylanmoqchi bo‘lgan ayol mening dugonalarimdan biri ekan. Men undan bu boradagi fikrini so‘radim, hatto unga erimga turmushga chiqmaslikni maslahat berdim va: «Senga undan ham yaxshiroq er berishini so‘rab Allohga duo qilaman», dedim. Erim bundan xabar topib g‘azablandi va bu katta gunoh ekanini, mening bunday qilishga haqqim yo‘qligini aytdi.Mening savollarim quyidagicha:– Ularning turmush qurmasliklarini so‘rab, ularning ziddiga duo qilishim joizmi? – U ayol bilan gaplashganim va uni bu niyatidan qaytarishga urinishim shariatga xilofmi? – Agar unga uylansa, taloq so‘rashim joizmi? – Agar biror narsaga qasam ichib, so‘ng qasamimni buzsam, bu katta gunohlardan sanaladimi? Bunday holatda zimmamga nima vojib bo‘ladi?Alloh sizlardan rozi bo‘lsin.
  • «Zo‘rlanishga» qarshilik koʻrsatmagan ayol

    Men 18 yil avval bir ayolga uylanganman. Ishim tufayli ko‘p safar qilishga va xotinimni yolg‘iz qoldirishga majbur bo‘lardim. Chet elga qilgan safarlarimdan qaytganimda, xotinim bir erkak uning yoniga kirib, uni o‘pganini va unga juda yosh ekanini aytganini xabar qildi.Bugun, bu voqeadan 18 yil o‘tib, xotinim o‘sha erkak uning yoniga kirib, uni o‘pganini va u bilan jinsiy aloqa qilganini, o‘zi esa unga taslim bo‘lganini aytdi. Oʻshanda u meni aldagani, haqiqatni aytmagani va bu masalada meni bexabar qoldirgani sababli o‘zimni ruhan ezilgandek his qilyapman va qattiq g‘azabdaman. Bu ruhiy tushkunlik tufayli na masjidga borishga va na namoz o‘qishga rag‘batim qolmadi.Iltimos, menga nima qilishim kerakligini maslahat bering. Nikohimiz shar’iymi? Uni taloq qilishim kerakmi? Menga yordam bering. Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.
  • Xotin eri uni taloq qilganini da’vo qildi, er esa inkor etdi

    Ikkinchi xotinga uylanganim sababli ayolim sud orqali ajrashishni talab qilyapti va bu qarorida qat’iy turibdi. Lekin sudda u bu narsani (ya’ni ajrashish talabining asl sababini) aytmayapti, aksincha, meni bir necha bor taloq so‘zini aytgan deb da’vo qilmoqda. Vaholanki, bunday gap aslo bo‘lmagan.Shuni ham aytib o‘tish joizki, biz o‘ttiz yildan ortiq vaqtdan beri birga yashaymiz, olti nafar o‘g‘il-qizimiz bor.
  • Balog‘atga yetgan erkak kishi onasi bilan bir to‘shakda uxlashi joizmi?!

    Men 19 yoshdaman va balogʻat yoshidan oʻtdim. Kechasi onam bilan bir to‘shakda yotishim joizmi?