Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Roʻza masalalari » Yangi oyni koʻrish » Ramazon oyining boshlanishi va tugashini aniqlashda astronomik hisob-kitoblarga tayanish hukmi
Fatvo: 1602

O'qildi: 42

Oktabr 8, 2025

/ 16 Rabiul-oxir 1447

Fatvo mavzusi:

Ramazon oyining boshlanishi va tugashini aniqlashda astronomik hisob-kitoblarga tayanish hukmi

Savol

Musulmon kishi ro‘za tutishni boshlash va tugatishda astronomik hisob-kitoblarga tayanishi joizmi yoki hilolni ko‘rishi shartmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Islom shariati oson va umuminsoniy bo‘lib, uning hukmlari mas’uliyatli mavjudotlar (inson va jin), ularning turli tabaqalari – olimlar va savodsiz kishilar, shaharliklar va cho‘l aholisini ham to‘liq qamrab oladi. Shu bois Alloh ularga ibodat vaqtlarini bilishni osonlashtirdi va ularning boshlanish hamda tugash vaqtlari uchun hamma biladigan alomat, belgilarni joriy etdi.

Alloh taolo quyosh botishini shom namozi vaqtining boshlanishi va asr namozi vaqtining tugashiga, qizil shafaqning yo‘qolishini esa xufton namozi vaqtining boshlanishiga alomat qilib belgilagan. Oy g‘oyib bo‘lganidan so‘ng oyning oxirida hilolning ko‘rinishi yangi qamariy oyning boshlanishi va oldingi oyning tugashini bildiradi. U Zot bizga qamariy oy boshini ilmi nujum (yulduzlar ilmi) yoki sanoqli kishilargina tushuna oladigan astronomik hisob-kitoblar bilan aniqlashni zimmamizga yuklamadi.

Qur’on va Sunnat matnlarida musulmonlar uchun Ramazon ro‘zasining boshlanishi uchun Ramazon hilolini ko‘rish, Shavvol hilolini ko‘rish bilan ro‘zani tugatish, shuningdek, Qurbon hayiti va Arafa kunining boshlanishi uchun Zulhijja hilolini ko‘rish belgilangan.

Alloh taolo aytadi:

﴿فَمَنْ شَهِدَ مِنْكُمُ الشَّهْرَ فَلْيَصُمْهُ﴾

«Bas, sizlardan kim bu oyda hozir bo‘lsa, ro‘za tutsin» (Baqara: 185).

Boshqa oyatda aytadi:

﴿يَسْأَلُونَكَ عَنِ الْأَهِلَّةِ ۖ قُلْ هِيَ مَوَاقِيتُ لِلنَّاسِ وَالْحَجِّ﴾

«Sizdan hilollar — yangi chiqqan oylar haqida so‘rashadi. Ayting: u (oylar) odamlar va haj uchun vaqt o‘lchovlaridir» (Baqara: 189).

Hadisi sharifda kelishicha:

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ : «إِذَا رَأَيْتُمُ الْهِلَالَ، فَصُومُوا وَإِذَا رَأَيْتُمُوهُ، فَأَفْطِرُوا، فَإِنْ غُمَّ عَلَيْكُمْ، فَصُومُوا ثَلَاثِينَ يَوْمًا».

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Hilolni ko‘rganda ro‘za tutinglar, uni ko‘rganda ro‘zani to‘xtatinglar. Agar u sizlarga ko‘rinmasa, ro‘zani o‘ttiz kun tutinglar», dedilar» (Sahihi Muslim, 1081)

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ramazon oyining hilolini ko‘rib ro‘za tutishni joriy qilganlar, Shavvol oyining hilolini ko‘rib ro‘zani tugatganlar va buni yulduzlarni hisoblash yoki sayyoralar harakaati bilan bog‘lamaganlar. Bu amal Rasululloh sollallohu alayhi vasallam davrlarida ham, xulafoi roshidinlar davrida ham, to‘rt mazhab imomlari davrida ham, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam fazilatli va yaxshi deb guvohlik bergan uch asr, saodat asri davomida ham davom etgan.

Qamariy oylarning boshlanishini aniqlash va ibodatlarni boshlash hamda tugatish uchun, koʻz bilan ko‘rmay, faqatgina astronomiyaga tayanish shariatda asosi bo‘lmagan, yaxshiligi yo‘q bid’atlardandir. Din ishlarida salafi-solihlarga ergashish barcha yaxshiliklarni, dinda paydo bo‘layotgan bid’atlar esa barcha yomonliklarni oʻz ichiga oladi. Alloh taolo bizlarni, sizlarni va barcha musulmonlarni ochiq-oshkor va yashirin fitnalardan asrasin.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

1

O’xshash fatvolar

  • Ramazon hilolini har bir kishi oʻz koʻzi bilan ko‘rishi shartmi?

    Boshqalar Ramazon hilolini ko‘rganini aytsa-da, o‘zi ko‘rmaguncha ro‘za tutmagan kishining hukmi qanday? Ular «Hilolni ko‘rganda ro‘za tutinglar va hilolni ko‘rganda og‘iz ochinglar» hadisiga asoslanadilar. Ularning bu hadisga tayanishi to‘g‘rimi?
  • Hilolni kuzatishdagi vaqt chegarasi

    Qamariy oylarning birinchi kuni qanday aniqlanadi? Yangi tug‘ilgan oy ufqda ma’lum vaqt qolishi shart qilinadimi?
  • Oy ko‘rishga oid ixtiloflarga munosabat

    Biz AQSH va Kanadadagi musulmon talabalar har Ramazon boshida musulmonlarni uch guruhga ajratadigan muammoga duch kelamiz: 1. Bir guruh o‘zi yashayotgan shaharda hilolni ko‘rib ro‘za tutadi. 2. Boshqa guruh Saudiya Arabistonidagi ro‘za boshlanishiga qarab ro‘za tutadi. 3. Uchinchi guruh esa AQSH va Kanadadagi Musulmon Talabalar Uyushmasi xabar berganda ro‘za tutadi. Bu uyushma Amerikaning turli hududlarida hilolni kuzatadi va u biror shaharda ko‘rinishi bilanoq, barcha markazlarga xabar beradi. Shunday qilib, shaharlar orasidagi katta masofalarga qaramay, Amerikadagi barcha musulmonlar bir kunda ro‘za tutadilar. Bu holatda qaysi yondashuvga amal qilish va shunga ko‘ra ro‘za tutish ma’qulroq? Iltimos, bizga fatvo bering. Alloh sizni mukofotlasin.
  • Kuzatish asboblaridan foydalanib yangi oyni ko‘rish hukmi

    Yangi oyni oddiy ko‘z bilan o‘ttiz soatdan oldin ko‘rib bo‘lmaydi. Bundan tashqari, ba’zan ob-havo sharoiti tufayli uni ko‘rish umuman imkonsiz bo‘ladi. Shu sababli, yangi oyning taxminiy sanasini va Ramazon oyining boshlanishini aniqlash uchun astronomik ma’lumotlardan foydalanish joizmi yoki muborak Ramazon ro‘zasini boshlashdan avval yangi oyni ko‘rishimiz shartmi?
  • Ramazonda astronomik hisob-kitoblarga tayanilmaydi

    Ramazon ro‘zasini boshlash va Ramazon hayitini belgilashda musulmon ulamolar orasida katta ixtilof bor. Ba’zi ulamolar:«صُومُوا لِرُؤْيَتِهِ، وَأَفْطِرُوا لِرُؤْيَتِهِ»«Uni (hilolni) ko‘rib, ro‘za tutinglar, uni ko‘rib ro‘zani to‘xtatinglar» degan hadisga asoslanib, ramazon hilolini kuzatish asosida amal qilishadi. Boshqalar esa astronomlarning fikriga suyanib, ular ilm-fanning cho‘qqisiga erishganlari va qamariy oylarning boshlanishini aniqlay olishlari mumkinligini ta’kidlaydilar. Bu masaladagi to‘g‘ri fikr qaysi?