Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar

Namoz


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Roʻza masalalari » Roʻzadorga ruxsat berilgan ishlar » Ro‘zador kishi xotinini quchoqlashi joizmi?
Fatvo: 14315

O'qildi: 47

13.08.2026

/ 30 Safar 1448

Fatvo mavzusi: »

Ro‘zador kishi xotinini quchoqlashi joizmi?

Savol

Yaqinda uylandim. Ramazon oyida ro‘za tutgan holda, saharlikdan so‘ng yotaman va ba’zan yonimda xotinim ham bo‘ladi. Uni quchoqlashim ro‘zamga ta’sir qiladimi? Ro‘zador kishi uchun qaysi ishlar joiz, qaysilari harom yoki ro‘zani buzuvchi hisoblanadi? Shu haqda tushuntirish bersangiz.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Javobning qisqacha mazmuni:

Ramazonda kunduzi xotinni quchoqlash va erkalatish, agar er o‘zini tiya olsa va bu maniy chiqishiga yoki jinsiy aloqaga olib bormasa, joizdir. Maziy chiqishi esa ro‘zani buzmaydi.

 

Javob:

Alloh taologa hamd-u sanolar, Payg‘ambarimizga salavot va salomlar bo‘lsin.

Musulmon kishi ro‘zasini buzadigan narsalardan saqlanishi, taom, ichimlik va jinsiy shahvatini tark etishda ajr umid qilishi vojibdir. Ro‘zadorning fazli haqidagi hadisda kelganidek:

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ ﵁: أَنَّ رَسُولَ اللهِ ﷺ قَالَ: «…يَتْرُكُ طَعَامَهُ وَشَرَابَهُ وَشَهْوَتَهُ مِنْ أَجْلِي…»

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: … (Alloh taolo:) «(Bandam) taomi, ichimligi va shahvatini Meni deb tark qiladi…», deb aytgan», dedilar» (Sahihi Buxoriy, 1894; Sahihi Muslim, 1151). Lekin agar u o‘zini tiya olsa, nazorat qila olsa va ro‘zasini buzadigan maniy chiqishi yoki jinsiy aloqaga olib boradigan holatga tushib qolmasa, yoki ro‘zasini nuqsonli qiladigan maziy chiqishiga olib bormasa, u holda xotinini erkalatishi joizdir. Chunki Nabiy sollallohu alayhi va sallam Oisha roziyallohu anhoni erkalatar, shu bilan birga shahvatlarini ham tiya olardilar.

Shayx Abdulaziz ibn Boz aytadi:

«Kishining ro‘zador holida xotinini o‘pishi, erkalatishi va jinsiy aloqadan boshqa turdagi yaqinlik qilishi, bularning barchasi joizdir va buni zarari yo‘q. Chunki Nabiy sollallohu alayhi vasallam ro‘zador hollarida ayollarini o‘par va mubosharat qilar edilar. Lekin erkak shahvati tez bo‘lgani bois Alloh harom qilgan narsaga tushib qolishdan qo‘rqsa, unga bu ish makruh bo‘ladi. Agar maniy to‘ksa, unga (kun oxirigacha yeb-ichishdan) tiyilish va qazosini tutish vojib bo‘ladi, lekin jumhur ahli ilm nazdida kafforat o‘tamaydi. Maziyga kelsak, u ikki so‘zning sahihrog‘iga ko‘ra ro‘zani buzmaydi. Chunki asl – salomatlik va ro‘zaning buzilmasligidir va undan saqlanish mashaqqatlidir. Alloh tavfiq beruvchidir». (Shayx Ibn Boz fatvolari, 4-jild, 202-bet).

Ko‘proq foyda olish uchun quyidagi javoblarga murojaat qilishingizni tavsiya qilamiz: 49614, 49750, 1672, 12329.

Alloh bilguvchiroqdir.

Manba: Shayx Muhammad Solih al-Munajjid

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Ramazonda shaytonlar kishanlanishiga qaramay, nega esnaymiz. Televideniye orqali tasvirlarni uzatish harommi?

    Ma’lumki, esnash shaytondandir. Ramazonda shaytonlar kishanlanishiga qaramasdan, nima uchun esnaymiz?Shuningdek, insonni suratga olish harom ekani ma’lum, unda televideniye orqali tasvirlarni uzatish harom hisoblanadimi?
  • Ramazonda junublikdan poklanishni tong otguncha kechiktirish

    Saharlikdan oldin ehtilom bo‘ldim va g‘usl qilishga imkonim yo‘q edi. G‘usl qilishdan qattiq uyalardim, chunki ota-onam bu haqda (ehtilom bo‘lganimni) bilib qolishardi. Shu sababli saharligimni g‘usl qilmasdan yedim. Afsuski, shu kuni ertalab bomdod namozini ham o‘qimadim, lekin keyinroq g‘usl qilib, namozimning qazosini o‘qidim. Ro‘zam qabul bo‘lganmi yoki yo‘qmi, shuni bilmoqchiman, chunki junub holda saharlik qilganim xato boʻldimi degan gumondaman.
  • Ro‘za holatida og‘iz chayishning hukmi

    Ro‘za holatida tahorat olayotganda og‘izga suv olish joizmi?
  • Ro‘zada tirnoq va tuklarni olish

    Ro‘zador tirnoqlarini olmasligi yoki qovuq tuklarini tozalamasligi kerak, degan fikr to‘g‘rimi?
  • Ehtilom bo‘lish ro‘zani buzadimi?

    Ramazon kunlaridan birida bomdod namozidan keyin uxlab qoldim va ehtilom bo‘lib, maniy chiqdi. Bu holat mening nazoratimdan tashqarida yuz berdi. Agar o‘sha kuni ro‘zani davom ettirib, kunni ro‘zador holatda yakunlasam, ro‘zam qabul bo‘ladimi?Ikkinchi savol: Bu turdagi tushlar iblisdandir, lekin u Ramazonda zanjirband qilingan-ku (unda qanday qilib ehtilom bo‘ldim)?
  • Bachadondan namuna olish ro‘zani buzadimi?

    Ro‘za tutgan ayol bachadon bo‘ynidan surtma (mazok) topshirishi joizmi?