Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Sahv sajdasi namozdagi shubha paytida
Fatvo: 211

O'qildi: 178

Iyun 16, 2025

/ 20 Zulhijja 1446

Fatvo mavzusi: » » »

Sahv sajdasi namozdagi shubha paytida

Savol

Bir kishi namozda necha rakat oʻqiganida shak qilib qolsa, namozini qanday toʻgʻrilashi lozim? Baʼzilar bir marta salom berib, keyin sajdai sahv qilish kerak desa, boshqalar avval namozni tugatib, keyin sajdai sahv qilish kerak deyishmoqda. Bu masal juda chalkash, iltimos tushuntirib bersangiz.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Sajdai sahv namozning ruknlari, vojiblari yoki rakatlarida ortiqchalik yoki kamchilikka yoʻl qoʻyilganda yoki shak hosil boʻlganida vojib boʻladi. Quyidagi savol namozda rakatlarning adadida shak qilishga taluqli boʻlib, buning javobi quyidagicha:

Birinchidan: Shak bu – ikki ehtimollik ishning oʻrtasida ikkilanishdir.

Ikkinchidan: Kim salom bergandan keyin shubhalansa, bu shubhaga eʼtibor bermaydi. Masalan, kimdir peshin namozini oʻqib boʻlganidan soʻng: peshinni uch rakat oʻqidimmi yoki toʻrt rakatmi? – deb ikkilansa, bu shubhaga aniq bir dalil va aniqlik boʻlmasa eʼtibor bermaydi. Aks holda bu ibodatda vasvasani keltirib chiqaradi. 

Uchinchidan: Kim namoz oʻqish asnosida shubhalansa, u ikki holatdan xoli emas:

Birinchi holat:
U gʻolib gumon bilan toʻgʻrirogʻini bilish imkoniga ega boʻlsa, gumonni ustunligiga qarab amal qiladi va sajdai sahvni salomdan keyin qiladi.
Buning dalili: Abdulloh ibn Masʼud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi — «Nabiy sollallohu alayhi va sallam namoz oʻqidilar. (Rivoyat qiluvchilardan biri shubha qilganidek) «Koʻpaytirib yubordilarmi, kamaytiribmi, bilmayman», deydi. Salom berganlarida, «Ey Allohning Rasuli, namozda biron yangilik boʻldimi?» deyildi. «Nima boʻldi?» dedilar. «Siz bunday-bunday namoz oʻqidingiz», deyishdi. Shunda qiblaga yuzlandilar, choʻkkaladilar va ikki sajda qildilar, soʻng salom berdilar. Soʻng, bizga yuzlanib: «Namozda biron yangilik boʻlganida, sizlarga albatta xabar bergan boʻlar edim. Lekin men ham sizlar kabi insonman. Sizlar unutganingiz kabi unutaman. Agar unutsam, eslating. Sizlardan biringiz namozida ikkilansa, toʻgʻrisini (koʻngli taskin topganini) tanlasin va shu asosda tugallasin. Keyin salom bersin, soʻng ikki marta sajda qilsin», dedilar». (Buxoriy rivoyati: 401)

Ikkinchi holat:
Agar unda ikki ehtimoldan biri gʻolib kelmasa, u holda kam boʻlganini asos qilib oladi va salomdan oldin sajdai sahv qiladi. Masalan, bir kishi peshin namozini oʻqib turib, «uch rakat oʻqidimmi yoki toʻrtmi?» deb shubhalansa va hech qaysinisi ustun koʻrinmasa, u holda eng ozini oladi, yaʼni uch rakat. Keyin bir rakat qoʻshib oʻqiydi, keyin tashahhudda oʻtirib, salom berishdan oldin sajdai sahv qiladi.
Buning dalili:
Ab-u Saʼid Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday dedilar: «Birortangiz namozida shak qilib qolsa, uch rakʼatmi, toʻrt rakʼatmi, qancha oʻqiganini bilmay qolsa, shakni tashlab, aniq ishonganiga qarab davom ettirsin. Keyin salom berishdan oldin ikki sajda qilsin. Agar besh rakʼat oʻqib qoʻygan boʻlsa, bu ikki sajda uning namozini juftlab qoʻyadi, toʻrt rakʼat toʻliq oʻqigan boʻlsa, bu ikki sajda shaytonning burnini yerga ishqash boʻladi».
— Imom Muslim rivoyati, «Sahih» №571.

«…كانتا ترغيمًا للشيطان» —  degan soʻzining maʼnosi: shaytonni gʻazabga solish, xorlash va uning namoz oʻquvchiga vasvasa va adashtirish orqali maqsad qilgan niyatini muvaffaqiyatsizlikka uchratib, u haqoratlangan holda qaytarilishi.
— an-Navaviy, Sharh Sahih Muslim, 5/60

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Qiblaning Baytul Maqdisdan Ka’baga o‘zgartirilish sababi

    Musulmonlar nima uchun avval Baytul Maqdisga qarab namoz o‘qiganlarini va nima uchun qibla Ka’baga o‘zgartirilganini bilmoqchiman? Alloh sizga yaxshilik ato etsin.
  • Ro‘za tutishga targ‘ib qilish uchun jamoat iftorini uyushtirish

    Odamlarni nafl ro‘za tutishga targ‘ib qilish uchun jamoaviy iftor tashkil etish hukmi borasidagi fikringiz qanday?
  • Shar’iy ilm masalalarida garov o‘ynash hukmi

    Ba’zi talabalar shar’iy ilmni o‘rganish jarayonida, ma’lum bir masalada kim xato qilsa, to‘g‘ri javob bergan kishiga kitob sotib olib berishi kerakligi haqida bahs o‘ynashadi. Bu shariat nuqtai nazaridan joizmi?
  • Haq din izlayotgan tadqiqotchidagi shak-shubhalar

    Men Islom diniga qiziquvchi g‘ayrimusulmonman va izlanishlarim davomida meni hayratlanlantirgan ba’zi ma’lumotlarga duch keldim. Men Ibrohim va Ismoil Ka’badan barcha butlarni olib tashlashgan, lekin «Iloh» degan bir but qolgani haqida ma’lumot o’qidim. Unda «Alloh» ismi shundan olingan va bu iloh butparastlikda oy xudosi bo‘lgan, uning ramzi hilol bo‘lgan va ramazon oyi oy harakatiga qarab belgilanishi aytilgan. Men bunday din mavjud bo‘lganmi yoki yo‘qmi va Islom haqiqatan ham butparastlik an’anasiga bog‘liqmi, shu haqida bilmoqchi edim.
  • Xom go‘sht yeyish hukmi

    Mening savolim shuki, ba’zi jamiyatlarda xom go‘sht yeyishga ishqiboz odamlar bor. Islomning bu masaladagi hukmi qanday? Ya’ni, bu joizmi yoki yo‘qmi?
  • Yeyilishi mumkin bo‘lmagan dengiz hayvonlari bormi

    Yeyilishi mumkin bo‘lmagan dengiz hayvonlari bormi?