Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Namoz bobi » Azon » Azonni ohangga solish va notoʻgʻri cho‘zish
Fatvo: 10523

O'qildi: 18

28.06.2026

/ 13 Muharram 1448

Fatvo mavzusi:

Azonni ohangga solish va notoʻgʻri cho‘zish

Savol

Azonni qo‘shiq qilib aytish va cho‘ziladigan harflarni cho‘zishning shar’iy hukmi nima? Qo‘shiqning haromligi haqidagi hadis unga (azonga) pul olishni ham o‘z ichiga oladimi? Azonni qo‘shiq qilib aytish harommi yoki yo‘qmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Azonni qo‘shiq qilib aytish va ohangga solish joiz emas. Lekin bu qo‘shiqning haromligi kabi emas, balki u makruhlik va haromlik o‘rtasidadir, magar choʻzishlik ma’noni o‘zgartirsa, unda harom bo‘ladi.

  1. Zayniddin Iroqiy aytadi:

Azonni dona-dona qilib aytish mustahabdir, … tamtit, ya’ni cho‘zish va [tag‘anniy] ya’ni ohangga solish makruhdir. Chunki bir kishi Ibn Umarga: «Men sizni Alloh yo‘lida yaxshi ko‘raman», deganida, Ibn Umar unga: «Men esa seni Alloh yo‘lida yomon ko‘raman, chunki sen azoningni ohangga solib aytasan», dedi. Hammod aytadi: «Ibn Umar tatribni (ohangga solishni) nazarda tutgan».

  1. Valiyuddin Iroqiy aytadi:

Shoshiy aytadi: To‘g‘risi shuki, uning ovozi mahzunlik va mayinlik bilan bo‘lishi, unda a’robiylarning so‘zidagi qo‘pollik ham, o‘zini o‘likka soluvchi yumshoq ovozlik ham bo‘lmasligi lozim…( «al-Mu’tamad»).

«al-Hoviy» sohibi aytadi: Bag‘iy – so‘zni katta olib, og‘izni to‘ldirib gapirishdir. Azonni ohangga solish makruhdir. Chunki ohang azonning ma’nosini buzadi va salaflar undan chetlanganlar, bu faqat ulardan keyin paydo bo‘lgan. («Tarh at-tasrib», 3/118 – 120)

  1. Ibn al-Hoj aytadi:

Azonni ohanglar bilan aytishdan qaytarish haqidagi fasl

O‘zi ohanglar bilan azon aytishdan saqlansin va boshqalarni ham qo‘shiqqa o‘xshatib aytishdan qaytarsin. Zero, agar qo‘shiqqa o‘xshash ohangga solinsa, hatto azon lafzlaridan ma’nosi bilinmay, faqat ko‘tarilib-pasayadigan ovozlar eshitiladi. Bu yaqinda paydo bo‘lgan yomon ko‘rilgan bid’at bo‘lib, uni ba’zi amirlar o‘zlari qurgan madrasada paydo qilgan, so‘ng u yerdan boshqa joylarga tarqalgan. Bu azon hozirgi zamonda Shomda amal qilinadigan azondadir va u qabih bid’atdir. Chunki azondan maqsad namozga chaqirishdir, shuning uchun uning lafzlarini eshituvchiga tushuntirish lozim. Bu azondan esa uning lafzlariga kirib qolgan hindcha ohanglar va qo‘shiqqa o‘xshash narsalar tufayli hech narsa tushunilmaydi. Hadisda u zot alayhissalotu vassalomdan rivoyat qilinganki: «Kim bizning bu ishimizda undan bo‘lmagan narsani paydo qilsa, u rad qilingandir», deganlar… Imom Abu Tolib al-Makkiy rahimahulloh o‘z kitobida aytadi: Ular paydo qilgan narsalardan biri azonda ohangga solishdir va bu undagi bag‘iy hamda haddan oshishdir. Muazzinlardan bir kishi Ibn Umarga: «Men sizni Alloh yo‘lida yaxshi ko‘raman», dedi. U unga: «Lekin men seni Alloh yo‘lida yomon ko‘raman», dedi. U: «Nima uchun, ey Abu Abdurahmon?» dedi. U: «Chunki sen azoningda bag‘iy qilasan (azonni ohangga solasan) va unga haq olasan», dedi. Abu Bakr al-Ojurriy rahimahulloh aytar edi: «Men Bag‘doddan chiqib ketdim. Menga u yerda yashash halol bo‘lmadi. Ular har bir narsada, hatto Qur’on qiroati va azonda ham bid’atlar paydo qilishdi». Ya’ni, (qiroat va azon uchun) haq olish va ohangga solib (cho‘zib) aytishni nazarda tutmoqda. Iqtibos tugadi. («al-Madxal», 2/245, 246).

  1. «Mudavvana» sohibi shunday deydi: «Azonda tatrib (ohangga solish) makruhdir. «At-Tiroz» asarida aytilishicha: «Tatrib – bu ovozni uzib-uzib, titratib aytishdir. Uning asli qattiq xursandchilikdan yoki qattiq xafagarchilikdan odamga yetadigan yengillik bo‘lib, u «iztirob» yoki «xursandchilik» so‘zlaridan olingandir. «Al-Utbiyya» risolasida esa: «Azondagi tatrib munkar ishdir». Ibn Habib aytadi: «Shuningdek, titratishsiz hamda mahzunlikdan chetlangan boʻlmogʻi lozim. Azonda harflarni cho‘zish va kuylash durust emas. Azonning sunnati – muazzin ovozni baland ko‘tarib, tez va aniq aytishi kerak» (iqtibos tugadi). Ibn Farhun aytadi: Tatrib – qisqa harfni cho‘zish va cho‘ziladigan harfni qisqa aytishdir. Abdulloh ibn Umar bir kishining azonida tatrib qilayotganini eshitib: «Agar Umar ibn Xattob tirik bo‘lganida, ikki jag‘ingni sindirgan bo‘lar edi», degan (iqtibos tugadi). Ibn Nojiy aytadi: «Tatrib makruhdir. Chunki u xushu va viqorga zid bo‘lib, qo‘shiq aytishga o‘xshab ketadi. Agar haddan oshmasa, tatribning hukmi makruhligicha qoladi, aks holda harom bo‘ladi». Ibn Habib «tahzin»ni ham «tatrib»ga tenglashtirgan. Buni Abu Muhammad rivoyat qilgan.

Ushbu naqllarning xulosasi shuki, muazzinning ovozi chiroyli va baland bo‘lishi, ovozini qaytarishi mustahabdir. Qo‘pol, dahshatli ovoz, tatrib va tahzin haddan oshmasa, makruhdir, aks holda haromdir. («Mavohib al-jalil» li-Hattob, 1/437, 438).

  1. Shayx Muhammad ibn Ibrohim rahimahulloh aytadi: «So‘ng, azonda talab qilinganidan ortiqcha cho‘zish mumkin emas. Agar u ma’noni buzsa, unda azonni botil qiladi. Mad harflari agar keragidan ortiq berilsa, joiz emas. Hatto harakatlar ham cho‘zilib, ma’noni buzsa, sahih bo‘lmaydi, balki makruh bo‘ladi» («Fatava ash-shayx Muhammad ibn Ibrohim», 2/125).
  2. Shayx Ibn Usaymin rahimahulloh aytadi: «Mulhan: ohangga solingan, ya’ni qo‘shiq lafzlarini cho‘zgandek ohangga solib azon aytishdir. Garchi bu azon oʻrniga oʻtsa-da, lekin makruhdir.

Malhun: (xato) sodir bo‘lgan, ya’ni arab tili qoidalariga zid boʻlib u ikki qismga bo‘linadi:

Birinchi qism: ma’noni o‘zgartiradigan xato: u holda azon durust bo‘lmaydi.

Ikkinchi qism: ma’noni o‘zgartirmaydigan choʻzish. Bunda azon durust bo‘ladi, ammo bunday azon aytish makruhdir. Agar muazzin «Allohu akbaar» desa, durust bo‘lmaydi, chunki bu ma’noni buzadi. Ya’ni, «asbaab» «sabab»ning ko‘pligi bo‘lgani kabi «akbaar» «kabar»ning ko‘pligidir. («Sharh al-mumti’», 2/62, 63).

Alloh bilguvchiroqdir.

Manba: Shayx Muhammad Solih al-Munajjid.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar