Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Gunohi kabiralar
Fatvo: 2380

O'qildi: 192

22.12.2025

/ 2 Rajab 1447

Fatvo mavzusi:

Gunohi kabiralar

Savol

Qaysi gunohlar katta gunohlar (gunohi kabiralar) sarasiga kiradi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Quyida bir qancha gunohi kabiralarni sanab oʻtamiz:

  • Allohga shirk keltirish;
  • Qabrlarga sig‘inish;
  • Allohdan boshqaga atab qurbonlik qilish;
  • Haromni halol, halolni harom qilish;
  • Sehrgarlik, kohinlik va folbinlik;
  • Burj va yulduzlarning hodisalar va insonlar hayotiga ta’siri bor deb e’tiqod qilish;
  • Allohdan boshqa narsalar foyda yoki ziyon keltiradi, deb e’tiqod qilish;
  • Ibodatlardagi riyokorlik;
  • Shumlanish yoxud irim qilish;
  • Allohdan boshqa bilan qasam ichish;
  • Munofiq va fosiq kishilar bilan ulfat bo‘lish;
  • Namozda xotirjam turmaslik;
  • Namozda behuda va oshiqcha harakat qilish;
  • Muqtadiyning imomdan o‘zib ketishi;
  • Sarimsoq, piyoz kabi badbo‘y narsalarni iste’mol qilib masjidga kelish;
  • Zino;
  • Bachchabozlik;
  • Ayol kishi shar’iy uzrsiz erining to‘shagidan bosh tortishi;
  • Ayol kishi shar’iy sababsiz eridan taloq so‘rashi;
  • Zihor;
  • Hayz paytida ayoliga qo‘shilish;
  • Ayolining orqa avratiga yaqinlik qilish;
  • Xotinlar o‘rtasida adolat qilmaslik;
  • Nomahram ayol bilan xilvatda qolish;
  • Nomahram ayollar bilan qo‘l berib ko‘rishish;
  • Ayollar atir-upa sepib ko‘chaga chiqishlari;
  • Ayollarning mahramsiz safar qilishlari;
  • Begona ayollarga qarash;
  • Dayuslik;
  • Yolg‘ondan bolani o‘z otasidan boshqaga nisbat berish va kishining o‘z farzandidan tonishi;
  • Sudxo‘rlik;
  • Molning aybini yashirib sotish;
  • Yolg‘on xaridorlik;
  • Juma namozining ikkinchi azonidan keyin savdo qilish;
  • Qimor o‘ynash;
  • O‘g‘rilik;
  • Pora olish va berish;
  • Birovning yerini tortib olish;
  • O‘rtaga tushgani uchun hadya olish;
  • Ishchini ishlatib, haqini bermaslik;
  • Farzandlar o‘rtasida adolat qilmaslik;
  • Muhtoj bo‘lmasa ham tilanchilik qilish;
  • Qaytarmaslik niyatida qarz olish;
  • Harom yeyish;
  • Mast qiluvchi ichimliklar ichish;
  • Tilla va kumush idishlardan foydalanish;
  • Yolg‘on guvohlik berish;
  • Kuy va qo‘shiq eshitish;
  • Gʻiybat;
  • Chaqimchilik;
  • Birovning uyiga beruxsat mo‘ralash;
  • Uch kishi bo‘lganda biri qolib, ikkisining pichirlashishi;
  • Kiyimni to‘piqdan tushirib kiyish;
  • Erkaklarning tilla taqishi;
  • Ayollarning kalta, yupqa va tor kiyim kiyishlari;
  • Soch ulatish;
  • Ayol va erkaklar kiyinish, gapirish va tashqi ko‘rinishda bir-birlariga taqlid qilishi;
  • Sochni qoraga bo‘yash;
  • Kiyim, devor, qog‘oz va shu kabilarga jonzotlar rasmini chizish;
  • Yolg‘ondan tush ko‘rdim deyish;
  • Qabr ustiga o‘tirish, uni oyoq bilan bosish va qabristonda hojat chiqarish;
  • Siydikdan saqlanmaslik;
  • Gap poylash;
  • Yomon qo‘ni-qo‘shnichilik;
  • Vasiyat orqali zarar yetkazish;
  • Narda o‘ynash;
  • Nohaq qarg‘ash;
  • Musibat yetganda ovoz chiqarib yig‘lash;
  • Yuzga urish va tamg‘a bosish;
  • Biror shar’iy sababsiz musulmon bilan uch kundan ortiq arazlashish.

Ushbu sanab oʻtilgan gunohlar haqida batafsil ma’lumotni saytimizning «Kitoblar bo‘limi»dagi «Ko‘pchilik odamlar yengil sanagan harom amallar» kitobidan topishingiz mumkin. Kitob bogʻichi: https://fatvolar.com/kitob/harom-amallar/

Vallohu a’lam.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

3

O’xshash fatvolar

  • Bankda ishlash joizmi?

    Menga bir bankning kompyuter bo‘limida tizim muhandisi bo‘lib ishlaydigan kishidan sovchi keldi. Bu kasbning hukmini bilmoqchi edim. Yigitning daromadi halolmi yoki yoʻqmi degan xavotirdaman. Ushbu kasbdan keladigan daromad halolmi yoki harommi?
  • Xayriya mablagʻlaridan zakot berish vojibmi?

    Bir guruh odamlar ma’lum miqdorda pul yig‘ib, bu pulni ulardan birortasining boshiga tushadigan musibatlar, masalan, qasdsiz qotillik diyasi (xun puli) uchun ajratib qoʻyishdi. Soʻng bu pulni investitsiya qilish uchun tijoratga kiritdilar va undan keladigan foyda o‘zaro kelishilgan xayriya maqsadlariga sarflanadi. Bu puldan zakot berish vojib bo‘ladimi? Shuningdek, insonlar zakotini ushbu xayriya jamg‘armasiga berishlari joizmi?
  • Musulmon va kofir bir-biridan meros oladimi?

    Musulmon kishi kofir qarindoshi o‘lsa, undan meros oladimi? Buning aksi boʻlsa-chi? Islom dinida turli din vakillarining bir-birlaridan meros olishlarining hukmi qanday?
  • Hojilar duch keladigan qiyinchiliklar

    Haj qilmoqchi bo‘lgan kishi duch keladigan qiyinchiliklar nimalardan iborat?
  • Musulmonning ruhiyati va hayotiga hajning ta’siri

    Haj ibodati musulmon kishining nafsi va hayotiga qanday ta’sir etadi?
  • Qarzdor qarz bergan kishini topa olmasa, nima qiladi?

    Bir necha yil oldin bir do‘stimdan qarz olgan edim, lekin uning qayerdaligini bilmayman, uni uzoq vaqt izladim, lekin topa olmadim. Bu menga katta tashvish tug‘dirmoqda. Qarz olgan pulimni nima qilishim kerak? Shuningdek, men qarz olgan valyutaning qiymati so‘nggi yillarda pasayib ketdi. Men pulni olganimdek qaytarishim shartmi yoki valyutaning qadrsizlanishi ahamiyatsizmi?