O'qildi: 27
20.04.2026
/ 3 Zulqada 1447
Fatvo mavzusi: Haj va umra taʼrifi
Javob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Haj – bu manosiklarni, ya’ni Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan u zotning hajlari sifatida kelgan amal va so‘zlarni ado etish uchun Allohning uyi bo‘lmish muqaddas Ka’bani qasd qilishdir. Bular Baytullohni yetti marta tavof qilish, Safo va Marva tepaliklari orasida yetti marta sa’y qilish, Arafotda turish, Muzdalifa va Minoda tunash hamda Jamarotda shaytonga tosh otish kabi bir qancha amallardan iboratdir. Unda bandalar uchun Allohga tavhidni e’lon qilish, hojilar uchun ulkan mag‘firat, musulmonlar o‘rtasida tanishuv, din ahkomlarini o‘rganish va boshqa ko‘plab ulkan manfaatlar bor. Ey birodar, yosh boʻlishingizga va Kanadada yashayotganingizga qaramay, haj haqida savol berishga qiziqishingiz tahsinga sazovor yaxshi ishdir. Allohdan sizga Uning uyini haj qilish va farzingizni ado etish imkonini berishini so‘raymiz. Payg‘ambarimiz Muhammadga salavot va salomlar bo‘lsin.
Alloh bilguvchiroqdir.
Manba: Shayx Muhammad Solih al-Munajjid.
Bu javob foydali bo’ldimi?