Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Haj va umra masalalari » Ayolning mahramsiz safar qilishi » Ayol kishining mahramsiz safar qilishi haromligi va mahramlik shartlari
Fatvo: 316

O'qildi: 737

20.06.2025

/ 24 Zulhijja 1446

Fatvo mavzusi: »

Ayol kishining mahramsiz safar qilishi haromligi va mahramlik shartlari

Savol

Onam, inshaalloh, umra ibodatini ado etish uchun safar qilmoqchi. Ammo uning eri va aka-ukalari u bilan birga bora olmaydi. Amakisining oʻgʻli, u onamga qayni bo‘ladi, va opasining eri opasi bilan birga hajga ketmoqda. Onam umra amallarini bajarish uchun ular bilan birga safar qilishi joizmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Islom dini ayolni muhofaza qilish maqsadida unga mahram bilan safar qilishni vojib qilgan, toki u shahvatparast va tuban niyatli kishilardan himoyada boʻlishi, shuningdek, mashaqqatli safarda zaifligi sababli mahrami unga yordam berishi uchun. Shuning uchun ayolning mahramsiz safar qilishi joiz emas. Chunki Sahihi Buxoriyda kelgan hadisda:

عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ : أَنَّهُ سَمِعَ النَّبِيَّ يَقُولُ: «لَا يَخْلُوَنَّ رَجُلٌ بِامْرَأَةٍ وَلَا تُسَافِرَنَّ امْرَأَةٌ إِلَّا وَمَعَهَا مَحْرَمٌ فَقَامَ رَجُلٌ فَقَالَ: يَا رَسُولَ اللهِ اكْتُتِبْتُ فِي غَزْوَةِ كَذَا وَكَذَا وَخَرَجَتِ امْرَأَتِي حَاجَّةً قَالَ: اذْهَبْ فَحُجَّ مَعَ امْرَأَتِكَ».

Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «U kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamning «Er kishi ayol kishi bilan zinhor xoli qolmasin! Mahrami birga bo‘lmasa, ayol kishi zinhor safar qilmasin!» deyayotganlarini eshitibdi. Shunda bir kishi turib: «Ey Allohning Rasuli, men falon-falon g‘azotga yozilgan edim, ayolim esa haj qilib yo‘lga chiqqan», debdi. U zot: «Bor, ayoling bilan haj qil», debdilar» (Sahihi Buxoriy, 3006).

 

Mahramning vojibligiga dalil shuki, Paygʻambar sollallohu alayhi va sallam bu kishiga, garchi u gʻazotlardan biriga yozilgan boʻlsa ham, jihodni tark etishni buyurdilar. Ayolning safari sayohat yoki shubhali safar uchun emas, aksincha, toat-ibodat boʻlgan haj uchun edi. Shunga qaramay Paygʻambar sollallohu alayhi va sallam unga xotini bilan haj qilish uchun qaytishni buyurdilar.

 

Ulamolar mahramda beshta xislatni shart qilishgan:

  • Erkak boʻlishi;
  • Musulmon boʻlishi;
  • Balogʻatga yetgan boʻlishi;
  • Aqli-raso boʻlishi;
  • Ayolga nikohlanishi abadiy harom boʻlishi. Masalan ota, aka, amaki, togʻa, erning otasi, onaning eri, emikdosh aka-uka va shunga oʻxshashlar. Ammo vaqtinchalik harom boʻlgan kishilar bundan mustasno, masalan opa-singlisining eri, ammasining eri, xolasining eri).

Shunga koʻra, erining akasi, amakisining oʻgʻli yoki togʻasining oʻgʻli mahramlar qatoriga kirmaydi, shuning uchun ayolning ular bilan safar qilishi joiz emas.

 

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

1

O’xshash fatvolar

  • Hojilar duch keladigan qiyinchiliklar

    Haj qilmoqchi bo‘lgan kishi duch keladigan qiyinchiliklar nimalardan iborat?
  • Musulmonning ruhiyati va hayotiga hajning ta’siri

    Haj ibodati musulmon kishining nafsi va hayotiga qanday ta’sir etadi?
  • Kanadalik yigitning hajga oid savoli

    Haj deb nimaga aytiladi?
  • E’tikof oʻtirish hukmi

    E’tikofning hukmi nima?
  • E’tikof qanday masjidda durust bo‘ladi?

    E’tikof har qanday masjidda durust bo‘ladimi?
  • Shaʼbonda umraga ehrom bogʻlab, uni ramazonda ado etsa, ramazondagi umraning ajri beriladimi?

    Shaʼbon oyining soʻnggi kuni shom azoni aytilishidan oldin bir kishi umra uchun ehromga kirdi. Shom namozidan keyin esa Ramazon oyi boshlanganini eʼlon qilishdi. Bu kishining umrasi Ramazon umrasi hisoblanadimi yoki yoʻqmi? Vaziyat quyidagicha: u quyosh botishidan avval niyat qilib ehromga kirgan va Ramazon kechasida umrani ado etgan.