O'qildi: 340
20.03.2026
/ 1 Shavvol 1447
Fatvo mavzusi: Ramazon » Turli munosabatlarga oid namozlar
Savol
Ramazon yoki Qurbon hayiti bilan haftaning juma kuni jamlanib qolsa, hayit namoziga hozir bo‘lgan kishiga juma namozi vojib bo‘ladimi yoki hayit namozi bilan kifoyalanib, juma o‘rniga peshin o‘qiydimi? Masjidlarda peshin namoziga azon aytiladimi yoki yo‘qmi?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Alloh taologa hamd-u sanolar, Payg‘ambarimizga salavot va salomlar bo‘lsin.
Bu masalada marfu’ hadislar va mavquf asarlar mavjud, jumladan:
Iyyos ibn Abu Ramla Shomiydan rivoyat qilinadi: «Muoviya ibn Abu Sufyonning Zayd ibn Arqamdan «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan bir kunda ikki iyd (hayit va juma) jam bo‘lganini ko‘rganmisan?» deb so‘raganini ko‘rdim. «Ha», dedi u. «U zot nima qildilar?» degan edi, «Hayit namozini o‘qidilar. So‘ng juma(namozini o‘qimaslik)ga ruxsat berib, «Kim o‘qishni xohlasa, o‘qiyversin», dedilar», dedi» (Abu Dovud, 1070; Ibn Moja, 1310; Dorimiy, 1653 Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Taxrijul Muhallo», 5/89).
Ushbu hadisni Ahmad, Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Moja, Dorimiy, shuningdek, Hokim «Mustadrak»da rivoyat qilgan. Hokim aytgan: «Bu hadisning isnodi sahih, biroq Buxoriy va Muslim uni rivoyat qilmagan. Uning Muslim shartlariga mos keladigan shohidi bor». Zahabiy ham bu fikrga qo‘shilgan. Navaviy «Majmu’»da: «Isnodi jayyid (yaxshi)», degan.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Bu kuningizda ikki iyd jam bo‘ldi. Kim xohlasa, u (iyd namozi) jumaga kifoya qiladi, biz esa juma o‘qiymiz» (Abu Dovud, 1073; Ibn Moja, 1311; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihi Abu Dovud», 1073).
Ibn Umardan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam davrlarida ikki iyd bir kunga to‘g‘ri kelib qoldi. U zot odamlarga namoz o‘qib berdilar, so‘ng dedilar: «Kim jumaga kelmoqchi bo‘lsa, kelsin. Kim qoldirmoqchi bo‘lsa, qoldirsin» (Ibn Moja, 1312; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihi Ibn Moja», 1091).
Imom Tabaroniy «Mo’jamul kabir» asarida quyidagi lafzlar bilan rivoyat qilgan: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zamonlarida ikki bayram – Iyd al-Fitr (Ramazon hayiti) va juma kuni bir kunga to‘g‘ri kelib qoldi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u zot bilan bo‘lganlarga hayit namozini o‘qidilar, so‘ng ularga yuzlanib: «Ey odamlar, sizlar yaxshilik va ajrga erishdingiz. Biz esa jamlaymiz (ya’ni, iyd namozini ham, juma namozini ham oʻqiymiz). Kim biz bilan jamlashni istasa, jamlasin. Kim ahliga qaytmoqchi bo‘lsa, qaytaversin», dedilar».
Abdulloh Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu kuningizda ikki iyd jam bo‘ldi. Kim xohlasa, u (iyd namozi) jumaga kifoya qiladi, biz esa juma o‘qiymiz, inshaalloh», dedilar» (Ibn Moja, 1311; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihi Ibn Moja», 1090).
Zakvon Abu Solihdan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam davrlarida ikki iyd – juma kuni va hayit kuni – jamlandi (bir kunga toʻgʻri kelib qoldi). Shunda u zot (Iyd) namozini o‘qidilar, so‘ng o‘rinlaridan turib, odamlarga xutba qildilar va: «Batahqiq, sizlar zikr va yaxshilikka erishdingiz. Biz esa juma namozini o‘qiymiz. Kim (uyida) oʻtirishshni istasa, oʻtirsin, kim juma namozini oʻqishni xohlasa, oʻqisin», dedilar» («Sunanul Kubro lil-Bayhaqiy», 6289; «Hadis roviylari «Sahih» roviylari kabi ishonchli, lekin u mursaldir». Manba: «Shuayb Arnaut: Taxrij mushkil al-osor», 1156).
Ato ibn Rabohdan rivoyat qilinadi: «Ibn Zubayr iyd kuni juma tongida bizga (iyd) namozni o‘qib berdi. So‘ng jumaga borgan edik, oldimizga chiqmadi. (Peshin) namozni o‘zimiz alohida-alohida o‘qidik. Ibn Abbos Toifda edi. Kelganida bu haqda unga aytgan edik, «Ayni sunnatni qilibdi», dedi» («Abu Dovud», 1071; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Shuayb Arnautning «Sunani Abu Dovud» taxriji», 1071).
Ibn Xuzayma bu hadisni boshqa lafz bilan rivoyat qilib, oxirida qo‘shimcha qilgan: «Ibn Zubayr: «Umar ibn Xattobni, agar ikki hayit jamlansa, shunday qilganini ko‘rganman» dedi».
Abu Ubayd yana dedi: «Keyin Usmon ibn Affon bilan (qurbon hayitiga) qatnashdim. Juma kuni edi. U xutbadan oldin namozni o‘qidi-da, so‘ng xutba qilib, shunday dedi: «Hoy odamlar! Bu sizlarga ikkita bayram jamlangan kundir! Avoliy* ahlidan kim jumani kutishni istasa, kutsin, kim qaytishni istasa, men unga izn berdim» (Sahihi Buxoriy, 5572).
* Avoliy – Madinaning sharqiy tomonida ikki mildan sakkiz milgacha bo‘lgan masofada joylashgan kichik qishloqlarning umumiy nomi.
Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Ikki iyd bir kunga to‘g‘ri kelib qolganda, u zot: «Kim juma namozini oʻqishni istasa, oʻqisin. Kim o‘tirmoqchi bo‘lsa, o‘tirsin», dedi». Sufyon aytadi: «Ya’ni, uyida o‘tirsin». Abdurrazzoq «Musannaf»da rivoyat qilgan va shunga o‘xshashi Ibn Abu Shaybada ham kelgan.
Silsilasi Nabiy sollallohu alayhi vasallamgacha borib yetadigan yuqorida zikr etilgan marfu’ hadislarga, bir qancha sahobalar roziyallohu anhumdan rivoyat qilingan mavquf asarlarga, shuningdek, aksariyat ilm ahlining bu boradagi fiqhiy qarorlariga asoslanib, Ilmiy tadqiqotlar va fatvolar boʻyicha Doimiy Qo‘mita quyidagi hukmlarni bayon qiladi:
Alloh bilguvchiroqdir. Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafoga, u zotning oilalari va sahobalariga Allohning salovoti va salomi bo‘lsin.
Ilmiy Tadqiqotlar va Fatvolar bo‘yicha Doimiy Qo‘mita
Imzo chekuvchi ulamolar:
1. Shayx Abdulaziz ibn Abdulloh Oli Shayx
2. Shayx Abdulloh ibn Abdurahmon al-G‘udayyon
3. Shayx Bakr ibn Abdulloh Abu Zayd
4. Shayx Solih ibn Favzon al-Favzon.
Barchangizga Iyd Ramazon Muborak boʻlsin!
Manba: Doimiy Qo‘mita
Bu javob foydali bo’ldimi?