Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Rabbisiga qasam ichgan kishining hukmi
Fatvo: 1535

O'qildi: 290

07.10.2025

/ 15 Rabiul-oxir 1447

Fatvo mavzusi:

Rabbisiga qasam ichgan kishining hukmi

Savol

Bizning zamonamizda bir kishi Alloh nomi bilan, Alloh unga oʻzi xohlagan ba’zi narsalarni amalga oshirishi yoki oshirmasligi haqida qasam ichishi joizmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Alloh taologa: «Yo Rabbim, senga qasam ichaman, yomg‘ir yog‘dir» yoki «yahudiylarni mag‘lub et» yoki «falonchini boy qil» yoki «unga buni ber» yoki «shu yerda men so‘ragan narsani amalga oshir» va shunga o‘xshash qasam ichish joiz emas.

Chunki bunday gaplardan banda Rabbisini majburlayotgani va zimmasiga yuklayotgani tushuniladi. Aslida Alloh taolo bandalar ustidan tasarruf qiladi, banda esa Rabbisini majburlab, Unga buyruq berishga haqli emas. Balki bu tavhidni noqis qiladi yoki niyatga qarab, uning komilligi yoki asliga zid keladi.

Ba’zi salaflarning Alloh nomi bilan qasam ichganlari haqida rivoyat qilingan narsa duoning bir ko‘rinishi bo‘lishi mumkin.

أَنَّ أَنَسًا حَدَّثَهُمْ: «أَنَّ الرُّبَيِّعَ، وَهِيَ ابْنَةُ النَّضْرِ، كَسَرَتْ ثَنِيَّةَ جَارِيَةٍ، فَطَلَبُوا الْأَرْشَ وَطَلَبُوا الْعَفْوَ فَأَبَوْا، فَأَتَوُا النَّبِيَّ فَأَمَرَهُمْ بِالْقِصَاصِ، فَقَالَ أَنَسُ بْنُ النَّضْرِ: أَتُكْسَرُ ثَنِيَّةُ الرُّبَيِّعِ يَا رَسُولَ اللهِ؟ لَا وَالَّذِي بَعَثَكَ بِالْحَقِّ لَا تُكْسَرُ ثَنِيَّتُهَا، فَقَالَ: يَا أَنَسُ، كِتَابُ اللهِ الْقِصَاصُ، فَرَضِيَ الْقَوْمُ وَعَفَوْا، فَقَالَ النَّبِيُّ : إِنَّ مِنْ عِبَادِ اللهِ، مَنْ لَوْ أَقْسَمَ عَلَى اللهِ لَأَبَرَّهُ»، زَادَ الْفَزَارِيُّ: عَنْ حُمَيْدٍ، عَنْ أَنَسٍ: فَرَضِيَ الْقَوْمُ وَقَبِلُوا الْأَرْشَ.

Anas roziyallohu anhu bunday so‘zlab berdi: «Rubayyi’ – u Nazrning qizi – bir cho‘rining kurak tishini sindirdi. (Aybdor tomon) tovon olib, afv qilishni so‘rashgan edi, bular ko‘nishmadi. Keyin Nabiy sollallohu alayhi vasallamga kelishgan edi, ularni qasos olishga buyurdilar. Shunda Anas ibn Nazr: «Rubayyi’ning kurak tishi sindiriladimi, ey Allohning Rasuli? Yo‘q, sizni haq bilan yuborgan Zotga qasamki, uning kurak tishlari sindirilmaydi!» dedi. U zot: «Ey Anas, Allohning farzi – qasosdir», dedilar. Shunda (cho‘rining) qavmi rozi bo‘lib, kechib yubordi va Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, Allohning bandalari ichida Alloh ila qasam ichsa, U Zot uni oqlaydiganlari bor», dedilar». Fazoriy Humayddan, u Anasdan rivoyat qilib, «Qavm rozi bo‘lib, tovonni qabul qildi»ni qo‘shimcha qilgan. (Sahihi Buxoriy, 2703).

Yuqoridagi hadisga kelsak, faraz yo‘sinida aytilgan, ya’ni Alloh taolo uning duosini ijobat qiladi, chunki u Rabbisiga qasam ichishga jur’at qilmasligini biladi.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Haj sifati

    Haj ibodati haqida batafsilroq ma’lumot bera olasizmi?
  • Azonni ohangga solish va notoʻgʻri cho‘zish

    Azonni qo‘shiq qilib aytish va cho‘ziladigan harflarni cho‘zishning shar’iy hukmi nima? Qo‘shiqning haromligi haqidagi hadis unga (azonga) pul olishni ham o‘z ichiga oladimi? Azonni qo‘shiq qilib aytish harommi yoki yo‘qmi?
  • Qabrlardan madad so‘rovchining janozasida qatnashish

    Hayotlik davrida qabrlardan madad so‘raydigan kishi vafot etsa uning janozasida qatnashishning hukmi nima?
  • Ashuro kunini aniqlash

    Bu yil Ashuro roʻzasini qanday tutamiz? Yangi oy qachon kirishi va Zulhijja oyining yigirma toʻqqiz yoki oʻttiz kunligi hali nomaʼlum. Ashuroni qanday aniqlash va roʻza tutish kerak?
  • Xayriya mablagʻlaridan zakot berish vojibmi?

    Bir guruh odamlar ma’lum miqdorda pul yig‘ib, bu pulni ulardan birortasining boshiga tushadigan musibatlar, masalan, qasdsiz qotillik diyasi (xun puli) uchun ajratib qoʻyishdi. Soʻng bu pulni investitsiya qilish uchun tijoratga kiritdilar va undan keladigan foyda o‘zaro kelishilgan xayriya maqsadlariga sarflanadi. Bu puldan zakot berish vojib bo‘ladimi? Shuningdek, insonlar zakotini ushbu xayriya jamg‘armasiga berishlari joizmi?
  • Hojilar duch keladigan qiyinchiliklar

    Haj qilmoqchi bo‘lgan kishi duch keladigan qiyinchiliklar nimalardan iborat?