Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar

Namoz


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » KA’BANI TAVOF QILISHNING MOHIYATI VA MAQSADI
Fatvo: 481

O'qildi: 1,448

28.06.2025

/ 3 Muharram 1447

Fatvo mavzusi: » » »

KA’BANI TAVOF QILISHNING MOHIYATI VA MAQSADI

Savol

Ka’bai Muazzamani tavof qilishning mohiyati va maqsadini bilmoqchi edim. Nima uchun tavof paytida Ka’ba ziyoratchining chap tomonida bo‘lishi lozim? Tavof faqat Makkada bo‘ladimi yoki u kundalik ibodat hammi? Siz taqdim etadigan har bir ma’lumot uchun benihoya minnatdorman.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Tavof qilishda Ka’bani chap tomonda tutish va atrofida aylanishning asosiy sababi Nabiy sollallohu alayhi va sallamning sunnatlariga ergashishdir. Alloh taolo aytganidek:

﴿وَأَطِيعُواْ ٱلرَّسُولَ لَعَلَّكُمۡ تُرۡحَمُونَ ۝٥٦﴾

«Va payg‘ambarga boʻysuninglar. Shoyad rahmatga erishsangizlar» (Nur: 56).

Yana aytadi:

﴿قُلۡ إِن كُنتُمۡ تُحِبُّونَ ٱللَّهَ فَٱتَّبِعُونِي يُحۡبِبۡكُمُ ٱللَّهُ وَيَغۡفِرۡ لَكُمۡ ذُنُوبَكُمۡۚ وَٱللَّهُ غَفُورٞ رَّحِيمٞ ۝٣١﴾

«(Ey Muhammad alayhissalotu vassalom), ayting: «Agar Allohni sevsangiz, menga ergashinglar. Shunda Alloh sizlarni yaxshi koʻradi va gunohlaringizni mag‘firat qiladi. Alloh (gunohlarni) mag‘firat qilguvchi, mehribondir» (Oli Imron: 31).

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam Haj va Umra amallari haqida:

«لِتَأْخُذُوا عَنِّي مَنَاسِكَكُمْ»

«Haj amallaringizni mendan o‘rganinglar», deganlar (Sahihi Muslim, 1297).

Ushbu dalillar musulmon kishi uchun belgilangan yo‘nalishda tavof qilishiga yetarli sababdir va bizga boshqa sabablar kerak emas, masalan buni falaklar harakati, yulduzlar yoki sayyoralarning aylanishi va boshqalar bilan bog‘lashga hojat yo‘q. Chunki musulmon kishi tabiatan Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan sobit bo‘lgan har bir narsaga iymon keltiradi, bo‘ysunadi va amal qiladi. Agar uning sababi yoki hikmatini bilsa, buning uchun Allohga hamdlar bo‘lsin, aksi taqdirda u Alloh va Rasulining amriga bo’ysungani, unga ergashgani hamda amrini bajargani uchun ajr-u savob oladi.

Bu aylanish Ka’baga xos bo‘lib, undan boshqa joylarda ibodat sifatida bajarilmaydi.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Homilador ayol haj qilishi joizmi?

    Homilador ayol umra va haj ibodatlarini ado etishi joizmi? Homiladorlik muddati bunga ta’sir qiladimi (masalan, to‘rtinchi oyda bo‘lishi sakkizinchi oyga nisbatan)? Chunki ayol tiqilinch tufayli yiqilishi yoki kasal bo‘lishi mumkin.
  • Hayvonning surati bor kiyimni sotib olish hukmi

    Mahsulotlariga o‘z logotipini qo‘yadigan, unda hayvon surati bo‘lgan shirkatlarning kiyimlari va mahsulotlaridan foydalanishning hukmi nima? Agar suratda faqat hayvonning boshi bo‘lsa, hukm o‘zgaradimi? Agar hayvon tanasining aytim qismlari bo‘lmay, balki faqat uning shaklining umumiy ko‘rinishi bo‘lsa, hukm o‘zgaradimi?
  • Qizlarning mahramsiz umra qilishi joizmi?

    Akamning o‘g‘illari bilan umraga bormoqchiman, qizlarim ham men bilan. Qizlarimning umraga borishlari joizmi?
  • Mahram topa olmagan ayolga umra vojib boʻladimi?

    Umra amalini ado etmoqchi edim, lekin mahramim yo‘qligi meni bundan toʻsyapti, shu sababli juda xafaman. Erim doim ish bilan band, ishini 8-10 kunga ham qoldira olmaydi. Iltimos, ayting-chi, bunday vaziyatda qanday qilib umraga borishim mumkin?
  • Mahramsiz umraga borish joizmi?

    26 yoshli qiz onasi va ishonchli hamrohlar bilan umraga borishi joizmi? Uning aka-uka, ota yoki er kabi mahrami yo‘q. Shuni ham aytish kerakki, u ayol mahrami yo‘qligi sababli umra vojib bo‘lmasa ham, bu amalni bajarishni juda xohlayapti. Shuningdek, agar onasi umra safariga borsa, bu qiz bir oʻzi, yolg‘iz qolishga majbur bo‘ladi.
  • Tarmoqli marketing hukmi

    «Tarmoqli marketing» yoxud «Majburiy matritsa tizimi» shunday tizimki, unda bir kishi kompaniyaga 10 dollar to‘laydi. Shundan so‘ng, kompaniya va (tizimda avvaldan tanlangan) yana to‘rt kishining har biriga 2 dollardan o‘tkazib beriladi. Bu bir martalik to‘lov bo‘lib, to‘lovni amalga oshirgan kishi tizimga qo‘shiladigan yangi a’zolar ham shunday qilishini kutadi. Har safar yangi a’zo qo‘shilganda, tizimdagi har bir ishtirokchi 2 dollardan oladi, chunki yangi a’zolar to‘lovni bevosita o‘zidan yuqoridagi to‘rt kishiga to‘laydi. Kompaniya esa har bir a’zodan xizmat haqi sifatida o‘zining 2 dollarini olib qoladi. Ushbu dasturga qo‘shilish halolmi? Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.